Muzaffar Mamatov Jizzax shahri prokurori etib tayinlandi, deb xabar beradi shahar hokimligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahar prokurori vazifasida faoliyat yuritgan Azamat Shamsiyev viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bunga qadar Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokurori vazifasida faoliyat olib borgan Muzaffar Mamatov Jizzax shahrining yangi prokurori sifatida tanishitrilgan.
Avvalroq Rishton tumani prokurori Oltiariqqa hokim etib, Samarqand viloyatining sobiq prokurori esa Zarbdor tumaniga prokuror etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)