Daryo

Ilon Mask doimiy uyi yo‘q ekanligini va do‘stlarinikida yashayotganini aytdi

Dunyodagi eng boy odam yaxtaga ega emas va yiliga milliardlab dollarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflamaydi

1 daqiqa o‘qish41 958 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask o‘zining shaxsiy uyi yo‘q ekanligini va do‘stlarinikida tunab qolishini aytdi.

Foto: Bloomberg
Tesla rahbari allaqachon o‘z shaxsiy mulklarini sotishni rejalashtirgan. Uning fikirga ko‘ra, shaxsiy mulk odamni rivojlanishdan orqaga tortadi
Endi o‘zimning yashashga joyim ham yo‘q, tom ma’noda do‘stlarim bilan yashayman. Agar Tesla joylashgan San-Fransisko ko‘rfaziga borsam, men do‘stlarimning bo‘sh xonalarida tunab qolaman, — deydi Mask TED konferensiyasida.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, u yaxtaga ega emas va yiliga milliardlab dollarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflamaydi. Faqatgina istisno tariqasida samolyotdan foydalanadi.  
Samolyotdan foydalanmasam, ishlashga vaqtim kam bo‘ladi, — deydi tadbirkor.
Mask doimiy uyi yo‘qligini birinchi marta ommaga oshkor qildi. 2020-yilda tadbirkor Twitter’da deyarli barcha mulkini sotishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Bloomberg agentligi Maskning boyligini 18-aprel holatiga ko‘ra 251 milliard dollarga baholagan.

Avvalroq Ilon Mask Twitter’ni sotib olish uchun 43 mlrd dollar naqd pul taklif qilgani haqida xabar qilingan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar