Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, “G.H.” MCHJ tabiiy gazdan foydalanish uchun tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan, 709,4 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlanib, muhrlash yo‘li bilan tarmoqdan uzilgan.

Biroq departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib, tabiiy gazdan foydalanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yana 141,6 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi shtabi tomonidan mart oyining o‘tgan 15 kuni davomida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilinganda uch viloyatda 7,6 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlangandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

2022-yilning yanvar—fevral oylarida esa bir million xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oziq-ovqat narxlari tez o‘smoqda: O‘zbekistonda noyabrda 1,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi
Mahalliy
O‘zbekistonda internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Dunyo
Sadir Japarov O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi