Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining sobiq prokurori Ravshan Masharipov Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga prokuror etib tayinlandi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ravshan Masharipov.

Ravshan Masharipov.
Foto: “Daryo”

Xabarni tasdiqlagan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Zarbdorga bosh prokurorning 2022-yil 15-fevraldagi buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Masharipov Ravshan Rajabboyevich prokuror etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyati prokuraturasi

Zarbdor tumanida ayni paytda Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev rahbarlik qilmoqda. U 2013-yildan 2019-yilgacha Qashqadaryo viloyatida hokimlik qilgan.

Zarbdorda ish boshlagan Samarqandning sobiq prokurori Ravshan Masharipov esa Samarqand viloyatiga 2020-yilning 11-oktabr kuni prokuror etib tayinlangan bo‘lib, ushbu lavozimda 2022-yilning 15-fevraliga qadar faoliyat yuritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank