“Daryo”da “Jahongir Ortiqxo‘jayevning fuqarolar uchun qabuli tonggacha davom etmoqda. Fuqaro dardini o‘rganish yaxshi, albatta, ammo ishchilar huquqi poymol bo‘lmayaptimi?” maqolasi e’lon qilingan edi. Unda Toshkent shahar hokimining fuqarolar uchun qabuli tonggi soat 03:00 da, ba’zan undan ham o‘tib bo‘layotgani aytilib, hokim o‘rinbosari-yu, tashkilot rahbarlarini tuni bilan ishlashi qonunchilikka to‘g‘ri kelish yoki kelmasligi masalasi ko‘tarildi.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu holatga e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu holatni o‘z nazoratiga olgan, o‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh (0)