Joriy yilning yanvar—mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik sohalariga to‘g‘ri keladi (8,4 mln so‘m).
Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6,5 mln so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, tashish va saqlash sohasida bu qiymat 4,5 mln so‘mni tashkil etadi.
Sanoat sohasida o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqi o‘tgan yilga nisbatan 800 mingga o‘sib, 4,4 mlnni tashkil qilmoqda.
Qurilish sohasida bu mablag‘ 4,1 mln so‘mga teng hisoblangan bo‘lsa, savdoda o‘rtacha hisoblangan ish haqi — 3,5 mln so‘m.
Sohalar bo‘yicha ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida eng kam o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi.
2022-yilning I choragida ta’lim sohasi uchun o‘rtacha oylik ish haqi — 2,5 mln so‘m hisoblangan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda bu qiymat 2,3 mln so‘mga teng deb belgilangan.
Avvalroq 2022-yilning o‘tgan davrida o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)