• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrisabz hokimligi hokimni saviyasiz va “tupoy” deb atagan Kabul Dusovni prokuraturaga berdi

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hokimligi hokim Samad Hasanovni saviyasiz va “tupoy” deb atagan Kabul Dusovni prokuraturaga berdi. Bu haqda “Daryo”ga Samad Hasanovning matbuot kotibi Bahodir Halimov xabar berdi.

    Kabul Dusov.

    Kabul Dusov.
    Foto: Kabul Dusov Telegram-kanali

    Hokimlikning ma’lumot berishicha, Kabul Dusov hokim Samad Hasanovga telefon qilib, kelinini ishga tiklashini talab qilgan. Hokim esa bu haqda sud qarori borligini aytib, bu ish uning vakolatiga kirmasligini ma’lum qilgan. Dusov esa hokimning bu javobiga nisbatan uni saviyasiz va “tupoy” deb atagan.

    Hokimlik Kabul Dusovni masalaga bir tomonlama yondashishda ayblab, Samad Hasanov nomiga haqoratomuz so‘zlar qo‘llagani uchun uning xatti-harakatini chegaradan chiqish deya baholagan.

    Foto: Kabul Dusov Telegram-kanali

    “Kabul Dusov 25-mart kuni tuman hokimiga to‘rt marotaba (10:02, 10:25, 11:20, 12:44) qo‘ng‘iroq qilib, Adiba Narzullayeva ismli fuqaro uning kelini, ukasining rafiqasi bo‘lishini, uning mehnat nizosi bilan bog‘liq muammosi yechim topmayotganini, shuning uchun bu ishni ‘bir og‘iz gapi bilan’ hal qilib berishini so‘ragan. Tuman hokimligi ushbu mehnat nizosini hal etish maqsadida ishchi guruh tuzib, vaziyatni to‘liq o‘rganib ko‘rgach, bu masala yuzasidan sud qarori borligini aniqlagan. Shu bois hokim Kabul Dusovga bu ish yuzasidan sud qarori chiqqanini, shu bois mazkur masalaga aralasholmasligini, vakolatiga kirmasligini aytgan”, — deydi Bahodir Halimov.

    Ma’lumot berilishicha, Shahrisabz tumanining “Shakarteri” MFY, Shovkan qishlog‘ida yashovchi fuqaro Madina Rasulova 2016-yil 3-yanvar kuni tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Shovkan qishloq vrachlik punktida ishlovchi Adiba Narzullayevaning tug‘uruq ta’tiliga chiqishi munosabati bilan uning o‘rniga 0,5 stavka doya hamshirasi sifatida ishga qabul qilingan. Tibbiyot birlashma boshlig‘ining 2017-yil 18-apreldagi buyrug‘iga ko‘ra Shovkan QVPning yuridik maqomi tugatilib, yangi tashkil etilgan 39-qishloq oilaviy poliklinikasiga qo‘shib yuborilgan. Shu sabab 0,5 stavka doya hamshiralik shtati tugatilgan va barcha ishchi xodimlar, shu jumladan, Madina Rasulova bilan ham 39-QOP rahbariyati o‘rtasida yangi mehnat shartnomasi tuzilib, ishini davom ettirgan.

    Madina Rasulova keyinchalik yangi tashkil etilgan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada 0,5 stavkada registratura hamshirasi va 0,25 stavkada AKG hamshirasi sifatida ish faoliyatini davom ettirgan. Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2020-yil 1-maydagi buyrug‘i bilan tug‘uruq ta’tilidan qaytgan Adiba Narzullayevaga Madina Rasulovaning ish o‘rni olib berilgan.

    Samad Hasanov.

    Samad Hasanov.
    Foto: “Daryo”

    “Aslida Adiba Narzullayevaning QVPdagi doya shtati tugatilgani uchun unga mavjud vakant o‘rinlari taklif etilishi kerak edi. Biroq ish beruvchi Adiba Narzullayevaga o‘zining doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan Madina Rasulovaning 0,25 AKG va 0,5 registratura hamshirasi ish o‘rnini olib bergan. Madina Rasulova esa Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat qilib, haq-huquqini talab qilgan. Sudning 2021-yil 19-noyabrdagi qaroriga ko‘ra Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2020-yil 1-maydagi buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilgan va Madina Rasulova o‘z ishiga tiklangan. Shundan so‘ng, Adiba Narzullayevaga yashash hududiga yaqin bo‘lgan 39-oilaviy poliklinikada faoliyatini davom ettirishi uchun ish taklif etilgan, ammo u bu taklifni rad etgan. Keyinchalik Adiba Narzullayeva prezidentning Shahrisabz tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda sektorlar rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan fuqarolar qabulida bo‘lib, ushbu masalani o‘z manfaati yo‘lida ijobiy hal etib berishlarini so‘ragan. Tuman hokimi esa unga sud qaroridan norozi bo‘lsa, faqat manfaatdor tomonlarning o‘zi yuqori turuvchi sudga murojaat qilishi mumkinligini tushuntirgan. Tuman Adliya bo‘limiga murojaatni qonun doirasida o‘rganib chiqishi va amaliy yordam berishi bo‘yicha og‘zaki ko‘rsatma berilgan. Adliya bo‘limi Adiba Narzullayeva murojaatini o‘rganib chiqib, fuqaroning manfaatini ko‘zlagan holda Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasiga tug‘uruq ta’tilidan qaytgan Adiba Narzullayevani 0,5 stavka ish bilan ta’minlash chorasini ko‘rishi haqida ogohlantirib, taqdimnoma kiritgan”, — deyiladi hokimlikning bu haqdagi rasmiy munosabatida.

    Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov bilan telefon orqali muloqot qilgan Kabul Dusov hokimga “sudni siz nazorat qilasiz, aka”, deb aytib, ishini hal qilib berishini so‘ragan.

    “O‘rganishlar natijasida bloger sifatida tanilgan Kabul Dusovning Adiba Narzullayeva bilan qarindosh emasligi ma’lum bo‘ldi. Adiba Narzullayevaning mehnat nizosi esa tuman prokuraturasi va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan qayta o‘rganilishi belgilandi”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.

    Hokimlik Kabul Dusovning shaxsiy Telegram-kanali orqali tarqatilgan xabarda tuman hokimi sha’niga nisbatan haqoratomuz so‘zlar qo‘llangani uchun bloger ustidan qonuniy to‘xtamga kelish uchun to‘plangan hujjatlar va suhbatdoshlar o‘rtasidagi audioyozuvni viloyat prokuraturasiga yuborgan.

    Mavzuga doir: 

    • Sud sobiq deputat Kabul Dusov Xalq ta’limi vazirligidan uzr so‘rashi kerakligi haqida qaror qabul qildi
    • “Adolat” SDP Kabul Dusovning partiya a’zoligiga qabul qilinganini rad etdi
    • “Siz jurnalistmisiz yo g‘iybatchi?”. Deputat Kabul Dusov MY5 muxbiri bilan gap talashdi (video)

    26.03.2022, 13:08   Izoh (0)   53920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda kuchli shamol kuzatilayotgani sabab haydovchilarga avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslik tavsiya qilindi

    26.03.2022, 12:31

    Jizzax shahriga yangi prokuror tayinlandi

    26.03.2022, 12:14

    Energetika vazirligi huzurida Milliy dispetcherlik markazi tashkil etildi

    26.03.2022, 11:39

    Farg‘ona viloyatidagi 6 ta tuman va 3 shahar chegarasi o‘zgartirilishi mumkin

    26.03.2022, 10:54

    Toshkentda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berayotganlar “samosud” qilindi (video)

    26.03.2022, 09:32

    O‘zbekistonning uchta hududida noqonuniy yer olib berish uchun jami 10 ming dollar va 120 mln so‘m olgan shaxslar ushlandi

    26.03.2022, 08:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00

    Yaponiyada kanalizatsiya quvurlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida to‘rt erkak halok bo‘ldi

    Dunyo | 4 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.