• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amudaryoda toshqin, uy olish uchun navbatda turgan 70 ming toshkentlik, Kobulni jangsiz egallagan Ahmad Shoh Mas’ud. O‘zbek matbuoti 27-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    Toshkentning tramvay, avtobus va trolleybuslarga to‘la Navoiy ko‘chasi, 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshi.

    Toshkentning tramvay, avtobus va trolleybuslarga to‘la Navoiy ko‘chasi, 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshi.
    Foto: Tashkent Retrospective

    90 yil avval. 27-aprel, chorshanba

    Aprel oxirida gazetalardagi odatiy mavzu — 1-may bayramiga tayyorgarlik. “May kunlarida ta’minot” xabarida shunday ma’lumotlar keltirilgan: “Toshkent jamoat ovqatlanish uchun qo‘shimcha 70 sentner va qazi yasamoq uchun ham shuncha go‘sht beriladi. 20-apreldan boshlab butun shirinlik ishxonalarida may kunlari Toshkent aholisini ta’minlash uchun mahsulot tayyorlana boshladi. 30-aprel, 1 va 2-mayda butun magazinlarda erta soat 9 dan kech 11 gacha savdo qilinadi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    1-may kuni Andijonda yangi park ochiladi, Toshkentdagi parklarni tayyorlash ishlari ham shu sanagacha tugatilishi kerak, Buxoroda esa, “Qizil O‘zbekiston”ning ko‘rsatishicha, bu masala og‘riqli. “Shahar baladiya idorasi madaniyat va istirohat parki qurilishini cho‘zib, unga to‘sqinlik qilmoqda. Park uchun hanuz tegishli joy belgilanmagan. Qurish plani tuzilmagan. Shu kungacha hech bir tayyorlik ishi olib borilmadi. Faqat keyingi kunlardagina Andijonga shahar baladiya idorasining ishchisi jo‘natilib, bu kishi undagi madaniyat va istirohat parkining planini olib keldi. Hozir mana shu planga qarab ish boshlansa kerak” (bir so‘z bilan aytganda — “Andijon tajribasi”).

    “Qizil O‘zbekiston” muxbiri Ibrohimov Denovdan xabar bermoqda: “‘Frunze’ kolxozi hozirgacha yotlardan tozalanmagan. Kolxoz tepasida mushtumzorlar vakili Ochildi Elmurodov o‘tiradi. Elmurodovning otasi katta g‘allador boylardan bo‘lib, bir juvoz, bir tegirmon va bir qancha hektarlab yeri bo‘lib, amir beklaridan biri, o‘zi esa bir necha yillab domla-imomlik qilib kelgan bir shaxs edi. Bu kolxozga katta bo‘lib olganidan keyin o‘ziga o‘xshagan quloq va boylardan O‘sar Eshquvvat o‘g‘li, Xo‘jamurod Boboyev, Norboboy Meliboyev, Sahat Obidov, Sahat Boboyev, Qarshi Xo‘jamurodov, To‘ra Qosimov, Mahmud Tillayevlarni kolxozga tortib, ularni yashirib kelayotir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    Suv — bundan 90 yil avval ham jiddiy muammo. Uning ko‘pligi ham, yo‘qligi ham. “Norin rayonida suvsizlikdan ko‘ra suv toshqinining xavfi kuchli bo‘lib, har yili suv toshib, ekilgan va ekilishga tayyorlangan yerlarni yevib ketish hodisalari ko‘p bo‘ladi”, — deb boshlanadi “Qizil O‘zbekiston”dagi “Suvsizlik va toshqin xavfi tugatilsin” materiali. Ayni vaqtda, shu materialning o‘zida “rayonning ayrim uchastkalarida o‘tkan yil singari yana suvsizlikdan paxta ekinlarini chanqatib qo‘yib, hosildorlikni kamaytirish xavfi ham bor”ligi ta’kidlanadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    Shu kunlarda Amudaryoning Yangi Chorjo‘y (hozirgi Turkmanobod) shahri yaqinidan o‘tgan qismida “suv o‘z sathidan ko‘tarilib, butun ariqlar suv bilan to‘lib-oshib ketgani” haqida xabar beriladi. “Quloqlarda suvni tartibga qo‘yib turuvchi uskunalar bo‘lmaganligidan suv toshqinini zararsizlantirishga yo‘l qo‘ymaydi. Ba’zi bir ariqlar va to‘g‘onlar suvning quvvatiga qarshi tura olmaydi, yer bo‘sh bo‘luvi sababli katta kanallarning ikki chekkasidan suv urib ketdi. Ariqlarning yaxshi uskunalanmaganligi natijasida oshiqcha suvni tashlashga mumkinlik bermaydi. Buning natijasida yerning bir qismi sho‘r bo‘lib, botqoqlik paydo bo‘ladi va bunday yerlar 20-30 kungacha qurumasdan yotadi”, — deb yozadi “Qizil O‘zbekiston”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    Sovet O‘zbekistoni 1-mayga tayyorlanayotgan bir vaqtda, dunyo asosan Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini kuzatish va Yevropadagi yangi, asosiy fazasi yetti yildan so‘ng boshlanajak urushga tayyorgarlik ko‘rish bilan band. “Nima sababdan Amerika floti Buyuk muhitda qoladi?” sarlavhali xabarda shunday deyiladi: “Bu qarorda Yaponiyaga nisbatan yashirin ishorat bor. Basharti, Amerika floti Atlantik muhitda turgan chog‘da Yaponiya bilan Amerika o‘rtasida dushmanlik harakatlari paydo bo‘la qolsa, Amerikaga Panama kanalining yaponlar yoki yapon agentlari tomonidan portlatilishi yuzasidan qo‘rqunch tahdid qilur edi. Bu narsa Atlantik eskadrasining Buyuk muhitga kelishini bir necha oyga kechiktirgan bo‘lur edi. Shu sababli Amerikaga o‘z flotini Buyuk muhitda saqlash favqulodda muvofiqdir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    “Stimson Jenevada. Tardyoning savollariga ikkiyoqlama javoblar” sarlavhali xabar AQSh davlat kotibi Genri Stimson va Fransiya bosh vaziri Andre Tardyo o‘rtasidagi muzokaralar haqida. “Tardyo Ovro‘pa janjali yuz bergan taqdirda, AQShning qanday pozitsiya tutajagini aniqlash uchun urindi. Stimson bunga har qanday javob berishdan qo‘l tortdi. Tardyoning Millatlar ittifoqi hujumga duchor qilingan mamlakat foydasiga xuruj qilingan taqdirda AQSh qanday pozitsiya tutajak, degan savoliga Stimson javob berib: bu narsa Amerika afkor ommasining qanday pozitsiya tutishiga bog‘liqdir, dedi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    E’tiborga molik yana bir xabar — Xelsinkida 22-aprel kuni SSSRning Finlyandiyadagi muxtor vakili Ivan Mayskiy bilan Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Aarno Yuryo-Koskinen o‘rtasida bitishuvchilik tartiblari to‘g‘risidagi bitimga qo‘l qo‘yilgan. “Bu bitim bungacha tuzilgan bir-biriga hujum qilmaslik ahdiga qo‘shimchadir”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”ning xabarida. Baxtga qarshi, bu bitimlar Finlyandiyani 1939-yilgi SSSR bosqinidan asrab qola olmaydi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi”ning 1932-yil 27-aprel soniga mansub quyidagi lavha bugungi dayjestdan faqat sarlavhasi uchun tanlab olindi. Sarlavhaning ikkinchi qismini o‘qiy oldingzmi? Ko‘p qiynalmang, u yerda mana bunday deb yozilgan, butun sarlavhani keltiramiz: “Opportunizm ko‘z bo‘yamachilig‘ig‘a zarba bering! Namangan komsomoli kambag‘al yakka xo‘jaliqlarni buksirg‘a olishi kerak”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 27-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 27-aprel, juma

    1962-yil 27-aprel kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    30 yil avval. 27-aprel, dushanba

    1992-yilning 27-aprel kuni O‘zbekistonga Turkiya bosh vaziri Sulaymon Demirel kelishi kerak. Shu bois o‘zbek gazetalari nafaqat Demirel haqidagi bir materialni (“G‘irot mingan chavandoz”) ketma-ket va takror-takror bosmoqda, balki Turkiyaga oid boshqa ko‘plab pozitiv materiallar ham bermoqda. Masalan, “Toshkent oqshomi” butun bir sahifani Turkiyaga bag‘ishlagan. Unda, jumladan, “Turk oshuqlari ijodidan” turkumi ostidan Yunus Emro, Pir Sulton Abdal va Oshiq Umar kabi mumtoz turk shoirlarining she’rlaridan tarjimalar berilgan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 27-aprel sonidan lavha

    Xuddi shu sahifada 1925-yili Qo‘qonda tug‘ilgan, ammo taqdir taqozosi bilan 1937-yili O‘zbekistondan chiqib ketib, oxir-oqibat Turkiyaga o‘rnashib qolgan tijoratchi Lutfulla Temur bilan suhbat e’lon qilingan. Suhbatning quyida havola qilinayotgan qismi e’tiborga molik (har holda, 1990-yillar boshidagi O‘zbekiston haqida ma’lum bir tasavvurlar beradi):

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 27-aprel sonidan lavha

    Dushanba kunlari faqat “Toshkent oqshomi” chiqadi, shu bois keyingi materiallar asosan poytaxt muammolari haqida. “Uy-joy qurilishi va taqsimoti ‘Oqshom’ nazoratida” ruknida bosilgan katta materialda “hozir shahar bo‘yicha uy-joy olish navbatida turganlar soni 70 mingdan ortiq kishini tashkil etishi” ma’lum qilingan. “O‘tgan yili esa hammasi bo‘lib 5,5 ming kishigina uy-joy bilan ta’minlandi. Ya’ni, bu bir yilda shuncha oila sig‘adigan uy-joy qurildi, demakdir. Ana shu raqamlar bir-biriga chog‘ishtirilsa, oxirgi navbatda turgan kishi yana necha yildan keyin uy olishi (agar qurilishi hajmi o‘tgan yilgi miqdordan tushmay tursa) aniqlanadi”, — deyiladi materialda.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 27-aprel sonidan lavha

    Materialda besh xonali keng uy olgan bo‘lsa-da, “yaramas qo‘shnisi” sabab davlatdan uni almashtirib berishni so‘rayotgan, shuningdek, uy-joy taqchil bo‘lgan shu kunlarda qarib qolgan otasi yo onasi bahona yana bir kvartira olishga urinayotgan kishilar qoralangan. Shu bilan birga, besh bolasi bilan hammomda yashashga majbur bo‘layotgan samarqand-darvozalik bir ayolning murojaati mushtariylar e’tiboriga havola qilingan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 27-aprel sonidan lavha

    “Transportga mablag‘ kerak” sarlavhali xabarda qiziq raqamlar keltirilgan: “Har kuni 358 tramvay va 308 trolleybus yo‘nalishlar bo‘ylab manzilga chiqadi”. Bunga hali yana yuzlab avtobuslar va metroni ham qo‘shsa, 1992-yili toshkentliklarning jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasi hozirgisidan ancha yuqori bo‘lgani yana bir bor oydinlashadi (u vaqtlarda hozirgi tirbandliklarning o‘ndan biri ham bo‘lmagani e’tiborga olinsami...).

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 27-aprel sonidan lavha

    Prezident Najibullo hokimiyatdan chetlatilgach, go‘yoki tinchigandek ko‘ringan Afg‘oniston, xususan, Kobul yana o‘t ichida: “So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmad Shoh Mas’udning harbiy bo‘linmalari Kobulga jangsiz kirib, Prezident saroyi, radio, televideniye binolarini, ko‘pgina vazirliklarni egallagan. ‘Afg‘oniston islom partiyasi’ning yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor Peshovarda tuzilgan ‘Afg‘oniston islom hukumati’ga kirishga rozilik bergan edi. Ammo so‘ngroq u bu fikridan qaytdi va o‘z harbiy bo‘linmalariga shaharni egallashni buyurdi. Kobulda mujohidlar turli guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlanganligi xabar qilindi”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 27-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Qurolsizlanish konferensiyasidagi “raketa-payrov”, “ko‘klam ishlari bahona maktablar yopilmasin”, Toshkentga Andijondagi kabi parklar kerak! O‘zbek matbuoti 26-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • SSSR rahbariyati tarkibidan o‘rin olgan chinozlik Tursunoy, monopoliyachilarni tanqid qilgan Islom Karimov, najot — terakda! O‘zbek matbuoti 25-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zXDPning G‘alaba kuniga tayyorgarligi, “tinchliksevar SSSR termoyadro urushiga qarshi”, “G‘irot mingan” Sulaymon Toshkentga kelmoqda. O‘zbek matbuoti 24-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    27.04.2022, 07:30   Izoh (0)   57684
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.