• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fil ajdarga qarshi. Hindiston—Xitoy munosabatlari: hududiy da’volar, qonli to‘qnashuvlar, iqtisodiy aloqalar va tuganmas bahs

    Bugungi kunda dunyo aholisining umumiy soni sakkiz milliardga yaqinlashmoqda. Hozirda jahonda faqat ikki davlat aholisi milliardlik dovondan o‘tgan: Xitoy va Hindiston. Har ikkala davlat rivojlangan iqtisodiyot va ulkan hududga ega. Ammo bu ikki yirik Osiyo mamlakati yaxshi siyosiy munosabatlar va qo‘shnichilik tarixiga ega emas. “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov jahonning qudratli davlatlari bo‘lmish Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi asosiy ziddiyat, uzoq yillar davom etgan to‘qnashuvlar haqida so‘z yuritadi.

    Hindiston—Xitoy ziddiyati sabablari

    Hindiston XVII asrdayoq Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanishni boshladi. Inglizlar bu o‘lkada ikki asrdan oshiqroq hukmronlik qilgach, 1947-yili mamlakatga mustaqillik beradi. Biroq ozodlik o‘zi bilan bir qator nizolarni ham yetaklab keladi. Jumladan, diniy qarashlardagi farq sabab ikkiga bo‘lingan Hindiston hozirgi kungacha qo‘shnisi Pokiston bilan chegaraviy nizoga ega. Bu qonli nizo haqida barcha eshitgan.

    Biroq Hindiston chegara masalasida faqat Pokiston bilan jiddiy kurash olib bormaydi. Hindistonning yana bir geosiyosiy raqibi — bu Xitoydir. Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilik asosan chegaradagi ikki hudud ustida boradi.

    Foto: The Economic Times

    Birinchisi, Hindiston, Pokiston va Xitoy chegarasida joylashgan Oqsoy Chin platosi. Ushbu hudud Himolayning 5 ming metr balandligida joylashgan, doimiy aholisi va aholi punktlariga ega bo‘lmagan yeridir. Plato asosan sho‘r daralardan iborat. Geografik jihatdan bu plato Tibet platosining bir qismi hisoblanadi. Xitoy bu hudud uning tarixiy mulki ekanini da’vo qiladi, Hindiston esa aksini.

    Hindistondan farqli ravishda Xitoy buyuk davlatlar mustamlakasiga aylanmagandi. Buyuk davlatlar Xitoyni o‘z ta’sir doiralariga bo‘lib olishgan va uni teng bo‘lmagan shartnomalar tuzishga majbur qilgan. Shunday shartnomalardan biri Xitoy va Hindistonning sharqiy chegaralarini belgilovchi Makkarti-MakDonald chizig‘i haqidagi kelishuvdir.

    Chiziq Britaniyaning Qoshg‘ardagi elchisi Jorj Makkarti hamda Pekindagi ingliz elchisi Kloud MakDonald nomi bilan shunday nomlangan. Ushbu kelishuv shartnomasi Xitoy hukumatining Hindiston tarkibiga kiruvchi Ladakh viloyati Tibetning bir qismi ekani, Tibet esa Xitoy hududi ekani haqidagi 1890-yilgi da’vosidan so‘ng qabul qilinadi. Markaziy Osiyoda Rossiya bilan raqobat olib borayotgan Britaniya Xitoyga yon beradi hamda Britaniya Hindistoni va Xitoy chegarasini Hind va Tarim daryolari oralig‘idan o‘tuvchi Qoraqurum tizmasi bilan belgilaydi. Qoraqurum tizmasi tabiiy chegara hisoblanib, undan shimoldagi yerlar Xitoy tarkibiga o‘tkaziladi. Oqsoy-Chindagi chegara haqidagi ushbu shartnoma loyihasi 1899-yili qabul qilinadi. Pekin ham, mahalliy Shinjon o‘lkasi ma’murlari ham ushbu chiziq qabul qilinishiga e’tiroz bildirmaydi. Biroq 1950-yillarda Xitoy rahbariyati buning aksini ta’kidladi va chiziq o‘sha paytdagi Xitoy hukumati tomonidan qabul qilinmaganini aytdi hamda uni yuridik kuchga emas deb atadi. Pekin butun Oqsoy-Chin platosi va Ladakh Xitoy yerlari ekanini da’vo qildi. Tabiiyki, Hindiston Xitoyning bu boradagi da’volarini rad qiladi.

    Ikkinchi nizoli hudud Hindiston-Xitoy chegarasining sharqida joylashgan Arunachal Pradesh provinsiyasidir. Oqsoy Chindan farqli ravishda bu hudud bir milliondan ortiq aholi va unumdor yerlarga ega.

    Hindistonni qo‘lga kiritgan Britaniya, Xitoy hamda o‘sha paytda mustaqil bo‘lgan Tibet bilan Hindiston chegaralarini belgilovchi Simla konvensiyasini qabul qiladi. Konvensiya Tibet, Xitoy va Britaniya Hindistonining sharqiy chegaralarini belgilovchi Makmagon (Britaniya Hindistoni tashqi ishlari vaziri) chizig‘ini o‘rnatadi. Unga ko‘ra Arunachal Pradesh Britaniya Hindistoni tarkibiga kiradi. Konvensiya 1914-yili Tibet va Hindiston tomonidan ratifikatsiya qilinadi, biroq Xitoy tomoni uni imzolashni rad etadi.

    1959-yili Xitoy bosh vaziri Chjou Enlay Xitoy Makmagon chizig‘i va Simla konvensiyasini umuman tan olmasligini bildiradi. Xitoy Makmagon chizig‘i o‘tgan Hindistonning Arunachal Pradesh shtatini Oqsoy Chin kabi o‘z hududi deb hisoblaydi.

    Hindiston tomoni esa Simla konvensiyasining qonuniyligini hamda Makmagon chizig‘ini Xitoy bilan xalqaro tan olingan chegara deb hisoblashini aytib keladi. Shu bois, Arunachal Pradesh Hindistonning bir qismi ekanini ta’kidlaydi.

    Sobiq Tibet yerlari hamda nizoli hududlar: Oqsoy Chin va Arunachal Pradesh

    Sobiq Tibet yerlari hamda nizoli hududlar: Oqsoy Chin va Arunachal Pradesh
    Foto: India Today

    Urushga tomon yo‘l

    Hindiston mustaqillikka erishganidan ikki yil o‘tib, Xitoyda hokimiyat tepasiga Mao Szedun boshliq kommunistlar keladi. Dastlab bu ikki davlat rahbariyati aloqalari juda yaxshi boshlanadi. Hindiston bosh vaziri Javaharlal Neru 1954-yili Pekinga tashrif buyurib, XXR raisi Mao Szedun bilan Panchsheel (besh tamoyil) shartnomasini imzolaydi. Shartnomaga ko‘ra, Xitoy va Hindiston bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish, tajovuz qilmaslik, ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib oladi. Hindiston yangi qo‘shnisi bilan munosabatlarga yuqori baho beradi. Mamlakatda Xitoy bilan iliq aloqalarni ifodalovchi “Hindi-Chini bhai bhai” (hind va xitoy xalqi birodar) iborasi paydo bo‘ladi.

    1950-yili Xitoy Tibetni qurol kuchi bilan o‘ziga qo‘shib oladi. Shundan so‘ng Hindiston va Xitoy to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng chegaralarga chiqadi. Hindiston Tibetga xayrixoh edi, biroq Xitoy bilan ziddiyatga bormaslik uchun bosh vazir Javaharlal Neru Tibetni Xitoy hududi deb tan oladi. Buning evaziga Xitoy Hindiston va Tibet o‘rtasidagi savdo aloqalariga ta’sir ko‘rsatmaslikka rozi bo‘ladi.

    Shunday bo‘lsa-da, chegaralarda sekin-asta taranglik boshlanadi. Xitoy Simli shartnomasini ham, Makmagon chizig‘ini ham tan olmasligini, bu hujjatlar Xitoy markaziy hokimiyati tomonidan imzolanmaganini aytadi. Xitoy maktab darsliklarida Nepal, Butan, Arunachal Pradesh va Oqsoy Chin Xitoy yerlari sifatida ko‘rsatiladi.

    1955—1958-yillarda Xitoy qo‘shinlari bir necha bor Makkarti-Makdonald va Makmagon chizig‘ini kesib o‘tadi. Tez orada Xitoy Oqsoy Chin hududida yo‘l qurishni boshlagach, vaziyat keskinlashadi. Hindiston Xitoyga bir necha bor rasmiy nota topshiradi, ammo Pekin o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi.

    Hindiston bosh vaziri Javaharlal Neru va XXR raisi Mao Szedun. 1954-yil

    Hindiston bosh vaziri Javaharlal Neru va XXR raisi Mao Szedun. 1954-yil
    Foto: Getty Images

    1959-yil tibetliklar diniy rahnamo Dalaylama boshchiligida Xitoyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostiriladi, Dalaylama va olti mingga yaqin tibetlik Hindistonga qochib o‘tadi. Hindiston hukumatining qochqinlarni qabul qilish haqidagi qarori Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi. Shu yili ikki davlat o‘rtasida ilk bor jiddiy chegara to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tadi.

    Keyingi yili XXR Davlat kengashi rahbari Chjou Enlay Dehliga keladi. Enlay Hindiston hukumatiga o‘ziga xos ayriboshlashni taklif qiladi. Unga ko‘ra, Xitoy sharqiy chegaralardagi Makmagon chizig‘ini Hindiston bilan xalqaro chegara sifatida tan oladi, buning evaziga esa Hindiston hukumati Oqsoy Chinni Xitoy yerlari sifatida tan olishi kerak edi. Javarharlal Neru boshliq hind hukumati bu taklifni rad etadi.

    Chegara urushi

    1959-yili G‘arbiy chegaradagi Kongka dovonida ilk qonli to‘qnashuv sodir bo‘ladi. Xitoy bu yerda patrul olib borayotgan hind politsiyasiga hujum qiladi va o‘n nafar hind politsiyachini o‘ldiradi. Yana shuncha politsiyachi asirga olinadi. Hindiston urushdan qochishga harakat qiladi hamda bahsli hududdan patrul qismlarini chiqaradi.

    1960-yili sharqiy chegarada ham otishmalar yuz beradi. G‘arbiy chegara, Oqsoy Chinda Xitoy yangi qurilgan yo‘l bo‘ylab harbiy postlar o‘rnata boshlaydi. Keyingi yildan Hindiston kuchlari sharqiy chegarada harbiy mavjudligini oshiradi va jangovar pozitsiyalarni egallaydi.

    1962-yil 10-iyul kuni Xitoy harbiy otryadi Oqsoy Chin platosidan janubda joylashgan Chushuldagi hind garnizonini qurshab oladi.

    1962-yil 20-oktabrda urush boshlanadi. Xitoy qo‘shini shu kuni g‘arbiy chegarada Hindistonning Ladakh shtatiga, sharqiy chegarada esa Makmagon chizig‘ini kesib o‘tib, Arunachal Pradesh shtatiga bostirib kiradi.

    Xitoy pozitsiyalariga o‘q uzayotgan hind artilleriyasi. 1962-yil

    Xitoy pozitsiyalariga o‘q uzayotgan hind artilleriyasi. 1962-yil
    Foto: India Scrolls

    Hindiston garchi taxmin qilsa-da, urush boshlanmasligiga ishongan va chegaraga faqatgina ikkita polk joylashtirgan edi. Xitoy esa, aksincha, urushga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib kiradi. Tez orada hind pozitsiyalari birin-ketin egallana boshlanadi. Noyabr oyi oxiriga kelganda Xitoy o‘zi da’vo qilgan barcha hududlarni egallab olgandi. Hind armiyasi qarshilik ko‘rsatish borasida ulkan qiyinchiliklar ichida qoladi, ko‘plab pozitsiyalar boy beriladi. Chin harbiylari ba’zi hududlarda hatto 80—100 kilometr ichkarigacha kirib boradi. Faqatgina 20-oktabrdan 25-oktabrga qadar ikki yarim ming hind askari halok bo‘ladi. Xitoy tomoni o‘z yo‘qotishlarini ochiqlamaydi. Hindiston bosh vaziri Javarharlal Neru hind xalqiga murojaat qilib, mamlakat mustaqillikka erishganidan so‘ng eng jiddiy xavf ostida qolganini ma’lum qiladi.

    Biroq Xitoyning bunday agressiv harakatlari dunyo davlatlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ladi. Hatto Xitoyning ittifoqchisi bo‘lmish SSSR ham darhol o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi. SSSR bu urushda betarafligini e’lon qiladi va Mao Szedunning SSSRdan yordam olish umidi chippakka chiqadi. Sovet ittifoqining ushbu pozitsiyasi Hindistonda yuqori baholanadi va tez orada Pokistonga ittifoqchi bo‘lishiga qaramay, AQSh va Buyuk Britaniya Hindistonga harbiy yordam berishni boshlaydi. Jahonning hech bir davlati Xitoy tomonida turmaydi.

    Xitoyning koalitsiyaga qarshi chiqishga jur’ati yetmaydi va 21-noyabr kuni ertasi kundan boshlab bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qiladi. Xitoy qo‘shinlari 1959-yilgi chegaralarga qaytariladi. Sharqiy chegarada o‘z harbiylarini Makmagon chizig‘idan 20 km uzoqlikda orqaga qaytargan Xitoy g‘arbda Oqsoy Chinni tark etmaydi.

    Hindiston bosh vaziri Javaharlal Neruning Ladakhdagi front chizig‘iga tashrifi. 1962-yil

    Hindiston bosh vaziri Javaharlal Neruning Ladakhdagi front chizig‘iga tashrifi. 1962-yil
    Foto: India Today

    Bir oy davom etgan harbiy harakatlar natijasida Xitoy Hindistonning 14 ming kvadrat kilometr hududini, asosan Oqsoy Chin platosini egallab oladi. Urush hind armiyasi uchun haqiqiy fojiaga aylanadi. Hindlar qattiq qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, chinliklarga juda ko‘plab pozitsiyalarni berib qo‘yadi. Urushdagi bunday mag‘lubiyat armiyadan tashqari hukumatning obro‘siga ham ta’sir qiladi. Javarharlal Neru hukumati shimollik qo‘shnisi bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi.

    Xitoy hukumati Hindistonga chinliklar g‘arbda egallagan hududlari: Oqsoy Chinni Xitoy hududi deb tan olishi evaziga sharqiy mojaro hududi bo‘lmish Arunachal Pradeshni Hindiston yeri ekanini tan olishga tayyor ekanini e’lon qiladi. Ammo Hindiston hukumati bu taklifni yana bir bor rad etadi.

    Keyingi to‘qnashuv — Sikkim

    1962-yilgi urush ikki davlat o‘rtasidagi oxirgi to‘qnashuv bo‘lib qolmadi. Oradan uch yil o‘tib, endi navbatdagi mojaroli hudud — Sikkim uchun to‘qnashuvlar yuz beradi.

    Sikkim qirolligi tarixan Hindiston va Xitoy mulki bo‘lib, 1850-yili inglizlar tomonidan Britaniya Hindistoni vassaliga aylantirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgach, o‘tkazilgan referendumda Sikkim aholisi Hindiston tarkibiga qo‘shilmaslikka ovoz beradi. Natijada kuch ishlatiluvchi mustamlakachilikka qarshi bo‘lgan Hindiston bosh vaziri Javarharlal Neru Sikkim ustidan Hindiston protektoratini o‘rnatuvchi shartnomani imzolaydi. Shartnoma qirollikka ichki ishlarda mustaqillik beradi, tashqi aloqalar va mudofaa esa Hindiston nazoratida qoladi.

    Foto: The Quint

    Biroq Xitoy Hindistonning Sikkim ustidan hukmronligini tan olgisi kelmaydi. 1965-yili Xitoy kuchlari Sikkim va Hindiston chegarasida harbiy mashg‘ulotlar olib boradi. 1967-yil sentabr oyida Xitoy qo‘shinlari Hindistonning Nathu La chegara postiga hujum boshlaydi. Besh kunlik jang davomida hind qo‘shini Xitoyning barcha hujumlarini qaytaradi. Tomonlar bir-biriga artilleriya zarbalari beradi va bu borada ham Hindiston muvaffaqiyatga erishadi. To‘qnashuv sabab oltmish ikki nafar hind askari halok bo‘ladi, Xitoy tomoni esa har doimgidek yo‘qotishlari sonini ma’lum qilmaydi.

    1—2-oktabr kunlari Hindistonning Cho La chegara punktiga qilingan hujum ham hind qo‘shinlarining taktik g‘alabasi bilan tugaydi.

    1975-yili Hindiston Sikkimning “ittifoqdosh hudud” maqomini tugatadi va uni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Buning natijasida Xitoy-Hindiston chegarasida yana bir qator kichik otishmalar yuz beradi.

    Munosabatlarning iliqlashuvi

    1976-yili Xitoyda hokimiyat almashinuvi yuz beradi. Mao Szedunning Xitoyni halokatga olib kelgan “madaniy inqilob”iga qarshi chiqqani uchun surgun qilingan Den Syaopin Maoning o‘limidan so‘ng hokimiyatga qaytadi. Den Syaopin Xitoyning oldingi keksa avlod siyosatchilaridan farqli o‘laroq pragmatik edi. Yangi avlod siyosatchilari davrini boshlab bergan Syaopin mamlakat iqtisodi va xalqaro obro‘sini ko‘tarish uchun yaxshi qo‘shnichilik aloqalari o‘rnatishga qaror qiladi.

    Shu yili Hindiston va Xitoyning elchilik aloqalari tiklanadi. 1980-yili Hindiston bosh vaziri Indira Gandining XXR rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalari rivojlanadi. Keyingi yili Xitoy tashqi ishlar vaziri Xuan Xuaning Dehliga tashrifi chog‘ida muhim kelishuvga erishiladi: Hindiston Xitoy bilan chegara muzokaralarini 1962-yili bosib olingan hududlar (Oqsoy Chin) qaytarilmagan holda ham boshlashga rozi bo‘ladi. Ammo 1987-yili iliqlashuv jarayonini xavf ostida qoldirgan voqea sodir bo‘ladi.

    1986-yili Hindiston nizoli hudud hisoblanuvchi Arunachal Pradesh viloyatiga shtat maqomini beradi va u yerga hind harbiy kuchlarini kiritadi. 1962-yildagi kabi mag‘lubiyatga uchramaslik uchun hind qo‘shini shtatdagi Tavang shahri yaqinida himoya pozitsiyalarini barpo qilishga kirishadi. Biroq hind razvedkasi Makmagon chizig‘idan janubda, Hindiston hududi hisoblanuvchi Sumdorong Chu vodiysida Xitoy qo‘shini joylashganini aniqlaydi. Hududni tark etish haqidagi so‘rovga Xitoy harbiylari rad javobini beradi va bu yerga qo‘shimcha kuchlar keltiriladi. O‘z navbatida Hindiston ham vodiy janubidagi Longro La dovoniga o‘z armiyasini joylashtiradi. Ikki tomonning qo‘shinlar bir-biriga qarshi yana yuzma-yuz kelishi yangi urush boshlanishi haqidagi qo‘rquvga sabab bo‘ladi.

    Chegara inqirozi xavfini Hindiston bosh vazirining shu yili Pekinga borishi to‘xtatadi. U Hindiston vaziyatini yanada og‘irlashtirish niyati yo‘qligini ma’lum qiladi. Taranglik yumshatiladi.

    1988-yili Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi Xitoyga tashrif buyuradi va Den Syaopin bilan uchrashadi. Bu vizit ikki tomonlama munosabatlar iliqlashuvning davom etishiga sabab bo‘ladi. Xitoy va Hindiston chegara masalasining o‘zaro maqbul yechimini izlagan holda, ikki tomonlama munosabatlarni boshqa sohalarda faol ravishda rivojlantirishga kelishib oladi.

    Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi va XXR rahbari Den Syaopin

    Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi va XXR rahbari Den Syaopin
    Foto: “dnews.com”

    “Sovuq urush” tugagach, ikki Osiyo davlati o‘rtasidagi bordi-keldi ko‘payadi. 1991-yili Xitoy bosh vaziri Li Pen Dehliga, oradan ikki yil o‘tib Hindiston bosh vaziri Narasimha Rao Pekinga keladi. Hindiston bosh vaziri tashrifi davomida ekspertlar tomonidan yuqori baholangan, qurollarni nazorat qilish bo‘yicha ikki Osiyo davlatining birinchi muhim kelishuvi — “Haqiqiy nazorat chizig‘i bo‘ylab tinchlik va osoyishtalikni saqlash to‘g‘risida”gi shartnoma imzolanadi.

    1996-yili Xitoy raisi Szyan Szemin davlat rahbari darajasida ilk bor Hindistonga tashrif buyuradi.

    Keyingi yillarda ham tashriflar va iliq munosabatlar davom etadi. Xitoy Hindistonning eng yirik savdo sheriklaridan biriga aylanadi. Ammo bu bilan bir vaqtda chegaradagi nizolar ham to‘xtamaydi. 1998-yilga kelib, Hindiston o‘z yadro quroliga oshkora ega bo‘lgach (birinchi yadro quroli sinovi 1975-yili maxfiy tarzda amalga oshirilgandi) Xitoy—Hindiston ziddiyati yangi bosqichga chiqadi.

    2010-yili Hindiston Oqsoy Chinni Xitoy hududi deb tan olmasligini bildirdi, Xitoy esa Hindistondan Arunachal Pradeshni qaytarishni talab qildi.

    2017-yili navbatdagi chegara mojarosi yuz berdi. Bunga Xitoy va Butan o‘rtasida nizoli hudud hisoblanuvchi Doklamga Hindiston qo‘shinining kiritilishi sabab bo‘ldi.

    1949-yili Hindiston va Butan o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Butan ichki ishlarda mustaqillikni saqlab qolgan holda, tashqi siyosat va mudofaa sohalarini Hindiston nazoratiga topshiradi. Shu bois ham Hindiston Butan hududini himoya qilish uchun bu yerga askarlarni yuboradi. Chunki Xitoy Butan hududi hisoblanuvchi Doklamda avtomagistral qurishni boshlagan edi.

    Doklam platosi

    Doklam platosi
    Foto: World Atlas

    Hind qo‘shini 8-iyun kuni Doklamga kiritiladi. Xitoy bu harakatni “bosqin” deya ataydi. Tomonlar jangovar shaylik holatiga o‘tadi. Biroq avgustga kelib muzokaralarga erishiladi va hind qo‘shini Doklamning chegara hududini tark etadi. Xitoy esa avtomagistral qurilishini to‘xtatadi.

    2020-yildagi to‘qnashuv

    Doklam mojarosi davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalariga katta ta’sir o‘tkazmadi. Siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar tuzish davom etaverdi.

    Biroq 2020-yil mojaroli Oqsoy Chin hududida yana bir to‘qnashuv yuz berdi. Hind qo‘shini chegarani buzganini da’vo qilgan Xitoy bo‘linmasi 20-may kuni Ladakh chegarasida patrullik qilayotgan hind bo‘linmasiga to‘satdan hujum qildi. Ikki davlat harbiylari Galvan daryosi bo‘ylab jangovar pozitsiyalarni egalladi. Xitoy ushbu hududni o‘z yeri deb e’lon qildi va bu yerga Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qismlarini joylashtirdi. Bunga javoban Hindiston ham Ladakhga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natdi.

    15-iyun kuni kechasi chegaradagi Galvan vodiysida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Natijada yigirma nafar hind askari halok bo‘ldi. Xitoy tomoni doimgidek yo‘qotishlarini ma’lum qilmadi.

    2020-yilgi to‘qnashuvda taslim bo‘layotgan hind askarlari

    2020-yilgi to‘qnashuvda taslim bo‘layotgan hind askarlari
    Foto: BBC

    To‘qnashuvdan so‘ng Xitoy va Hindiston qisman murosaga keldi va qo‘shinlarni chegaradan olib chiqishni boshladi. Biroq 30-avgust tunda chegaradagi Pangong So ko‘li qirg‘og‘ida yana bir to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Hindiston va Xitoy bir-birini provokatsion harakatlarda aybladi. Vaziyat qaltisligicha qoldi va faqatgina 2021-yil yanvarga kelib, ikki davlat harbiy rahbariyati qo‘shinlarni chegaradan olib ketish bo‘yicha yakuniy kelishuv tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Fevral oyida Pongong So bo‘yidan og‘ir texnikalarni olib chiqish boshlandi.

    Ushbu to‘qnashuv hind jamiyatida qattiq taassurot qoldirdi. Mamlakatda ko‘plab Xitoy ilovalari, jumladan TikTok bloklandi. Hindiston oliy kriket ligasi Xitoyning Vivo kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasini bekor qildi. Xitoyning Hindiston smartfon bozoridagi ulushi 81 foizdan 72 foizga tushdi.

    Hindiston va Xitoy o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan hududlar

    Hindiston va Xitoy o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan hududlar
    Foto: The Economist

    Hozirgi vaziyat

    Shu yilning 25-mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Nyu-Dehliga tashrif buyurdi va uch yillik tanaffusdan so‘ng Hindistonga kelgan ilk yuqori martabali Xitoy mulozimi bo‘ldi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Dehliga oxirgi bor 2019-yili Galvan mojarosidan oldin kelgan edi.

    Ushbu tashrifdan maqsad Xitoy—Hindiston aloqalarini qayta yaxshilash va Nyu-Dehlini shu yili bo‘lib o‘tuvchi BRICS davlatlari sammitiga borishga ko‘ndirish deya taxmin qilinadi. BRICS (Brazilia, Russia, India, China, South Africa) davlatlari sammitiga tashrif buyurish va u yerda sanksiyalar ostida qolgan Rossiya rahbari bilan bir qatorda turish Hindistonning ham sanksiyalar ostida qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois rasmiy Nyu-Dehli hozircha bu masalada ikkilanayotgani aytilmoqda. Qolaversa, Xitoy vaziri Hindistonga o‘zaro savdoda dollar o‘rniga yuandan foydalanishni ham taklif qilgan. Nyu-Dehlining bunga qanday javob bergani noma’lum.

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I va uning hindistonlik hamkasbi Subramanyam Jayshankar. 2022-yil 25-mart

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I va uning hindistonlik hamkasbi Subramanyam Jayshankar. 2022-yil 25-mart
    Foto: Indian Express

    Iqtisodiy va strategik aloqalar kuchayib borayotganiga qaramay, Hindiston va Xitoy o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatish uchun bir qancha to‘siqlar mavjud. Xususan, ikki tomonlama savdo doimiy ravishda o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, Hindiston Xitoy foydasiga katta savdo nomutanosibligiga duch kelmoqda. Davlatlar yetmish yildan oshiqroq vaqtdan beri chegara muammolariga yechim topgani yo‘q. Har ikkala taraf chegara hududlari bo‘ylab harbiy infratuzilmasini mustahkamlamoqda.

    Bundan tashqari, Xitoy Pokistonning strategik ittifoqchisidir. Bu esa Hindistonni doimiy g‘azablantiradi. O‘z navbatida Xitoy bahsli Janubiy Xitoy dengizida hind harbiylarining borligidan norozi. Hindiston 1962-yilgi urush davrida Xitoy uning hududining bir qismini egallab olgan deb hisoblaydi va Xitoy bilan munosabatlarda ehtiyotkorlikni saqlaydi.

    Foto: AMI

    Ko‘plab ekspertlar Xitoy—Hindiston aloqalarining ijobiy rivoji haqida gapirsa ham yuqoridagi omillar tufayli bu ikki Osiyo davlatining munosabatlari istiqboli haqida fikr bildirish qiyinligi ta’kidlanadi. Har ikkala davlat ham qudratli armiya va yadro quroliga ega. Bu esa ularning “tiyilib turish” konsepsiyasiga amal qilishini ta’minlashi mumkin.

    03.04.2022, 20:08   Izoh (0)   72451
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.