Eron terrorchilik faoliyati va inson huquqlari buzilishiga aloqador bo‘lgan shaxslar kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi. Undan mos ravishda 9 va 15 nafar AQSH fuqarosi o‘rin olgan, deb xabar beriladi mamlakat TIV xabarida.
“Ushbu shaxslar Eron xalqi va hukumatiga qarshi AQSHning bir tomonlama majburlov choralarini (jinoiy sanksiyalarini) qo‘llab-quvvatlaydi, tashkillashtiradi, amalga oshiradi va kuchaytiradi, terroristik guruhlar va terrorchilik harakatlarini moliyalashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, sionistik rejimning mintaqada o‘z rolini o‘ynagan repressiv harakatlarini, ayniqsa, mazlum Falastin xalqiga qarshi harakatlarini amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.
Ro‘yxatdan Amerikaning iste’fodagi yuqori martabali harbiylari (masalan, sobiq armiya shtabi boshlig‘i kichik Jorj Keysi, AQSH armiyasining Afg‘onistondagi sobiq qo‘mondoni Ostin Miller), diplomatlar (AQSHning Livandagi elchisi Doroti Shi, AQSHning Quddusdagi muvaqqat ishlari vakili Jonatan Shrayer va hokazo), amaldorlar (Savdo va Moliya vazirliklarining sobiq rahbarlari Uilbur Ross va Jeykob Lyu, shuningdek, turli vaqtlarda moliya vazirining o‘rinbosarlari bo‘lib ishlagan bir nechta amaldor), sobiq prezident Donald Trampning advokati, Kharon kompaniyasi xodimlari o‘rin olgan.
Avvalroq AQSH prezidentining administratsiyasi Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusini terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish niyatida ekani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu kabi chora Tehron mintaqada keskinlikni kamaytirish va yadro bitimiga rozi bo‘lsa qo‘llanilishi mumkin. 40 yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan Eronga qarshi sanksiyalar keng ko‘lamli iqtisodiy choralarni o‘zida jamlagan.
Izoh (0)