Madridning “Real” klubi 2020/22-yilgi mavsum yakunida tarkibda o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, prezident Florentino Peres klub bosh direktori Xose Sanches bilan jamoa kelajagini muhokama qilgan. Uchrashuvda yarim himoyachilar Eden Azar, Dani Sebalyos, hujumchilar Mariano Dias, Luka Yovich, shuningdek, himoyachi Xesus Valyexoni sotish qarori muhokama qilingan.
Ushbu futbolchilarning sotuvidan so‘ng, “Real”ning transfer bozoridagi faolligi oshishi kutilmoqda. Agarda mablag‘ yig‘ilsa, yozgi transfer bozorida madridliklar “Monako” tayanch yarim himoyachisi Orelyan Tchuamenini xarid qilishni maqsad qilgan.
Avvalroq “Real” Erling Holand bilan dastlabki kelishuvga erishgani, bu kelishuvdan keyin Holandning vakillari boshqa klublar bilan muzokara olib borolmasligi xabar qilingandi. Shuningdek, madridliklarning yozdagi asosiy maqsadi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash ekani bir necha bor aytilgandi.
“Qaymoqranglilar” 2021/22-yilgi mavsum La Ligada 66 ochko jamg‘argan holda peshqadam bo‘lib turibdi.
Izoh (0)