Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 24-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Chelsi” o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qildi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Kristian Pulishich gol urib, “aristokratlar”ga muhim bo‘lgan g‘alabani taqdim etdi.
Qayd etib o‘tish joiz, 87-daqiqada londonliklar yarim himoyachisi Jorjinyo penaltini noaniq amalga oshirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Tomas Tuxel shogirdlari ochkolari sonini 65 taga yetkazib, 3-o‘rinni mustahkamladi va eng yaqin ta’qibchisi “Arsenal” bilan oradagi farqni 5 ochkoga yetkazdi. “Vest Hem” esa 52 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turibdi.
APL
34-tur bahslari
24-aprel, yakshanba
“Chelsi” – “Vest Hem” 1:0
Gol: 1:0 — 90 Pulishich.“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Chaloba, Alonso, Loftus-Chik (Ziesh, 76), Jorjinyo, Kante, Maunt, Haverts (Lukaku, 76), Verner (Pulishich, 76).
“Vest Hem”: Fabianski, Soufal, Douson, Kressuell, Jonson, Masuaku, Yarmolenko (Bouen, 73), Nobl (Rays, 62), Souchek, Fornals, Benrahma (Lansini, 78).
Ogohlantirish: Alonso (82).
Chetlatish: Douson (86).
Izoh (0)