“Manchester Siti” “Atletiko”ni ortda qoldirib, Chempionlar Ligasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Madriddagi javob bahsi “shaharliklar” uchun Chempionlar Ligasidagi 100-o‘yin bo‘ldi.
“Shaharliklar” nufuzli musobaqadagi yuzta o‘yinida 55 ta g‘alaba qayd etgan. Birorta ingliz jamoasi YChLdagi dastlabki 100 o‘yinida buncha g‘alabaga erishmagan.
Faqatgina “Real” bu borada “Manchester Siti”dan oldinda. Madrid jamoasi Chempionlar Ligasidagi dastlabki 100 o‘yinida 57 ta g‘alaba qayd etgan.
Pep Gvardiola shogirdlari yarim finalda “Real” bilan to‘qnash keladi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 26-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 4-may kuniga rejalashtirilgan.
Avvalroq Gvardiola 9-marta YChL yarim finaliga yo‘l olgan tarixdagi ilk murabbiy bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)