Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan gips ishlab chiqarish sexi aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “K.A.R.” MCHJ tomonidan Kogon—Qorovulbozor yo‘nalishida tortilgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, ushbu quvurdan MCHJga qarashli gips ishlab chiqarish sexigacha yer ostidan yashirincha 574,28 metr quvur tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Tadbirkorlar davlat va jamiyat manfaatlariga 613,8 million so‘m zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Mavzuga doir:
- Jizzaxda noqonuniy foydalanilgani uchun gazdan uzib qo‘yilgan issiqxona yana gazga ulanib zarar yetkazishda davom etgani aniqlandi
- O‘zbekistonning uch viloyatida 7,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlash holatlari aniqlandi
- Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish korxonasi davlatga 180 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
Izoh (0)