Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlari hududi chegaralari o‘zgartiriladi. Xususan:
- Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
- Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
- Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
- Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
- O‘zbekiston tumanidan 1456 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
- Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
- Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi hamda shaharlar chegaralarini o‘zgartirish masalasi xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)