• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Reklama roligi, filmdagi ishtiroki va qo‘shig‘i orqali tanilgan bolalar. Ular hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Uch yoshli bolaning katta sahnaga chiqishini yoki besh yoshida filmda asosiy rolni ijro etishini tasavvur etish qiyin. Ammo ba’zi bolalar bu ishni uddalashadi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova bolaligidan san’atga talpingan va xalq mehrini qozongan bolakaylarning ayni kunlarda nimalar bilan band ekanligiga qiziqdi.

    Shokolad pastasi reklamasidagi bolakay

    Foto: Temur Murodullayev arxividan.

    Foto: Temur Murodullayev arxividan.

    Temur Murodullayev 5 yoshida shokolad pastasining reklamasida suratga tushib, tomoshabinlar e’tiborini tortgandi. Undan keyin “Dada”, “Insho” va “Sensiz” kabi filmlarda katta-kichik rollarni ijro etdi. O‘n olti yoshni qarshilagan Temur ayni kunlarda ingliz tili va matematikadan qo‘shimcha darslarga bormoqda. Bundan tashqari, u bir necha yildan buyon boks bilan ham shug‘ullanadi.

    Foto: Temur Murodullayev arxividan.

    Foto: Temur Murodullayev arxividan.

    — Besh yoshimda kutilmaganda omad kulib reklama roligida suratga tushganman. Undan keyin filmlarga taklif qilishdi. San’atni yoqtiraman, ammo kelajagimni u bilan bog‘lash niyatim yo‘q. IT bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni va bir nechta tillarni o‘rganishni istayman. Men suratga tushgan reklama roligini haligacha namoyish etishadi. Ba’zan uyalaman, o‘sha paytdagi xatti-harakatlarim g‘alati tuyuladi, — deydi Temur Murodullayev.

    Dilnoza Kubayevaning o‘g‘lini gavdalantirgan bola

    Foto: Kamron Saidmurodov arxividan.

    Foto: Kamron Saidmurodov arxividan.

    Kamron Saidmurodov 7 yoshidan san’atga qadam qo‘ygan. U “Tantana” guruhida qo‘shiq kuylab, ko‘plab bayram tomoshalarida ishtirok etgan. Ilk rolini esa 2014-yili suratga olingan “Farzandim-2” filmida ijro etgan. U Dilnoza Kubayeva, Adiz Rajabov, Muyassar Berdiqulova, Saida Saidbekova kabi mahoratli ijodkorlar bilan rol ijro etgan.

    Foto: Kamron Saidmurodov arxividan.

    Foto: Kamron Saidmurodov arxividan.

    — Hozir Rossiya kinematografiya institutida tahsil olyapman. Prezidentimizning qarorlariga ko‘ra, yurtimizdagi 15 ta eng iqtidorli yoshlar Rossiyaga o‘qishga yuborildi. Bizga O‘zbekiston tomonidan davlat stipendiyasi ajratilgan. Bundan tashqari, institut tomonidan ham stipendiya beriladi. Aktyorlik bo‘yicha o‘qib, O‘zbekistonga qaytaman, — deydi Kamron Saidmurodov.

    “Chol va nabira”dagi yigit tadbirkor bo‘lmoqchi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ma’ruf Sharipov “Chol va nabira” filmidagi G‘anisher roli bilan tomoshabinlarga yaxshi ma’lum. Bolalikdan qo‘shiq aytishga qiziqqan Ma’ruf bobosi sabab “Tomosha” guruhiga qatnaydi. Bir kuni mashg‘ulotga “O‘zbekkino”dan bir guruh ijodkorlar kelib, 5-6 yoshdagi bolalar bilan suhbatda bo‘lishadi. Chunki dramaturg Rixsivoy Muhammadjonov ilk rejissorlik ishi — “Chol va nabira” filmini suratga olish niyatida edi. Ma’ruf Sharipov kastingdan o‘tib, 6 yoshida Po‘lat Saidqosimov bilan suratga tushadi. Undan so‘ng “Enagalar”, “Umid” va “Tubanlik” kabi filmlarda kichik rollarni ijro etdi.

    Foto: Instagram / @maruf_sh

    Foto: Instagram / @maruf_sh

    — Yigirma yoshga to‘lganman. Ayni damda tadbirkorlik sirlarini o‘rganyapman. Iqtisod va xorij tillariga qiziqaman. San’atga ishtiyoqim bor, ammo faqat aktyor bo‘lib qolish niyatim yo‘q, — deydi Ma’ruf Sharipov.

    Tili chiqmay qo‘shiq aytgan Abdulhakim

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Abdulhakim Toshtemirov 3 yoshida san’at olamiga kirib kelgan. U “Tomosha” bolalar jamoasiga qatnab, konsertlarda ishtirok etgan. Ilk rolini besh yoshida “O‘gay ona” filmida ijro etgan. Filmda otasi rolini Alisher Uzoqov ijro etgandi. Undan keyin “Uy bekasi”, “Sevgi bu jannat” filmlarining ikki qismida suratga tushgan.

    Foto: Instagram / @abdulhakiym.t

    Foto: Instagram / @abdulhakiym.t

    — Bu yil 16 yoshga to‘ldim. Ayni damda Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyda tahsil olaman. San’atkor bo‘lish niyatim yo‘q. Ingliz tili va matematikani o‘rganib, xalqaro toifadagi tadbirkor bo‘lmoqchiman, — deydi Abdulhakim Toshtemirov.

    To‘rt yoshida internet yulduziga aylangan Jo‘rabek

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Jo‘rabek Jo‘rayev ilk qo‘shig‘ini to‘rt yoshida ijro etgan. “Chaki-chaki” qo‘shig‘i shu kungacha YouTube tarmog‘ida 6 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Undan keyingi “Arab tangosi” qo‘shig‘i ham tinglovchilar e’tiboriga tushgan. Jo‘rabek Jo‘rayev 6 yoshida Andrey Malaxov shousida o‘zbekistonlik internet yulduzi sifatida ishtirok etgan. Hozirda 14 yoshni qarshi olgan Jo‘rabek professional san’atkor bo‘lishni niyat qilgan.

    Foto: Instagram / @jurabek_jurayev_official_

    Foto: Instagram / @jurabek_jurayev_official_

    — Hozirgi kunda tahsil olish bilan bandman. Ustozim rejissor Sa’dulla Abdullayevning konsert dasturlarida ishtirok etaman. To‘y tantanalarga ham taklif etishadi. Kelajakda xalqning sevimli xonandasi bo‘lishni orzu qilaman, — deydi Jo‘rabek Jo‘rayev.

    Xadicha aktrisalik emas, opera xonandaligini tanladi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xadicha Imomnazarova xususiy filmlardagi katta-kichik rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U ilk rolini 2007-yil suratga olingan “Zumrad va Qimmat” filmida ijro etgan. Undan so‘ng “Nortoy”, “Oshiqlar” va “Men yulduzman” kabi filmlarda suratga tushgan. Ammo u aktrisa bo‘lishni istamadi va akademik xonandalik yo‘nalishini tanladi. U bir necha yildan buyon opera ijrochiligi bilan shug‘ullanadi. 2019-yilda “Nihol” nomidagi davlat mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Yig‘lamagin”dagi Murod rejissor bo‘ldi

    Foto: Instagram / @mirafzal_mirakbarovich

    Foto: Instagram / @mirafzal_mirakbarovich

    Rejissor Rustam Sa’diyevning “Yig‘lamagin” filmi 2009-yilning eng omadli kartinalaridan biri bo‘lgan. Mirafzal Shofayziyev “Yig‘lamagin”, “E’tiqod” va “Osiy banda” kabi filmlarda va bir qator kliplarda suratga tushdi. Mirafzal Shofayziyev shu kungacha qator rejissorlarning yordamchisi bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda rejissor sifatida reklama roliklari va kliplarni suratga oladi.

    Foto: Instagram / @mirafzal_mirakbarovich

    Foto: Instagram / @mirafzal_mirakbarovich

    — Ilk rolimni o‘n ikki yoshimda ijro etganman. Undan avval Rustam Sa’diyevning “Kelgindi kelin” filmining kastingida ishtirok etgandim. Afsuski, unda omad kulib boqmagan. O‘shanda Rustam aka keyingi filmidan rol berishni ko‘zlab qo‘ygan ekan. To‘rt yildan so‘ng “Yig‘lamagin” filmiga taklif etgandi, — deydi Mirafzal Shofayziyev.

    Mavzuga doir:

    • “Kichkina tabib”dagi Nigora, “Chol va nabira”dagi G‘anisher: bolaligidanoq tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • “Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)
    • “Kelinlar qo‘zg‘aloni”dagi Abbos — tug‘ruqxonadagi uchrashuv sabab kinoga qadam qo‘ygani hamda bolaligidagi rollari uchun kattalarnikidek gonorar olgani haqida
    • Epizod rollari bilan e’tibor qozongan yosh aktyor Mirafzal Shofayziyev hozir qayerda? (foto)

    11.04.2022, 15:40   Izoh (0)   54684
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga taqiq, ovqatlanish uchun “pora”. Mashhurlar farzand tarbiyalashda amal qiladigan noodatiy qoidalar

    11.04.2022, 12:50

    Instagram: Lutfulla Sa’dullayevning armoni, Ozoda Nursaidovadan ranjigan Liil Xurramov, tug‘uruqxonadan chiqishi bayramga aylangan Dilso‘z

    10.04.2022, 22:10

    Aktyor Uill Smit 10 yilga “Oskar” mukofoti marosimida ishtirok etishdan chetlatildi

    10.04.2022, 13:31

    Instagram: Yordamchisiga mashina sovg‘a qilgan Kaniza, Sayyora Qoziyeva xonadonida iftorlik, Madina Mumtozni sudga berishdi

    08.04.2022, 22:12

    Saksofon chalish, qushlar ovoziga taqlid qilish, to‘qish: Gollivud yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari

    08.04.2022, 14:26

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli yangi loyiha bilan ekranlarga qaytmoqda

    08.04.2022, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Eron hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi

    O‘zbekiston | 12 may, 09:11

    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

    Reklama | 12 may, 09:00

    “El-Klasiko”lar tarixida o‘ziga xos seriya qayd etildi

    Sport | 12 may, 08:48

    Polsha Rossiyani savdo markazini yoqib yuborganlikda aybladi

    Dunyo | 12 may, 08:38

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.