• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda fuqarolar telefoniga soliq qarzdorligi sabab sudga berilganlari haqida SMS kelmoqda

    Qashqadaryoda Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan fuqarolarning qo‘l telefonlariga dag‘dag‘ali SMS xabarnomalar yuborilayotgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyatda faoliyat yurituvchi jurnalistlar ma’lum qilgan.

    “Davlat soliq qo‘mitasining ayrim quyi organlari odamlarning qo‘l telefoniga Soliq:75-5226363: Hurmatli fuqaro sizning xonadoningizga hisoblangan soliq qarzdorligi sudga kiritilmoqda. Shahrisabz t DSI (yuboruvchi raqam: 97. 406 17 17), deb yozilgan mavhum xabarnoma yuborib, o‘tirgan joyidan bechora soliq to‘lovchilarga dag‘dag‘a qilmoqda. Sizda qaysi xonadon, qachongi soliq, qancha summa, to‘lov muddati qachon tugagan, sudga kiritilishiga asos qani, degan savollar tug‘ilsa, javob olish uchun SMS’da ko‘rsatilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz foydasiz”, — deydi bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan jurnalist Kamoliddin Karimov.

    Kamoliddin Karimov tuman Soliq inspeksiyasining bu harakatini “Jismoniy shaxslar 15-aprelga qadar 2022-yil uchun hisoblangan soliqning yarmini to‘lashlari kerak. Hammasi ana shu bo‘yicha rejadan chiqmay qolishning oldini olishga qaratilgan antiqa harakatlar xolos”, — deydi.

    Soliq inspeksiyasining ogohlantiruvchi sms‘lari haqida gapirgan yana bir suhbatdosh, jurnalist Sarvinoz Ismoilova “Sizni sudga bermiz”, deb yozilgan dag‘dag‘ali SMS xabarnoma uning onasi sog‘lig‘i yomonlashuvchiga sabab bo‘lganini aytmoqda.

    “O‘tgan kuni ayamga shunaqa SMS kelgan ekan. Bo‘rttirish emas-u, buni o‘qigan ayamning qon bosimlari chiqib ketdi. Bu nimasi? Nimaga buncha vahima deb mendan so‘radilar. Ayam ham hayron soliqqa ham shunaqa SMS yozadimi deb”, — deydi Sarvinoz Ismoilova.

    Mazkur holatga izoh bergan viloyat Soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi Zarif Keldiyorov “Haqiqatan ham 2022-yilning 9-aprel kuni Shahrisabz tumani davlat Soliq inspeksiyasi mas’ul xodimi tomonidan fuqarolar xonadoniga hisoblangan soliq qarzdorligi sudga kiritilayotgani qayd etilgan sms-xabarnoma jo‘natilgan. Bu xabar matni 2021-yilning oktabr oyida tayyorlangan bo‘lib, soliq qarzi mavjud fuqarolarga ogohlantirish sifatida jo‘natilgan. Mas’ul xodimning ehtiyotsizlik va anglashilmovchilik tufayli  mazkur SMS’lar Shahrisabz tumani davlat soliq inspeksiyasi bazasidan 700 nafar ortiq fuqarolarga qayta yuborilgan. Aslida to‘lov muddati yaqinlashayotgani yuzasidan eslatma xabar jo‘natilishi kerak bo‘lgan. Ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi olib boriladi va tegishli tartibda jazoga tortiladi”, — dedi.

    Viloyat soliq boshqarmasi mas’uli shu o‘rinda qashqadaryoliklarga murojaat qilib, Soliq kodeksining 423- va 440-moddalariga asosan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash muddati 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshirilishi lozimligini eslatgan.

    “Soliqlarni hududiy davlat soliq inspeksiyalariga borgan holda yoki elektron tarzda mobil ilovalar orqali to‘lashingiz mumkin. Unutmang, soliqlar mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, yashab turgan hududlarimizning rivoji, taraqqiyoti uchun sarflanadi. Soliqlar belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan bir baravari miqdorida penya hisoblanishiga sabab bo‘ladi”, — deydi Zarif Keldiyorov.

    11.04.2022, 20:10   Izoh (0)   31374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda dala maydoni noto‘g‘ri sug‘orilishi oqibatida 4 ta xonadonni suv bosdi

    11.04.2022, 19:46

    Toshkentda Mercedes-Benz haydovchisi yo‘lning qatnov qismida drift qildi (video)

    11.04.2022, 19:09

    Namangan ko‘chalarida iftorlik ulashayotgan ichki ishlar xodimlari (foto, video)

    11.04.2022, 18:45

    Qashqadaryoda yo‘llardagi qoidabuzarliklarni nazorat qilishga kelgan samarqandlik YPX xodimining o‘zi qoida buzdi. Bloger talabi bilan unga ma’muriy bayonnoma tuzi...

    11.04.2022, 18:32

    O‘zbekiston bo‘ylab 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi

    11.04.2022, 18:05

    Qozog‘iston 15-apreldan bug‘doy va un eksportini cheklaydi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin

    11.04.2022, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.