Twitter aksiyadori Mark Beyn Rasella Ilon Maskni aksiyalar bilan bog‘liq firibgarlik uchun sudga berdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Tesla bosh direktori Mask aksiyalar narxini sun’iy ravishda pasaytirishda ayblanmoqda. Mark Beyn Rasellaning da’vo qilishicha Mask o‘z ulushini 24-martgacha oshkor qilishi kerak bo‘lgan.
Firibgarlik uchun da’vo qilingan ariza Manxetten federal sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilingan.
Ma’lumotni o‘z vaqtida oshkor qilmaslik Ilon Maskka aksiyalarni arzonroq narxda sotib olishga imkon bergan. Mask kompaniyadagi ulushini ommaga e’lon qilgach, Twitter aksiyalari 3 kun ichida 27 foizga ko‘tarilib, 39,3 dollardan 49,9 dollarga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask aksiyalar oshishi natijasida qariyb 1,1 mlrd dollarga boyigan.
Avvalroq Ilon Mask Twitter’ning 9,2 foiz ulushini 2,89 mlrd dollarga sotib olib, kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lgan edi.
Izoh (0)