Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsadida Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli xabar qildi.
Qayd etilishicha, 5, 19, 26-may kunlari Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi. Ushbu poyezdlar o‘zining amaldagi jadvali asosida harakatlanadi.
Avvalroq Ramazon hayiti munosabati bilan Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 3—5-may kunlari Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida ikkita “Afrosiyob” poyezdlari harakatlanadi.
Izoh (0)