Toshkent vaqti bilan 21:20 da Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila O‘zbekiston hududida sezilgan: Bo‘stonliq tumanida 2 ball, 87 km.
Zilzila koordinatalari: 41,87 gradus shimoliy kenglik; 70,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 155 km shimoli-sharqda.
Izoh (0)