• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    “Sayyorani chiqindixonaga aylantirib, farzandlarga sarpo, uy va mashina qoldirishdan nima foyda?” Bir qancha xayriya loyihalari egasi, 26 yoshli ekobloger bilan suhbat

    Aqlli, o‘qimishli, ro‘zg‘or yumushlarini eplashdan tashqari kelajak avlodning ertasi haqida qayg‘uradigan, uy bekasiman deb o‘ziga cheklov qo‘ymay, xayriya ishlari bilan band hamda umum muammolarni o‘ziniki deb biladigan yoshlar bor ekan, ertangi kunga bo‘lgan umid so‘nmaydi. Sog‘lom fikrlaydigan, dunyoni o‘zgartirishiga ayolligini to‘siq deb bilmaydigan xotin-qizlardan aqlli farzandlar dunyoga keladi. Eng muhimi, ular mustaqil fikr va mas’uliyatni birinchi o‘ringa qo‘yadi. “Daryo” “Hali umid bor(mi)?” loyihasi doirasida kelajakka tabiatning bor go‘zalligini yetkazishga mas’ulmiz deb hisoblovchi 26 yoshli Mo‘tabar Xushvaqtova bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Baxt ulash” loyihasi bilan obodonlashtirish xodimlari haqidagi video-roliklari bilan tanilgan Mo‘tabar Xushvaqtova 2020-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ayni vaqtda farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul.

    Tabiatni asrash, insonlarning ekologiyaga munosabatini o‘zgartirish maqsadida blog yuritadi, xayriya ishlari bilan shug‘ullanib, reklama agentligida onlayn tarjimon bo‘lib ishlaydi. Bola parvarishi ta’tili to‘xtab qolishi va depressiyaga sababchi bo‘lishini istamagan Mo‘tabar ekoblog yuritishni yaqinda boshlagan bo‘lsa-da, ilgaridan tabiat-atrofga befarq bo‘lmaganini ta’kidlaydi.

    Bolalarimizga chiroyli sayyora qolsin

    “Baxt ulash” loyihasining ko‘ngilli a’zolari

    “Baxt ulash” loyihasining ko‘ngilli a’zolari
    Foto: Mo‘tabar Xushvaqtovaning shaxsiy arxividan

    “Axlat so‘zi hamisha mening leksikamda bo‘lgan. Talabalik yillarimda ham kursdoshlarimga chiqindilarni partaning tagidan olib ketishlarini bot-bot aytardim”, — deya Mo‘tabar o‘tgan yili Instagram’da o‘zini-o‘zi ekobloger deb e’lon qilgan.

    Odamlar asosan yengil-yelpi mavzuga e’tibor berib, kerakli, dolzarb masalalarga befarq ekani uni ranjitadi. Yana nuqul ko‘ngilochar kontent ko‘rib, mulohaza nimaligini bilmaydiganlar ko‘pdek ko‘rinadi.

    “Ota-onalar bolasiga mashina, uy qoldirmoqchi bo‘ladi, tilla va sarpo yig‘adi, lekin farzandingiz ertaga chiqindi to‘la yerda yashasa, bundan kimga foyda?!”, — deydi u.

    Ekoblogerning fikricha, axlatxonalarda ikki kunda chiqindi va 100 yilda ham chirimaydigan plastik o‘ramlarning ko‘payib ketishiga xaridor va xizmat ko‘rsatish xodimlari ham baravar aybdor.

    Uyidan bir qadam uzoq bo‘lmagan do‘kondan olgan mahsulotini yangi paketga o‘rab berishini so‘raydigan iste’molchi, ekologik muammolarni kamaytirish maqsadida pullik qilinsa-da, go‘yo o‘zining naqadar yaxshi xizmat ko‘rsatayotganini bildirish uchun tekinga paket beradigan sotuvchilar bilib-bilmay vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

    Uning aytishicha, ‘Paket kerakmas’, desa, puli yo‘qligiga shama qilgandek, bepul ekanini aytib, olaverishni maslahat bergan yoki ‘Nima, delfinlarga yordam bermoqchimisiz?’, deb kulganlar ham bo‘lgan ekan. “Bizda ekologik muammolar bor, lekin ular yoritilmaydi, hech qayerda aytilmaydi. Televideniyedagi ijtimoiy roliklar bachkanaligi sabab odamlar ko‘rmay qo‘ygan” — deydi u.

    “Aslida, — deya qo‘shimcha qiladi u, — chiqindi tashlamaslik, uni saralash kerakligi haqidagi roliklar odamlar e’tiborini tortadigan darajada, drama yoki hajviya tarzida bo‘lsa ham metro, avtobus, umuman ko‘z tushadigan hamma joyda targ‘ibot qilinishi lozim”.

    U farzandi va bolalar chiroyli joylar, xususan, Chorvoqning go‘zalligini boricha ko‘rishini istaydi, lekin shu ketishda bo‘lsa kelajak avlod bundan bebahra qolishi mumkinligidan xavfsiraydi.

    “Hamma yoq ifloslangach, qayerga boramiz?”

    “Baxt ulash” loyihasining ko‘ngilli a’zolari

    “Baxt ulash” loyihasining ko‘ngilli a’zolari
    Foto: Mo‘tabar Xushvaqtovaning shaxsiy arxividan

    Odamlarning kabob pishirib, chiqindilarni tashlab ketishi, suvni bulg‘ashi sabab hozir toqqa borilsa, har yoqda uchib yurgan paketlar ko‘zga tashlanadi, deydi u.

    U odamlarning shahar chang-to‘zoni va shovqinidan charchab, toqqa chiqishi-yu, lekin o‘sha yerning ham rasvosini chiqarishini aqliga sig‘dirolmaydi. Shundaylarga u: “Xo‘sh, bugun toqqa chiqib dam olasiz, ertaga bo‘lsa dalada. Hammayoq ‘musor’ bo‘lganidan keyin qayoqqa borasiz?”, — deb murojaat qiladi.

    Iqlim o‘zgarishini to‘xtatib bo‘lmasa-da, jarayonni sekinlashtirishning imkoni borligiga urg‘u beradi. Bolaligida qiyqirib qor o‘ynaganini eslagan suhbatdoshimizni yana nechadir yillar o‘tib kelajak avlodning qorning yo‘qligi va ekologik muammolarga bizni ayblashi mumkinligi o‘ylantiradi. “Kattalar qanday qilib shunga yo‘l berdi, deyishsa, nima deb javob beramiz?”, — deydi Xushvaqtova.

    “Qishlog‘idagi tayyor uy-joyi, yaqinlarini tashlab, shaharga keladiganlarga oson tutmang”

    Foto: Mo‘tabar Xushvaqtovaning shaxsiy arxividan

    Uning fikricha, O‘zbekistondagi barcha hududlar markazchalik rivojlanib ketmagan. Kanalizatsiya va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining ko‘pi asosan katta shaharlarda, agar qishloqlar ham shunaqa taraqqiy etganida bormi, chiqindi bilan bog‘liq muammolarimiz haddan tashqari ortib ketardi.

    Allaqachon suv tanqisligi boshlanib bo‘lgan. Masalan, Qashqadaryoning eng chekka qishlog‘i Oqrabotdagi aholi yig‘ilgan qor, yomg‘ir suvlari, kamiga buloqdagi suvni sotib olib, mashinasida olib keladida, hovlidagi hovuzlariga to‘kadi. Keyin shu suvdan ichadi, kir ham yuvadi, yuvinib-taranishga ham ishlatadi. Asosiy daromadi chorvadan bo‘lgan vohaliklarga birinchi o‘rinda suv kerak, deydi u.

    Viloyatlarda yashash oson emasligi, farzandiga yaxshi hayot va bilim berish istagida ko‘pchilik tayyor uy-joyi, yaqinlarini tashlab poytaxtga kelishini ta’kidlaydigan Mo‘tabar ayrimlarning hamma o‘z viloyatida yashasin, degan gap-so‘zlarini hazm qila olmaydi.

    “Suv, pul va ish yo‘qligi uchun ham ular Toshkentga kelish yoki Rossiyaga ketishga majbur bo‘ladi”, — deydi bloger.

    Qirqqa kirsa ham boshqaning gapi bilan yashaydiganlar yo‘q emas

    “Yoshi qirqqa yetsayam, ota-onasining fikriga qaram bo‘ladiganlar yo‘q emas. Buni hurmat deb izohlashadi, lekin hurmat va qaramlik tamoman boshqa-boshqa”, — deydi u.

    Bola dunyoga kelishi bilan ota-onasi uni futbolchi yoki prokuror bo‘lishini xohlaydi. Qolaversa, men bilmayman bolam bilsin, deb 2-3 yashar farzandini ingliz tili, matematika, rus va arab tiliga berishi, ammo uyda bunday muhit yo‘qligi, o‘zi shug‘ullanmay turib faqat bog‘cha opa va ustozlardan talab qilishlari uni ajablantiradi.

    “Bolangiz xohlaydimi shuni? O‘zi hali nima istayotganini bilmaydigan bola nima uchun sizning fikringizni deb bolaligini o‘tkazib yuborishi kerak? Ozgina vaqt va tanlash erkinligini bering. Vaqti kelsa, qiziqishiga qarab nima bilan shug‘ullanishini o‘zi aytadi”.

    Ekologik muammolar kutib turmaydi. Biz esa hamma o‘z fikrini o‘tkizaverishi hisobiga ko‘p vaqt va resurs yo‘qotamiz. O‘zimiz bilan ovora bo‘lgunimizcha dunyo o‘zgarib ketmoqda. Havo qizib ketsa, yana bitta konditsioner o‘rnatib, kamchiliklarga ko‘z yumish o‘rniga o‘qib-o‘rganib, allaqachon chora ko‘rishni boshlash kerak.

    Jamiyat rivoji onaning bolaga beradigan tarbiyasiga bog‘liq

    Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyidagi xayriya tadbiridan lavha

    Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyidagi xayriya tadbiridan lavha
    Foto: Mo‘tabar Xushvaqtovaning shaxsiy arxividan

    Uningcha, qiz bola kerak vaqtda bahslashish, o‘z fikrini ayta olish yomon emas. Kimdir xato, nohaq gapiryaptimi, yoqalashish, janjallashish shart emas, nima to‘g‘ri-yu, noto‘g‘riligini o‘sha zahoti gaplashib olish kerak.

    Ayol-qizlarni egish erkin fikrlashni yo‘qotib qo‘yadi. Jamiyat rivojlanishi esa ayollarning farzandga beradigan tarbiyasiga bog‘liq. Aynan shuning uchun ham onalar o‘qigan bo‘lishi va fikrini ayta olishi kerak, deb hisoblaydi Mo‘tabar.

    Har yili 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida u ko‘ngillilar bilan birga “Baxt ulash” loyihasi doirasida “Muruvvat uyi”ga borib, ularning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qiladi. Umrida bir marta gul olmagan, tabriklaydigan odami yo‘q xotin-qizlar esa mana 5 yildirki ularni intiqib kutadi.

    “Sirdaryodagi ‘Muruvvat uyi’da 163 nafar ayol bor. Ularning qabristoni ham bo‘lak. U yerga hech kim bormaydi. Turli sabablar, zo‘ravonlik va taqdir taqozosi bilan salomatligi, ruhiyatida muammo bo‘lgan ushbu ayollarning ayrimlarini ota-onasi, qolganlarini farzandlari tashlab ketgan. Shunday joylarga ekskursiya tashkil qilib, urush va zo‘ravonlik nimalarga olib kelishini ko‘rishlarini istayman”.

    Har safar shunday xayriya loyihalaridan keyin uyga qaytgach, shiftga qarab yig‘lashini aytadigan Mo‘tabar bu unga hayotni, atrofdagilar va mehr beradigan insonlarni qadriga yetishni o‘rgatishini tushuntirmoqchi bo‘ladi.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Gulira’no Musayeva suhbatlashdi. 

    Tasvirchi va montajchi – Ma’murjon Obrahmatov.

    Mavzuga doir:

    • “Millionlab yoshlar muhtojlik sabab o‘zi xohlamagan kasb va hayotni tanlashga majbur”. Suratlarida Sharq va G‘arb dunyosi umumlashgan 26 yashar rassom bilan suhbat
    • “Davlat ajratgan pullar yarim yo‘lda tushib qolmasa, O‘zbekistonda ham kashfiyotlar qilish mumkin”. 10 dan ortiq tillarni o‘rganayotgan 25 yoshli kimyogar talaba bilan suhbat

    13.04.2022, 12:26   Izoh (0)   56129
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT ilovasidan haftasiga 700 millionga yaqin kishi foydalanmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 08:00

    Armanistonda “investitsiya saytlari” orqali 2 mln dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan kiberguruh a’zosi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 07:30

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.