• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Islom dini va chin musulmonlarga qarshiligim yo‘q”. Hilol Nasimov janozasiga kelmaydigan hamkasbi hamda filmlari qahramonlarining prototiplari haqida (video)

    Aktyor va rejissor Hilol Nasimov “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida uni islomofobiyada ayblaydiganlarga o‘z munosabatini bildirdi.

    “Meni tanqid qilayotganlarning ko‘pchiligi islom dini nazariyasini bilmaydi”— Bu dunyoda hammaga birdek yoqish qiyin. Bitta filmni yuzta tomoshabin ko‘rsa, ularning fikri bir-biriga o‘xshamasligi ham ayni haqiqat. Men filmlarim orqali islom diniga qarshi chiqmayman, aksincha muqaddas dinimizga yot g‘oyalarni qo‘shmoqchi bo‘lganlarning asl yuzini ko‘rsatishga intilaman. Shu bilan birga, davlat siyosatini ham imkon qadar yoritishga harakat qilaman. Hayotda ro‘mol o‘ramagan bo‘lsa-da, iymonli ayollarni juda ko‘p ko‘rganman. Afsuski, ba’zi bir ro‘molga burkangan ayollar nima ish qilishayotganini ham o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan vaqtlarim bo‘lgan.

    O‘g‘lim ham soqol o‘stirib yuradi, “ol” deb jahlim chiqadi. Shukrki, farzandlarimning bari besh mahal namoz o‘qishadi. Ularning bari iymonli, e’tiqodli farzandlar ekanligidan quvonaman. Shu bois meni dinga qarshilikda ayblash noo‘rin. Ba’zi odamlar film g‘oyasini tushunmay, bir yoqlama fikrlashadi.

    Eng qizig‘i, meni tanqid qilayotganlarning ko‘pchiligi islom dini nazariyasini bilishmaydi. Birorta savol bersangiz, labini tishlab qoladi.

    Dunyoda islom dinidek muqaddas va ezgulikka xizmat qiladigani yo‘q. Hatto dinimiz g‘ayridin qo‘shnisi harom qilingan hayvonni boqayotgan bo‘lsa ham, unga ozor bermaslikka chaqiradi. Men filmlarimda qoralayotgan personajlar esa odamlarga ziyon yetkazishadi.

    Internetda bir aktyor “Hilol Nasimov o‘lsa, janozasiga bormayman”, debdi. Mayli, kelmasin. (Rejissor aktyor Habibullo Nizomovning o‘zi haqida aytgan gaplarini nazarda tutyapti). Odamlar to‘g‘ri tushunishlarini istayman, men real voqealar asosida film suratga olaman. Film qahramonlarimning prototipi bilan hayotda uchrashganman, ularning hikoyasi asosida ssenariy yozganman.

    “Filmlarim qahramonlarining prototiplari hayotda bor”

    — Masalan, “Tubanlik” filmini olaylik. Filmni suratga olishdan avval bir necha marta Andijonda 11-13 yoshli qizlarni ota-onasining roziligi bilan turmushga berishgani va nikoh kechasida ularning ayrimlari vafot etgani haqida eshitganman. Film orqali nafaqat qizlarni erta  turmushga berish, balki ahmoqona qo‘shxotinlikni ham qoralab chiqishni niyat qilgandim.

    Mayli, bu voqealar Andijonda bo‘lgandir deymiz, ammo “Tubanlik” filmidagi qahramon prototipi Toshkentda yashaganiga nima deymiz? Men avvalgi yillardagi emas, balki shu kecha-kunduzda sodir bo‘lgan voqealar haqida gapiryapman. Mirza Azizov o‘sha paytda 50 yoshda edi, film prototipi esa 72 yoshda bo‘lgan. Film to‘liq real voqea asosida suratga olingan. Mirza Azizovdan avval Erkin Komilovni fotoprobaga chaqirgandim. Aktyor voqelikni eshitib, hayratga tushgandi.

    Ba’zan o‘zbek tilidagi gapini ham o‘nta xato bilan yozadigan va filmlarimdan ayb izlaydigan insonlar g‘ashimni keltiradi. Menimcha, ular film prototiplari hayotda borligi va bunday voqealar tez-tez sodir bo‘lishini bilishsa, filmlarga qarash ham biroz o‘zgargan bo‘lardi.

    “Islom dini va chin musulmonlarga hech qanday qarshiligim yo‘q”

    — Meni islom diniga qarshilikda ayblayotganlarga yana bir gap: “Ajal jodusi” filmidagi yigitning prototipi bilan ham bir necha marta suhbatda bo‘lganman. U o‘sha paytda Ichki ishlar vazirligining yerto‘ladagi hibsxonasida saqlanardi. Uning aytganlari filmda ko‘rsatilganlaridan o‘n barobar qo‘rqinchliroq edi. Ota-onasi bozorda ishlagan va tong otmasdan ishda ketgan. Internetdagi “mehribon”lar esa uni avray boshlashgan. Baytulmolga pul to‘plash kerak deb odamlarning uyini tunashgan. Yuqorida aytganimdek, asl musulmon inson g‘ayridin qo‘shnisining harom qilingan jonzotiga ozor bermaydi. Dinni niqob qilganlar esa tirik insonlarning joniga ozor berib, molini tunaydi.

    Yana bir yigit bilan suhbatlashdim. Otasi vokzal bekatining boshlig‘i, onasi esa stomatolog ekan. Hatto ular ham farzandidagi o‘zgarishlarni sezishmagan. Bolam namoz o‘qiyapti, deb o‘ylashgan, xolos. U yigitning ayoli uch oy avval farzandli bo‘lgan ekan. O‘sha payt ro‘za oyi edi. Bola yerto‘ladagi hibsxonada chirqirab yig‘layapti. Ammo onasi qornini to‘ydirmayapti. Ey, baraka topgur, islom dinida emizikli bolani och qoldirib, ro‘za tutinglar, deyishmagan dedim. Unday aqidalarga berilgan insonlarning miyasi aynib qoladi, ular islom dini amallarini bajaryapmiz, deyishadi. Ammo aks ish tushunishmaydi.

    Aslida bolaga 10 barobar kam pul berib, 10 barobar ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Yot g‘oyalarga berilish ko‘p hollarda ota-onaning befarqligi sabab yuzaga keladi. Bolaning oyog‘iga xorijning etigini olib bergan yoki yaxshi mashina olib bergan bilan ish bitmaydi. Yuqorida misol keltirgan insonlar yot g‘oyalarga berilib, bor-yo‘g‘idan ham ayrilishgan.

    Bolaligimda buvim rahmatli tanchalariga o‘tkazib, suralar yodlatardi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushuntirardi. O‘sha paytda o‘rganganlarim haligacha yodimdan chiqmaydi.Xullas, men filmlarimda yot g‘oyalarni tatbiq qilayotgan insonlarni ko‘rsataman. Islom dini va chin musulmonlarga hech qanday qarshiligim yo‘q. Alhamdulilloh, men ham musulmonman.

    Rejissor bilan suhbatni quyida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin:

    Mavzuga doir: Hilol Nasimov bilan filmlarini “stol ustida suratga olishi”, kitob o‘qimaydigan rejissorlar hamda “xontaxta” seriallar haqida intervyu (video)

    01.04.2022, 14:40   Izoh (0)   40047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bollivud qiroli Shohrux Xon 4 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmda suratga tushmoqda

    31.03.2022, 10:45

    “Oskar” hakamlar hay’atining kino ishqibozlarining muhokamalariga sabab bo‘lgan qarorlari

    30.03.2022, 15:47

    “O‘rgimchak odam”, “Olouddinning sehrli chirog‘i” va boshqa mashhur filmlardagi voqealarning siz xayolingizga keltirmagan jihatlari (foto)

    29.03.2022, 16:44

    Mashhur film va seriallarning suratga olish maydonchasida nimalar yuz berishi aks etgan qiziqarli suratlar (foto)

    27.03.2022, 19:47

    “Xalq artistiga — 135 ming so‘m”. Rejissor Hilol Nasimov o‘zbek aktyorlarining gonorari haqida gapirishga uyalishini aytdi (video)

    26.03.2022, 20:48

    Vaqtingizga achinmaysiz: tushkun vaqtlarda ko‘ngilga taskin beradigan filmlar to‘plami

    26.03.2022, 12:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.