Qozog‘istonning Olmaota aeroportida 25-avgust kuni erkak o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Hodisa aeroportning T-1 terminalida yuz bergan. Taxminlarga ko‘ra, erkak turmush o‘rtog‘i bilan yuzaga kelgan shaxsiy mojaro sababli o‘ziga o‘t qo‘ygan. Videotasvirda beysbolka va kurtka kiygan erkak kassa oldida turgani, so‘ngra to‘satdan alanga ichida qolgani ko‘rinadi.
U xonadan yugurib chiqib, polga yiqilgan. Politsiya xodimlari va aeroport xavfsizlik xizmati olovni bartaraf etib, tez tibbiy yordam chaqirgan. Jabrlanuvchi shahar kasalxonasiga yetkazilgan.
Olmaota jamoat salomatligi boshqarmasi erkakning ahvoli o‘ta og‘ir ekanini ma’lum qilgan. Hodisa yuzasidan transport politsiyasi departamenti jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, voqea sabablari va tafsilotlari aniqlanmoqda.
Izoh (0)