Ramazon hayiti bayrami arafasida Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.
Qayd etilishicha, Ramazon hayitida mijozlarga yengillik tug‘dirish va transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish maqsadida 3, 4, 5-may kunlari Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida 767/768-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Navro‘z munosabat bilan Toshkent—Samarqand yo‘nalishiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qo‘yilgan. Qatnovlar 19—26-mart kunlari amalga oshirilgan.
Izoh (0)