Osiyo Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi tuzildi.
G‘arbiy mintaqa 5-turining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoadan o‘zbekistonlik Akmal Mozgovoy va Hojiakbar Alijonov o‘rin oldi. “Nasaf” sharafini himoya qilayotgan Mozgovoy “As-Sadd”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, “Paxtakor” a’zosi Alijonov “Sepaxon”ga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Hafta ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Odil Alhosani (“Sharja”);
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Muteb al-Mufarrej (“Al-Hilol”), Dame Traore (“Ar-Rayyon”), Mehdi Shiri (“Fulad”);
Yarim himoyachilar: Attan Bahebri (“Al-Hilol”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Salmon al-Faraj (“Al-Hilol”), Edmilson Junior (“Ad-Duhayl”);
Hujumchilar: Leandre Tavamba (“At-Ta’vun”), Martin Boyl (“Al-Faysali”).
Avvalroq, “Shabob al-Ahli” sharafini himoya qilayotgan Azizjon G‘aniyev 4-turning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoadan o‘rin olgandi.
Izoh (0)