Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ikkita yirik tibbiy preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
Rossiyaning “Gerofarm” O‘zbekistonning Zuma Pharma kompaniyasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan insulin ishlab chiqarish va yetkazib berish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni boshlash to‘g‘risida memorandum imzoladi.
Bundan tashqari, “Farmasintez” kompaniyalar guruhi va O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Bitim respublikada saratonga qarshi dori vositalari ishlab chiqaruvchi farmatsevtika korxonasini qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.
Avvalroq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)