• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bosim va nohaqliklarga uchrayverganidan 75 yil umr ko‘rishiga ishonmasdim”. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning rafiqasi bilan suhbat

    O‘zbekiston xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov hayot bo‘lganida bugun — 21-mart sanasida 81 yoshni qarshilagan bo‘lardi. “Daryo” muxbiri adabiyot muxlislarining sevimli shoirini xotirlab, uning rafiqasi Xanifa aya Mustafoyeva bilan suhbatlashdi.

    — Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotining ustunlaridan biri edi. Shoirning she’ri kirib bormagan xonadon yoki ko‘ngilni topish mushkul. Juda she’r yodlamaganda ham qadrdon qo‘shiqlardagi misralarni takrorlab yuradiganlar ko‘p. Biz muxlislarga shoirning ijodi qatori shaxsiy hayoti ham qiziq. Xanifa aya, Abdulla Oripov bilan taqdir yo‘llaringiz qanday tutashgan?

    Shoirning rafiqasi Xanifa aya Mustafoyeva

    Shoirning rafiqasi Xanifa aya Mustafoyeva
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — Biz Abdulla aka bilan qarindosh edik. Ular katta tog‘amizning (onamning tog‘asi) o‘g‘li bo‘lgan. Bitta ko‘chada tug‘ilib, ulg‘ayganmiz. 1-sinfga borganimda Abdulla aka 10-sinfda o‘qirdi. Ular Toshkentga o‘qishga kelgach, deyarli ko‘rmaganman. Boshqalar qatori ijodini kuzatib, “Mitti yulduz” kitobidagi she’rlarini yodlab, tanlovlarda qatnashardim (kuladi). Uylariga deyarli har kuni kirardim, kenja singlisi yaqin dugonam bo‘lgan.

    1967-yili sobiq Qarshi pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga o‘qishga kirganman va o‘sha yili oila qurganmiz. Bir yildan keyin Toshkentga ko‘chib kelganmiz. Ikki yil Chilonzorda bir xonali uyda yashaganmiz. Xonadonimiz kichkina bo‘lsa ham keldi-ketdi ko‘p bo‘lardi. Keyin 1970-yili Yozuvchilar uyushmasi bergan ikki xonali uyga ko‘chib o‘tganmiz.

    Foto: Xanifa aya Mustafoyevaning shaxsiy arxividan

    — Oila – jamiki tuyg‘ular birlashadigan qo‘nimgoh. Ayniqsa, shoir oilasida bu hissiyotlar (ilhom payti, she’r yozish dardi, istaganingni qog‘ozga to‘kolmaslik va hokazo) muvozanatini ushlash og‘irroq. Ko‘pchilik ijodkor oilasiga qiyin, sabrdan ulkan tog‘i bo‘lishi kerak, deydi. Rostan shundaymikan?

    — Abdulla aka hech qachon “Men she’r yozyapman, ishlayapman, bolalarni yig‘ishtir, tinchlantir”, degan gapni aytmagan. Ba’zan qandaydir topshiriqlarni bir qancha muxbirlar bilan birga yozib, tayyorlardi. She’rlarini asosan, xayolida pishitib, keyin qog‘ozga ko‘chirardi. Katta-katta asarlarini sanatoriylarga dam olgani borganida yozardi. Misol uchun, “Jannatga yo‘l”ni “Do‘rmon” ijod uyida, “Sohibqiron”ni statsionarda yozib tugatgan.

    — Shoirning juda ko‘p she’rlarida isyon, jamiyatdagi nohaqliklarga qarshi noroziliklar bo‘rtib turadi. Birgina “Tilla baliqcha”ni olaylik. Hamon mashhur, hamon dolzarb. Shunday asarlar bitilganidan keyin qay birigadir tanqid toshlari otilgan yoki bosimga uchragan bo‘lishi mumkin.

    — Abdulla Qahhor o‘lganidan keyin Abdulla akalarga ham hujum bo‘lgan: “xalq dushmani”, “ruslarga qarshi”, degan tamg‘alar qo‘yilgan. “Tilla baliqcha”, “Ona tilimga” kabi she’rlari katta tanqidga uchragan. “Birinchi muhabbatim” she’ri e’lon qilingach, “Sen nega muhabbatga suyanasan, partiyaga suyan”, degan gaplar aytilgan, bir muddat she’rlari matbuotda bosilmagan. U paytlarda senzura juda kuchli edi, har bir she’r qattiq tahlil qilinardi.

    Fotokollaj: “Daryo”

    — Xotira kitoblarida avvallari shoir va yozuvchilarning asarlari uchun katta gonorar berilgani tez-tez eslangan. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov “Muhabbatnoma” kitobining qalam haqiga “Volga” mashinasi xarid qilgan ekan. Abdulla Oripov ham qaysidir she’ri yoki kitobi uchun berilgan qalam haqiga esdan chiqmaydigan buyum sotib olganmi?

    — “Yuzma-yuz” kitobi uchun 10 ming so‘m gonorar berilgan va unga Abdulla Qahhorning hovli uyini sotib olganmiz. Rahmatli Kibriyo opa “Sen Abdulla Qahhorning chirog‘ini yoqasan, farzandim yo‘q, uyni olasan”, deb majburan sotgan. Kibriyo opa sabab Do‘rmon taraflarga kelib qolganmiz. Ungacha shahar ichidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashaganmiz.

    — Abdulla Oripov tarixda nafaqat katta shoir, yana davlat madhiyasi muallifi sifatida ham qoldi. Madhiya qabul qilinishi jarayoni oson kechmagani, ko‘plab nomzod va matn, musiqa namunalari komissiyaga taqdim etilgani hujjatlarda yozilgan. Siz ham tarixiy hodisaning guvohisiz. Madhiyamiz matni yozilishi, tayyorlanishini bevosita ko‘rgan, kuzatganlardansiz...

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    — 1990-yilning dekabrida davlat madhiyasi matni va musiqasi bo‘yicha tanlov e’lon qilingan. Abdulla aka mashinka ishlatmasdi, matn so‘zlarini qayta-qayta 200 martacha ko‘chirganman. Matn ustida salkam ikki yil ishlagan. Nizomga ko‘ra tanlovda ishtirok etuvchi ijodkorlar yashirin imzo — taxallus bilan qatnashishi shart qilib qo‘yilgan edi. Abdulla aka Qo‘ng‘irtovlig‘ taxallusi bilan qatnashgan.

    Tanlov e’lon qilingan paytda matn g‘olibiga 75 ming so‘m qalam haqi berilishi aytilgan. Oilamiz bilan Abdulla akaning yutishini niyat qilgandik. 1990-yilda 75 ming so‘mga bitta mashina berardi. 1992-yilda, ya’ni tanlov natijasi chiqqan paytda 75 mingga magazindan “rakovina” xarid qilganmiz. Ikki yilda pul qadri keskin tushib ketgan.

    — Abdulla aka Navro‘z bayrami kuni tug‘ilgan. Xonadonlaringizda qo‘shaloq shodiyona qanday nishonlanar edi, o‘ziga xos an’ana bo‘lganmi?

    Foto: Telegram / aoka_uz

    — Xo‘jayinim ishidan bo‘shatilgunga qadar Navro‘z va Mustaqillik bayramlarini o‘tkazish bo‘yicha aksar ssenariylarni yozib, oylab jamoa bilan tayyorgarlik ko‘rardi. Tug‘ilgan kunida ham uyda bo‘lmasdi, bayram o‘tkazish uchun chiqib ketardi. Bir uy qarindoshlar va yaqinlar Abdulla akaning kelishini kutib o‘tirardik.

    Shu o‘rinda bir voqeani aytib o‘tmoqchiman. Mustaqilligimizning ilk yili Birinchi prezidentimiz Navro‘z kunini umumxalq bayrami deb e’lon qildi. Aynan o‘sha yili 21-mart kuni Abdulla akaning 50 yillik yubileylariga atab uyimizda sumalak pishirdik. Televideniyedan jurnalistlar kelib, tasvirga olib ketishgan. Ilk Navro‘z bayrami, qolaversa, yubileyga bag‘ishlab qaynatilgan sumalak ancha vaqt shov-shuv bo‘lgandi.

    — Shoir umrining so‘nggi yillarini taqiqda o‘tkazgan. Norasmiy “qora ro‘yxat”ga tushishi kutilmaganda ro‘y bergan. Nega shunday bo‘lgani va ro‘yxatga tirkalishning sababi nima?

    — Aniq sababini Abdulla akaning o‘zi ham bilmasdi. 2009-yillari ikkita tashkilot: Mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi hamda Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilardi. 2010-yilda agentlikdagi ishidan bo‘shatildi. Bir yildan so‘ng uyushma raisligidan ham olindi. O‘shanda odamlar “Shoirni qanday ishdan bo‘shatish mumkin?” degan ekan. Xalqimiz Abdulla akani rahbardan ko‘ra, shoir sifatida ko‘proq bilardi.

    Foto: Google Photos

    Shu voqealar ularga ruhan qattiq ta’sir qilgan. Agar ishlab yurganida kasal bo‘lmasdi, vafot etmasdi ham, deb o‘ylayman. Shundan keyin “xalq dushmani”, deya “qora ro‘yxat”ga kiritilgan. “Agar bu xalqning dushmani bo‘lsangiz, do‘sti kim ekan?”, deb hayron bo‘lardim.

    Abdulla akaning butun umri bir bo‘ldi, oxirgi yetti yilda uyda o‘tirgani bir bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalarida chiqishi taqiqlandi. Yaxshiki umrining oxirida internetga bog‘landi. O‘shanda ham Birinchi prezident haqida sira yomon fikrga bormagan. Bu Islom akaning ishi emas, atrofidagilar qilgan. Bular menga emas, prezidentning o‘ziga qaratilgan, der edilar.

    Abdulla Oripov O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov bilan

    Abdulla Oripov O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov bilan
    Foto: Xanifa aya Mustafoyevaning shaxsiy arxividan

    — Umri yakunida Amerikadan panoh topdi. Nima uchun okean ortiga ketishga qaror qilgandi?

    — “Zapret”ga tushgach, sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘la boshladi. O‘zimizdagi bir qancha shifoxonalarda yotdi, lekin qoniqarli darajada shifo topmadi. Qizim Mavluda Istanbulda yashardi. 2013-yili Turkiyaga prostata bo‘yicha davolatgani olib bordik. Shifokorlar avval yurak va jigarini tekshirgach, o‘n kundan keyin infarkt bo‘lishini aytishdi. O‘sha kuniyoq bir yarim soat davomida yuragi operatsiya qilindi, ikkita stent qo‘yildi. Shundan so‘ng ahvoli yaxshilandi va Toshkentga qaytdik.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ikki yildan keyin Amerikaning Texas shtatidagi bir klinikaga olib bordik. U yerda qizim va kuyovim yashaydi. Salkam uch oy davolanib, O‘zbekistonga keldik. O‘shanda “Meni aeroportda baribir qamoqqa olishadi”, deb qo‘rquv bilan samolyotda uchgandi (yig‘laydi).

    2016-yilning 7-sentabrida sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun yana Amerikaga bordik. Uch oy shifokorlar nazoratida bo‘lib, muolajalar oldi. Holati yaxshilangani uchun oktabr oxirlarida Toshkentga qaytish uchun biletlar ham olib qo‘ygandik. “O‘zbekistonga borib, prezidentlik saylovlarida qatnashaman. Shavkatjonning ham nomzodi qo‘yilibdi, ularga o‘zim ovoz beraman”, degan niyatda boshdan-oyoq sarpo qilgandi. Shavkat Miromonovichni juda hurmat qilardi, ko‘p yillik qadrdoni bo‘lgan. Hatto yetti yil davomida Navro‘z va Yangi yilni nishonlash vaqtida Abdulla akani yo‘qlab ham turdi.

    Abdulla Oripov O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan

    Abdulla Oripov O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan
    Foto: “Xabar.uz”

    Toshkentga uchishimizga o‘n kun qolganida, kutilmaganda pnevmoniya boshlandi va Texasning Hyuston shahridagi shifoxonaga yotqizdik. Ming afsus, 5-noyabr sanasida hayotdan ko‘z yumdi.

    Abdulla akani 75 yoshga kirishiga hech ishonmasdim. Chunki jussasi nozik va tabiatan juda injiq odam bo‘lishiga qaramay, yillar davomida turli bosimlar va kasalliklarga dosh berib yashadi.

    — Amerikada yozilgan she’rlarni kitob holida nashr ettiribsiz. Bu kitobga faqat o‘sha zaminda yozilgan she’rlar kiritildimi yoki boshqa yillarda yozilganlari hammi?

    — Amerikaga birinchi marta 2015-yili borganimizda shoir, yozuvchi, umuman ijodkorga erkinlik juda muhimligiga yana bir bor amin bo‘lgandim. U yerda shunaqangi ijod qilganki, kuniga uch-to‘rttalab ham she’rlar yozardi. Shogirdi Alisher Nazar she’rlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilardi. Odamlarning qoldirgan izohlarini o‘qib borardi. Iliq fikrlarni ko‘rib, xursand bo‘lardi. “Muxlislarim yangi she’rlarni kutyapti”, derdi va shu mas’uliyat bilan ham ijod qilardi. AQSHga ikki marta borgan bo‘lsak, u yerda 300 ga yaqin she’r yozdi. O‘sha she’rlarini jamlab, “Ummon ortidagi o‘ylar” nomli kitob chiqardim. Bu to‘plam ham she’riyat muxlislariga manzur keladi, degan umiddaman.

    Foto: Xanifa aya Mustafoyevaning shaxsiy arxividan

    — Katta shoir rafiqasi ham ijodkor bo‘lmasligiga ishonish qiyin. Tayyor ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi sarbon, kerak bo‘lsa tanqidchi yoningizda yashagan. Ehtimol, o‘zingiz ham qog‘oz qoralab turgandirsiz?

    — Maktab davrida, bolalikda kim ham she’r yozmaydi deysiz. Balki, Abdulla aka bilan oila qurmaganimda shoira bo‘lib kitoblar chiqarib yurarmidim, deb hazillashaman ba’zan (kuladi). Chunki adabiyotni juda yaxshi ko‘raman. Maktab davrida Abdulla akaning muxlisi edim. Turmushga chiqqach, she’rlarining birinchi o‘quvchisiga aylandim. Ularning oldida she’r yozishni uyat deb hisoblaganman.

    — Abdulla Oripovga ta’rif berishingizni so‘rashsa, qaysi sifatlarini tilga olasiz? Hayotda qanday inson edi?

    — Judayam oilaparvar bo‘lgan. Uyda go‘sht yoki boshqa mahsulot tugab qolsa, o‘shaning tashvishini qilardi. Hech qachon oyligiga xiyonat qilmasdi, maoshini shundayligicha keltirib berardi. Lekin gonorarini o‘zi xohlagandek ishlatardi. Odam tanlab, muloqot qilmasdi. Yoshi va mavqeyidan qat’i nazar, yaxshi suhbatdosh bo‘lsa, dildan gurunglashardi. Juda mehmondo‘st, saxiy inson edi. Xonadonimizga kelgan odamga to‘n kiygizishni yaxshi ko‘rardi. Hayotda hamma narsaning me’yorida bo‘lishini istardi, ortiqcha hasham va mulozamatni uncha yoqtirmasdi.

    Foto: Xanifa aya Mustafoyevaning shaxsiy arxividan

    — Toshkentda Abdulla Oripov uy-muzeyi qachon tashkil etilishi ko‘zda tutilgan?

    — Uy-muzey tashkil qilinishini o‘zim ham xohlayman va umidim yo‘q emas. Xalq uchun kerak bo‘ladigan juda ko‘p buyumlar, qo‘lyozma asarlar bor, ular tarqalib ketishini istamayman. O‘tgan yili Abdulla akaning 80 yillik yubileyi keng nishonlandi. O‘shanda uy-muzey uchun qaror chiqarmikan, deb kutdim, lekin natija bo‘lmadi. Kibriyo opa Abdulla Qahhor uy-muzeyini ochish uchun rosa ko‘p yugurganini ko‘rganman. Buning uchun alohida qaror kerak bo‘ladi, ro‘yxatdan o‘tish kerak... Qarshidagi maktabda kichkina muzey ochilgan, u yerga ham narsalar olib borib berdim.

    Foto: Google Photos

    O‘tgan yili prezident Shavkat Mirziyoyev qashqadaryoliklar bilan uchrashuvda Amerikada ham Abdulla akaning muzeyini tashkil qilish va uni o‘zi boshchiligida ochib kelish rejasi borligini aytibdi. Buni eshitib juda quvondim. Balki, yaqin orada Toshkentda ham uy-muzeyi ochilib qolar.

    — Shoirning farzand tarbiyasi borasida o‘ziga xos usullari bo‘lganmi?

    — Besh qiz va bir o‘g‘ilni tarbiyalab, voyaga yetkazdik. Tashqaridan qaragan odam: “Bu darvesh odamning kuni ishda, turli tadbirlarda o‘tadi, bola-chaqaga vaqt ajratarmikin?”, degan bo‘lishi mumkin. Lekin oilada hech narsani nazardan chetda qoldirmasdi. Juda qattiqqo‘l ota edi. Barcha farzandlarga mehri baland edi. O‘g‘il-qizlar taqdiri, hayotini mendan ham ko‘proq o‘ylardi.

    Abdulla Oripov farzand va nabiralari davrasida

    Abdulla Oripov farzand va nabiralari davrasida
    Foto: Xanifa aya Mustafoyevaning shaxsiy arxividan

    Bir kuni “O‘g‘limiz Ilhomjonni adabiyotdan uzoqlashtirgin. Adabiyotga kirsa, mendan zo‘r bo‘lib kirsin yoki butunlay kirmasin”, dedi. Bir og‘iz gapdan keyin Ilhomjonni matematikaga qiziqtirishga kirishdim, shu bo‘yicha tahsil oldi. Hozir Ispaniyada diplomat bo‘lib ishlayapti. Qizlarim ham turli sohalarda omadini sinab ko‘rgan. Abdulla akaga 16 nafar nabira ko‘rish nasib etdi. Vafotidan keyin yana uch nabiram dunyoga keldi.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi.

    21.03.2022, 17:35   Izoh (0)   123102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.