• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda o‘sdi. O‘zbekistonda fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi qanday bo‘ldi?

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022-yil fevral oyida 1085 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 8,5 foizga oshdi. 

    Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 33 foizlik o‘sish qayd etildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    2022-yilning fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 8,5 foizga oshib, 1085 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

    • Kompaniyalar bank hisob varaqalaridagi operatsiyalar soni 16,5 foizga oshgan;
    • Faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar bo‘yicha komponent 2,9 foizga oshgan;
    • Tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 6,0 foizga oshgan;
    • Tovar belgilari bo‘yicha komponent 9,6 foizga kamaygan.
    Hududlar kesimida Xorazm viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

    2022-yil fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda o‘tgan oyga (2022 yil yanvar) nisbatan o‘sish kuzatilgan. 

    Xorazm (70,4 foiz), Namangan (46,9 foiz), Surxondaryo (46,0 foiz) va Jizzax (23,7 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.

    Shu bilan birga, ushbu indeks 2 ta hududda kamaygan. Xususan, Toshkent (-1,9 foiz) va Andijon (-0,7 foiz) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar

    2022-yil fevral oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 964,6 ming tani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 703,6 ming tranzaksiyaga (16,5 foiz) oshgan.

    Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda o‘sgan.

    2022-yil fevralda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. 

    Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Navoiy (23,1 foiz), Qashqadaryo (19,5 foiz), Samarqand (19,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (18,7 foiz) kuzatilgan.

    Tovar-xomashyo birjasidagi faollik 

    2022 yilning fevral oyida IFIning birja komponenti 10 599 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,0 foizga o‘sganligini anglatib, bitimlar sonining (9,6 foiz) oshganligi bilan izohlanadi.

    Respublika tovar-xomashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022-yil fevral oyida 6 273,6 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 14,4 foizga oshgan.

    Kompaniyaning faolligi 

    Faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bo‘yicha komponent 2022-yil fevral oyida 10 291 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 9,6 foizga o‘sgan.

    Fevral oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni o‘tgan oyga (577 914 birlik) nisbatan 3 861 taga ko‘payib, 581 775 birlikni tashkil etgan. 

    Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 467 096 tadan 470 712 tagacha oshgan (o‘sish 3 616 ta). 

    Fermer xo‘jaliklari soni 107 751 tadan 107 710 tagacha (pasayish 41 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 353 tani tashkil etib, 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan 286 taga oshgan.

    Brendlari ro‘yxatga olish 

    Bundan tashqari fevral oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,9043 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan 9,6 foizga kamaygan. Joriy yilning fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan 312 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

    O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
    28.03.2022, 21:46   Izoh (0)   11154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    World of Tanks o‘yinini yaratgan kompaniya O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi mumkin

    28.03.2022, 21:34

    Qirg‘iziston “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti yetakchisini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

    28.03.2022, 21:22

    Andijonda 2022-yilning o‘tgan davrida to‘qqiz nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgan

    28.03.2022, 20:57

    Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilgan “zamdekan” ishi bo‘yicha tergov yakunlanib, sudga yuborildi

    28.03.2022, 20:49

    O‘zbekistonda tez tibbiy yordam tizimidagi ayrim xodimlarning oylik ish haqiga 40 foiz ustama berilishi mumkin

    28.03.2022, 19:47

    “90-yillar boshlaridagi kabi imkoniyat yana qo‘limizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”. Zafar Hoshimov ayni paytda O‘zbekiston oldida ochilgan eshikla...

    28.03.2022, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.