Ilon Mask Twitter’ni sotib olish harakatlari doirasida AQSHda 3 ta xolding kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi hujjatlaridan ma’lum bo‘ldi.
Nazariy jihatdan, ushbu kompaniyalardan birida Maskning ulushi bo‘lgan barcha kompaniyalar, jumladan, Tesla, SpaceX va boshqalar kelajakda birlashtirilishi mumkin.
Mask komissiyaga taqdim etgan yangi hujjatda bitimni moliyalashtirish uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar jami 46,5 mlrd dollar taklif qilayotganini aytgan.
Maskning o‘zi 33,5 mlrd dollar ajratishga tayyor. Dunyodagi eng boy odam bu pulni Tesla aksiyalarining bir qismi bilan ta’minlangan holda 21 mlrd dollar o‘z mablag‘lari va 12,5 mlrd dollar marjali kreditlar bilan qoplamoqchi. Banklar, jumladan, Morgan Stanley 13 mlrd dollar qarzni moliyalashtirishga rozi bo‘ldi.
Avvalroq Ilon Mask doimiy uyi yo‘q ekanligini va do‘stlarinikida yashayotganini aytgan edi.
Izoh (0)