• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Kichkina tabib”dagi Nigora, “Chol va nabira”dagi G‘anisher: bolaligidanoq tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Kichik yoshida katta yoshdagi aktyorlar uchun ham orzu bo‘lgan mashhurlikni qo‘lga kiritgan bolakaylar o‘zbek kinosida ham topiladi. Jurnalist Nargizaxon Murodova tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan mashhur “bolalar”ning san’at olamiga kirib kelishi va ayni kunlarda nimalar bilan bandligiga qiziqdi.

    “Maftuningman”dagi Muhabbat

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Muhabbat To‘laxo‘jayeva – O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘laning farzandi. U suratga tushgan “Maftuningman” filmi ham aynan shoirning qalamiga mansub ssenariy asosida suratga olingan. Muhabbatning filmda suratga tushishini undan ham ko‘ra ko‘proq yaqinlari xohlashgan. Uning ukasi Nozim To‘laxo‘jayev — mashhur aktyor. Muhabbat aktrisa bo‘lmasa-da, u O‘zbekistondagi eng ko‘zga ko‘ringan teatrshunoslardan biri. San’atshunoslik fanlari doktori bo‘lgan Muhabbat To‘laxo‘jayeva bir necha yildan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarga saboq beradi.

    Ketmoni uchgan “Abdullajon”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Shuhrat Qayumov taniqli operator Temur Qayumovning farzandi hisoblanadi. U kinodagi ilk rolini “Abdullajon” filmida yaratgan. Rejissor Zulfiqor Musoqov “O‘zbekkino” hovlisida Temur Malikovning o‘g‘lini uchratib qoladi. Mana shu tasodifiy uchrashuv sabab Abdullajon roli Shuhrat Qayumovga nasib etgan. U “Abdullajon”dan so‘ng boshqa o‘zbek filmlarida suratga tushmadi. Maktabni tamomlagach, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil oldi. 1998-yilda tajriba oshirish maqsadida chet elga ketgan va bir necha yil Qozog‘iston va Rossiyada yashagan. U Rossiyada suratga olingan loyihalarda operator sifatida ishlagan. 2003-yili O‘zbekistonga qaytib, o‘z kompaniyasiga asos solgan. Uning kompaniyasi kinotexnikalarni sotish va ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. Oilali, 2 o‘g‘il va bir qizning otasi.

    Jalol Yusupov 15 yildan buyon AQShda

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Jalol Yusupov – “Suyunchi” va “Chinor ostidagi duel” filmlaridagi epizodik rollari bilan yaxshi tanish. Ammo u ilk marta 1978-yili rejissor Ahror Akbarxo‘jayev suratga olgan “Shaffof kalitchalar” bolalar filmida Ali rolini ijro etgan. Bir yildan so‘ng mashhur rejissor Melis Abzalovning “Chinor ostidagi duel” filmi uchun o‘tkazilgan kastingda ishtirok etadi. Bu film “Suyunchi” filmida suratga tushishiga asos bo‘ladi. U avval aktyorlik, undan so‘ng rejissorlik sohasi bo‘yicha tahsil olgan. Aktyor shu kungacha “Sardor”, “Baxt uchun million”, “Qasos”, “Arosat” va “Aldangan ayol” singari ko‘plab kino va seriallarda ham suratga tushgan. U 1991–2006-yillarda O‘zbekiston yoshlar teatrida aktyor va rejissor sifatida faoliyat yuritgan. Undan so‘ng oilasi bilan Nyu-York shahriga ko‘chib o‘tgan.

    “Kichkina tabib”dagi yashirilgan sir...

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Bolaligidan qo‘shiqchi bo‘lishni niyat qilgan Dilshodbek Kattabekov kutilmaganda aktyorlik sohasiga qadam qo‘ygan. Besh yoshidan boshlab davlat tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Dilshodning yaqinlariga “Kichkina tabib” filmining kastingida ishtirok etishni taklif qilishadi. Doniyor roliga talabgorlar nihoyatda ko‘p bo‘lgan. Yuzdan ortiq ishtirokchilar orasidan tanlab olingan Dilshodbek Kattabekov kino olamiga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Ba’zi ma’lumotlarda aktyor o‘sha paytda 5 yoshda bo‘lgani aytiladi, bizning hisob-kitoblar esa Dilshodbek Kattabekov “Kichkina tabib” filmida 8 yoshida suratga tushganini tasdiqlaydi.Dilshodbek Kattabekov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Muhabbat sinovlari”, “Xavfli burilish”, “Vijdon” va “Fidoyilar” kabi qator filmlarda muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. Ayni kunlarda diniy-axloqiy roliklarga rejissorlik qilmoqda.

    “Kichkina tabib”dagi Nigora AQShda oila qurgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Barno Nishonova “Kichkina tabib” filmidagi Nigora roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Ammo uning rolga qanday tasdiqlangani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz. Boisi u ancha yillardan buyon AQShda oilasi bilan yashaydi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Munavvar Abdullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Barno Nishonova fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan va bir muddat O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham ishlagan. Uning turmush o‘rtog‘i ham musiqa bilan shug‘ullanadi. Ular bolalarga fortepiano chalish bo‘yicha saboq berishadi. Barno Nishonovaning ikki nafar qizchasi bor.

    Xadicha Imomnazarova operani tanladi!

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xadicha Imomnazarova xususiy filmlardagi katta-kichik rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U ilk rolini 2007-yil suratga olingan “Zumrad va Qimmat” filmida ijro etgan. Undan so‘ng “Nortoy”, “Oshiqlar” va “Men yulduzman” kabi filmlarda suratga tushgan. Ammo u aktrisa bo‘lishni istamadi va akademik xonandalik yo‘nalishini tanladi. U bir necha yildan buyon opera ijrochiligi bilan shug‘ullanadi. 2019-yilda “Nihol” nomidagi davlat mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

    “Chol va nabira”dagi G‘anisherni negadir rollarga chaqirishmayapti

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ma’ruf Sharipov “Chol va nabira” filmidagi G‘anisher roli bilan tomoshabinlarga yaxshi ma’lum. Bolalikdan qo‘shiq aytishga qiziqqan Ma’ruf bobosi sabab “Tomosha” guruhiga qatnaydi. Bir kuni mashg‘ulotga “O‘zbekkino”dan bir guruh ijodkorlar kelib, 5-6 yoshdagi bolalar bilan suhbatda bo‘lishadi. Chunki dramaturg Rixsivoy Muhammadjonov ilk rejissorlik ishi — “Chol va nabira” filmini suratga olish niyatida edi. Ma’ruf Sharipov kastingdan o‘tib, 6 yoshida Po‘lat Saidqosimov bilan suratga tushadi. Undan so‘ng “Enagalar”, “Umid” va “Tubanlik” kabi filmlarda kichik rollarni ijro etdi. 19 yoshni qarshilagan Ma’ruf Sharipov yaxshi rollarga chaqirishmayotganini, agar shunday taklif bo‘lsa, yana filmlarda suratga tushishini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • “Tutash taqdirlar” serialidagi Ra’no obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa hozir qayerda? (foto)
    • “Kichkintoy sayrga chiqdi” filmidagi bolakay hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • Deniel Redkliff, Kristen Styuart: muxlislar asosan bitta obraz bilan eslaydigan aktyorlar (foto)
    • Makoley Kalkin o‘zining “Uyda yolg‘iz” remeykiga qaytishi to‘g‘risida tarqalgan savollarga javob berdi

    11.11.2021, 14:40   Izoh (0)   110262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekkino”ning servizi tufayli mashhurlikka erishgan rejissor Shokir Xoliqov bilan AQShga o‘qishga ketayotgani va karyerasini O‘zbekistonda ko‘ra olmasligi haqid...

    09.11.2021, 15:20

    Vin Dizel Dueyn Jonsondan “Forsaj”ga qaytishini so‘radi. Aktyorlar franshizaning 8-qismi suratga olish jarayonida urishib qolgan edi

    09.11.2021, 13:27

    Mashhur filmlaridagi obrazlari tufayli aqldan ozishiga bir baxya qolgan aktyor va aktrisalar (foto)

    07.11.2021, 21:56

    “Kalmar o‘yini” serialidagi ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolgan sirli belgilar va kamchiliklar (foto)

    06.11.2021, 13:26

    “Mo‘jizakor ayol” yulduzi Gal Gadot “Oppog‘oy”ning yangi ekranizatsiyasida yovuz qirolicha rolini o‘ynaydi

    06.11.2021, 10:27

    Ledi Gaga “Guchchi uyi” filmidagi Patrisiya Rejani rolini o‘ynash uchun 9 oy italyancha talaffuz bilan gapirgani haqida so’zlab berdi

    04.11.2021, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.