Hozir O‘zbekistonda 2000 dan ortiq elektromobil mavjud. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zavtosanoat” vakili Shavkat Olimov ma’lum qildi.
Taqqoslash uchun, 2020-yil boshida O‘zbekistonda elektromobillar soni 100 donaga baholangan edi.
Elektromobillar sonining ko‘payishiga ularning bojxona to‘lovlari va yo‘l haqi to‘lashdan ozod etilgani ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bois so‘nggi ikki yil ichida elektromobillar importi bir necha barobar oshdi. Agar 2019-yilda O‘zbekistonga 39 ta elektromobil import qilingan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 809 taga yetdi.
Avvalroq O‘zbekiston elektromobillar davriga qanday o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)