• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Putinning qarori, pul o‘tkazmalariga cheklovlar, tabiiy gazni rublda to‘lash majburiyati. Rossiya rublni qanday qilib qutqardi?

    Rossiya mart oyi oxirida tabiiy gazini sotib olgan Yevropa davlatlaridan to‘lovlarni dollar yoki yevroda emas, rublda amalga oshirishni talab qilgan edi. Bir oy oldin bu juda yaxshi kelishuv edi: Rossiyaning Ukraina bilan urushi ortidan rubl 40 foizga tushib, 1 dollar 139 rublgacha tushib ketgandi.

    Foto: Focus Washington

    Foto: Focus Washington
    Biroq fevral oyidagi qulash jarayonidan so‘ng, Rossiya rubli keskin tiklandi. 6-aprel kuni esa rubl 84 rublga baholanib, urushdan avvalgi qiymatiga to‘liq qaytdi. 11-aprel holatiga ko‘ra 1 dollar 81 rubl bo‘lmoqda. Shubhasiz, rubl mart oyida dunyodagi eng tez o‘sgan valyuta bo‘ldi.

    Shunga qaramay, urush boshlanganda kiritilgan barcha sanksiyalar hali ham amalda. Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar yanada og‘irroq sanksiyalarni joriy etmoqchi. Jumladan, G‘arb mamlakatlari tomonidan Rossiya ko‘miriga embargo qo‘yildi. Xo‘sh, Rossiya qanday qilib o‘z valyutasini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi?

    Rublning tiklanishiga bir nechta sabablar bor.

    Tabiiy gaz

    AQSH va Yevropa kiritgan sanksiyalar fonida eng katta kamchilik bu tabiiy gaz edi. Yevropaning bir qancha davlatlari Rossiya gaziga qaram bo‘lib qolgani va talabni qondirish uchun muqobil yetkazib beruvchilar yetarli emasligi sababli gazni sotib olishda davom etmoqda. 

    Foto: Financial Times

    Foto: Financial Times

    Sanksiyalar esa Rossiya bilan ko‘plab sohalarda aloqalarni uzishga qaratilgan edi. Buning oqibatida gaz narxlari tarixdagi eng baland darajaga ko‘tarildi. Bir qancha davlatlar, jumladan, Yaponiya Yevropaga gaz yetkazib berishi mumkin.

    Neft va tabiiy gaz narxlarining oshishi, Rossiyaning Xitoy va Hindiston kabi boshqa yirik iqtisodiyotlar bilan savdo aloqalarining mustahkamligi mamlakatga hali ham doimiy xorijiy valyuta oqimini yuzaga keltirmoqda. Bu esa rubl kursi ko‘tarilishiga sabablardan biri bo‘ldi. 

    Qarzlarni to‘lash

    Yana bir e’tibordan chetda qolgan jihat — suveren qarzni to‘lash. Rossiyaga qo‘yilgan eng katta va eng ta’sirli sanksiyalardan biri uning xorijiy hisoblarini muzlatish edi. Rossiya butun dunyo banklarida 640 mlrd dollarga yaqin yevro, dollar, iyena va boshqa xorijiy valyutalarni saqlaydi. 

    Bu miqdorning yarmiga yaqini AQSH va Yevropada joylashgan. Sanksiyalar Rossiyaning ushbu pulga kirishiga to‘sqinlik qilar edi. 

    AQSH G‘aznachiligi esa Rossiyaga qarzlarini to‘lashi maqsadida bank hisoblaridan foydalanish uchun ruxsat berishga majbur bo‘ldi. Aprel oyida bu to‘xtatilishi rejalashtirilgan. Shunga qaramay, Rossiya birinchi bor 650 mln dollarlik yevroobligatsiyalarni rublda to‘ladi. Bu esa defolt sifatida tan olinishi mumkin.

    Moliyaviy omillar

    28-fevral kuni Rossiya Markaziy banki foiz stavkalarini 20 foizga oshirdi. O‘z rubllarini sotish va dollar yoki yevro sotib olish vasvasasiga tushgan har qanday rus endi bu pulni tejashi kerak edi. Qanchalik kam rubl sotuvga chiqarilsa, valyutaga tushadigan bosim shunchalik kam bo‘ladi.

    Keyinchalik hukumat rossiyalik tadbirkorlarga bir nechta talablar qo‘yadi. Unga ko‘ra, korxonalar chet elda topadigan har qanday pulning 80 foizi rublga almashtirilishi kerak. 

    Kreml, shuningdek, rus brokerlariga xorijliklarga tegishli qimmatli qog‘ozlarni sotishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Ko‘pgina xorijiy investorlar Rossiyaning korporativ aksiyalari va davlat obligatsiyalariga ega. Sanksiyalar sabab ular bu qimmatli qog‘ozlarni sotishlari mumkin edi. Buni taqiqlash orqali hukumat qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalar bozorlarini mustahkamlab, pulni mamlakat ichida saqlamoqda. Bularning barchasi rublning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymayapti.

    Pul o‘tkazmalariga cheklovlar

    Rossiya fuqarolariga hukumat tomonidan chet elga pul o‘tkazishni cheklovchi qarorlar qabul qilindi. Dastlabki taqiqda barcha valyuta kreditlari va o‘tkazmalari to‘xtatilishi aytilgan edi. Bu mamlakatda chet el valyutasini ushlab turishga xizmat qildi va rossiyaliklarni rublni dollar yoki yevroga sotishdan qaytardi. 

    Valyuta bosimi esa kuchayib bordi. Chet elga muntazam ravishda pul yuboradigan rossiyaliklarga qulayliklar berish uchun ushbu cheklovlar yaqinda biroz yengillashtirildi. Ammo joriy yil oxirigacha jismoniy shaxslar 10 000 dollargacha mablag‘larni chet elga jo‘natishi mumkin.

    Putinning qarori

    Rubl mustahkamlanishining asosiy sabablaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sanksiya qo‘llagan mamlakatlarga gazni faqat rublda sotish haqidagi qarori bo‘ldi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Mahsulotlarimizni Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetkazib berib, to‘lovni dollar, yevro yoki boshqa valyutada olish biz uchun endi hech qanday ahamiyatga ega emas, — izohlaydi Putin.
    Tabiiy gaz shartnomalarida odatda yevro yoki dollarda to‘lash kelishilgan bo‘ladi. Rossiya gazini sotib oladigan davlatlar esa katta rubl zaxirasiga ega emas. Putinning qarori ushbu davlatlarni rublni sotib olishga majbur qilishi mumkin. Aynan shu sababli rublga nisbatan talab tabiiy ravishda oshdi.

    Rossiya Markaziy banki tomonidan qabul qilingan himoyaviy choralar rubl uchun o‘ziga xos ko‘prikdir. Agar Rossiya va Ukraina urushi tugab sanksiyalar bekor qilinsa, rubl hozirgi qiymatini saqlab qolishi mumkin. Rublning yana bir bor qulashi esa inflyatsiyani keskin ko‘tarilishiga va rus xalqining og‘ir iqtisodiy ahvolga solib qo‘yishi mumkin. 

    Ayrim cheklovlar esa bekor qilinishi kerak. Asosiy foiz stavkasining 20 foiz bo‘lib turishi moliyaviy jihatdan iqtisodiyotga jiddiy zarar bo‘ladi. Rossiya iqtisodiyoti bu yil 8 foizdan ko‘proq qisqarishi, sanoat hajmining pasayishi kutilmoqda.

    Rossiya dunyodagi eng yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi va eng yirik eksportchisidir. Lekin u yagona manba emas va rus gazining xaridorlari boshqa muqobil variantlarga murojaat qilishlari mumkin. Rossiya gaziga to‘lovlar faqat rublda qabul qilinishi esa bu jarayonni muqarrar holatga olib keladi. 

    AQSH allaqachon Yevropaga tabiiy gaz jo‘natmoqda. Buyuk Britaniya, Norvegiya, Qatar va Ozarbayjon ham tabiiy gaz yetkazib berishi mumkin. Katta hajmdagi rus gazini sotib oladigan davlatlar bir kechada undan voz kecholmaydi. Biroq bu jarayon sekin-asta sodir bo‘lishi mumkin.

    11.04.2022, 19:59   Izoh (0)   34540
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyning Guanchjou shahrida COVID-19 sabab maktablar yopildi va shaharga kirish-chiqish cheklandi

    11.04.2022, 19:21

    Xorvatiya 18 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi

    11.04.2022, 18:58

    Ramzan Qodirov Rossiya Ukrainaning barcha shaharlariga hujum uyushtirishini va’da qildi

    11.04.2022, 18:18

    Shimoliy Koreyada Kim Chen In rahbarligining 10 yilligi nishonlanmoqda (video)

    11.04.2022, 17:12

    Zelenskiy Janubiy Koreyadan qurol so‘radi

    11.04.2022, 16:58

    Raketa tushgan yaylov, vayronalar ostidan o‘g‘lini qidirayotgan qariya — urushning 46 kunidan fotoreportaj

    11.04.2022, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda YTH oqibatida 19 yoshli skuter yo‘lovchisi halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 08:45

    “Munosabat bildiramiz” — Zelenskiy O‘zbekiston fuqarolari Rossiya tomonida jang qilayotgani haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 08:21

    Xitoy Yaponiyaning biolaboratoriyalari haqida film suratga oladi

    Dunyo | 5 avgust, 08:20

    ChatGPT ilovasidan haftasiga 700 millionga yaqin kishi foydalanmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 08:00

    Armanistonda “investitsiya saytlari” orqali 2 mln dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan kiberguruh a’zosi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 07:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.