• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: chalkashtiruvchi paronimlar. Bizni shakli va talaffuzi bilan adashtiradigan so‘zlar

    Paronimlar talaffuzi yaqin, lekin ma’nosi turlicha bo‘lgan so‘zlardir. Ba’zan ularning ko‘rinishi va aytilishi o‘quvchini chalg‘itadi. Hatto so‘z bilan ishlovchi professional mutaxassislar – muharrir, musahhih, adib, jurnalist va kopirayter kabilar ham ularni qo‘llashda xatolarga yo‘l qo‘yadi, chalkashtiradi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib ana shunday sakkizta juftlikni tahlil qiladi.

    Asl va asil

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu so‘zlarni ko‘p yanglishtirib qo‘llaymiz. Sababi ularning talaffuzi bir-biriga yaqin va ba’zan o‘rni almashganda ham birikmadan ma’no chiqaveradi. Masalan, asl tilla va asil tilla. Nima farqi bor, qay biri to‘g‘ri?

    Asil so‘zi a’lo sifatli; sof, qalbaki emas; ko‘chma ma’noda esa yaxshi xislatlarga ega bo‘lgan; olijanob; pok mazmuniga ega: asil mol, asil shoyi, asil buyum; asil odam, asil farzand.

    Asl so‘zi nasli, tagi, kelib chiqqan joyi; yaratilishdagi, bosh, dastlabki, chinakam, haqiqiy kabi ma’nolarni bildiradi: asli kimligini surishtirdi, asli toshkentlik, asl nusxa, asl holi, asl muddao, asl nom.

    Xo‘sh, asil tilla to‘g‘rimi yoki asl tilla? Asil tilla – sof, toza, boshqa metall aralashtirilmagan tilla degan ma’noni anglatadi. Asl tilla esa haqiqiy tilla ma’nosiga ega. Soflik ma’nosi nazarda tutilganda asil so‘zini ishlatish kerak. Ma’nosiz ibora yuzaga kelmayotgani uchun bu o‘rinda asl so‘zini ishlatish ham xato emas. Lekin ba’zi o‘rinlarda ma’no farqlanadi va bu ikki so‘zni almashlab qo‘llash xatoga olib keladi.

    Masalan:Asl maqsad — to‘g‘ri.Asil maqsad — xato.

    Chunki asl maqsad – chin, haqiqiy maqsad. Asil maqsad esa sof, boshqa narsa aralashtirilmagan maqsad bo‘lib qoladi va bu xato.

    Asil so‘zi asosan narsa-buyumlarni, moddiylikni bildiruvchi so‘zlar bilan ishlatiladi. Uni maqsad, niyat, haqiqat, daraja kabi so‘zlarga nisbatan qo‘llash xatodir.

    Xiyla va hiyla

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Talaffuzda h va x tovushlarini ko‘p o‘rinda farqlamaymiz. Jumladan, shu ikki so‘zda ham. Bu esa imloga ham ko‘chib o‘tadi va so‘zlarni bir-birining o‘rnida yanglish ishlatib yuboramiz. Aslida xiyla va hiyla ma’no jihatidan keskin farqlanadi.

    Xiyla so‘zi ma’lum darajada, birmuncha, ancha; birmuncha fursat, ancha vaqt ma’nolarini anglatadi: xiyla yosh, xiyla yaxshilandi, xiyla kutib qoldik, xiyladan keyin keldi.

    Hiyla so‘zi esa aldash uchun ishlatilgan yo‘l; aldovchi, chalg‘ituvchi ish, tadbir, xatti-ha­rakat; nayrang, firib ma’nolariga ega: hiyla ishlatdi, hiyla bilan qochdi.

    Demak:Xiyla tajribasiz ekansiz, xiyla vaqt kutdi, xiylagina katta hovli — to‘g‘ri.Hiyla tajribasiz ekansiz, hiyla vaqt kutdi, hiylagina katta hovli — xato.Hiyla qildi, hiyla ishlatdi, urushda hiylalardan ham foydalaniladi — to‘g‘ri.Xiyla qildi, xiyla ishlatdi, urushda xiylalardan ham foydalaniladi — xato.

    Adl va adil

    Adl so‘zi adolat, odillik ma’nolarini anglatadi: adl kuchi, adl-u insof.

    Adil so‘zi esa egilmagan, tikka; burilmagan, to‘ppa-to‘g‘ri ma’nolariga ega: adil bo‘y, adil o‘tkazilgan yo‘l.

    Demak:Adl-u insof, adl-u adolat, adl kuchi — to‘g‘ri.Adil-u insof, adil-u adolat, adil kuchi — xato.

    Adil qomat, adil chiziq, adil odam, adil imorat, adillik  — to‘g‘ri.Adl qomat, adl chiziq, adl odam, adl imorat, adllik — xato.

    Hirs va xirs

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hirs kuchli intilish, istak, mayl mazmuniga ega. Salbiy ma’noda esa jinsiy hissiyot, shunday his­siyotli maylni anglatadi: mol-dunyo to‘plashga hirs qo‘ydi, hirs bilan qaradi.

    Xirs so‘zi tilimizda bot-bot uchrab turadi, asosan so‘zlashuv tilida ishlatiladi. Forschadan kirgan bu so‘z ayiq degan ma’noni anglatadi: xirsday yigit, xirsday baquvvat, xirsdan-da kuchli.

    Xirs so‘zi ayiq ma’nosida o‘xshatishli birikmalar va iboralarda uchraydi, xolos. Hayvon ma’nosida ishlatilmaydi. Masalan, hayvonot bog‘iga xirs keltirildi, deyilmaydi.

    Demak:Xirsday yigit, xirsday to‘q odam, hirsi kuchli — to‘g‘ri.Hirsday yigit, hirsday to‘q odam, xirsi kuchli — xato.

    Obdan va obdon

    Obdan so‘zi rosa, xo‘p; juda ham; butunlay; mukammal suratda ma’nolarida ishlatiladi: obdan o‘yladi, obdan yaxshi bilaman, obdan o‘rnashib oldi.

    Bu so‘z ko‘pincha obdon shaklida xato ishlatiladi. Obdon so‘zi izohli lug‘atga kiritilmagan. Imlo lug‘atida esa bor – irrigatsiyaga oid atama ekani ko‘rsatilgan. U forcha ob so‘zi va -don qo‘shimchasidan yasalgan. Suv idish ma’nosini anglatadi. Lekin jonli tilda suv saqlanadigan idishlarga nisbatan obdon so‘zi qo‘llanmaydi. Bu so‘z ma’lum soha doirasidagina ishlatiladigan atamadir.

    Demak:Obdan o‘yladi, obdan tayyorlandi, obdan bezatdi — to‘g‘ri.Obdon o‘yladi, obdon tayyorlandi, obdon bezatdi — xato.

    Poshsho, poshsha va posho

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Poshsho so‘zi podshoh so‘zining so‘zlashuv tilidagi variantidir: podshoh – podsho – poshsho. Podshohlar tarixda ko‘p o‘tgan, Sharq xalqlari xalq og‘zaki ijodi, jumladan, ertaklarda ham hukmdorlar asosan podshohlar bo‘ladi.

    Podshoh so‘zi qadimgi fors tilida pod – hukmdor, shoh – ulug‘, buyuk, ya’ni ulug‘ hukmdor ma’nosini anglatadi.

    Podshohlar hozir ham bor. Masalan, Saudiya Arabistonida davlat rahbari podshohdir.

    Poshsha xotin-qizlarga murojaatda hurmat yoki erkalatishni ifodalaydi. Bu so‘z katta ehtimol bilan podshoh so‘zining o‘zgargan shakli. Ayollarga, jumladan, kelinlarga ayricha hurmatni ifodalash, podshohlarga ko‘rsatiladigan izzat-ehtiromga siz ham loyiqsiz degan ma’noni berish uchun shu so‘z tanlangan bo‘lishi mumkin. Tilimizda poshsha tarkibli kelinposhsha, qizposhsha, oyposhsha kabi so‘zlar ham uchraydi.

    Posho esa Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, dastlab vazir, beklarbegi va boshqa yuqori mansabdor shaxslar unga sazovor bo‘lgan. Posho idora etgan viloyat yoki tuman posholik deb atalgan. XIX asrdagi islohotdan keyin posho general va vazirlarga ham berilgan. Turkiya Respublika deb e’lon qilingach (1923), faqat generallargina posho unvoniga ega bo‘lgan. Keyinchalik Turkiyaning o‘zida (1934), so‘ng Misrda (1952) va Iroqda (1958) bekor qilingan.

    Posho so‘zi, rus olimlari fikricha, podshoh so‘zining o‘zgargan ko‘rinishi. Biroq turk olimlari bu fikrga qo‘shilmaydi: posho eski turkiy tilda o‘g‘il farzand ma’nosini anglatgan basha so‘zidan yoki bosh og‘a so‘zidan hosil bo‘lgan. Bir variantga ko‘ra, bosh so‘ziga -a (o‘zbekchasi -da) qo‘shimchasi qo‘shilgan va eng yuqoridagi kishi, boshida turuvchi odam ma’nosidagi so‘z yasalgan.

    Posho so‘zini o‘zbekchada poshsho shaklida yozish ham uchraydi. Menimcha, uni bu shaklda yozish to‘g‘ri emas. Ma’no-mazmunni farqlash uchun ham posho variantini ishlatgan afzal.

    Afzal va abzal

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Afzal yaxshi, a’lo, ortiq ma’nolarida qo‘llanadi. Afzal ko‘rmoq iborasi a’lo hisoblamoq, ortiq deb bilmoq ma’nosini anglatadi.

    Abzal ot-ulovni minish yoki aravaga qo‘shish uchun zarur bo‘ladigan asboblar majmuidir. Poyabzal so‘zi tarkibida esa kiyim ma’nosiga ega. Poy (oyoq) + abzal (kiyim) = oyoq kiyim.

    So‘zning ma’nolarini bilib olgan kishi ularni oson farqlay oladi.

    Demak:Bunisi afzal, borganim afzal, afzalini tanlang — to‘g‘ri.Bunisi abzal, borganim abzal, abzalini tanlang — xato.

    Ot abzali, abzallamoq, poyabzal — to‘g‘ri.Ot afzali, afzallamoq, poyafzal — xato.

    Shaxt va shahd

    Ko‘pincha shaxt so‘zi o‘rnida shahd, shaxdam so‘zi o‘rnida esa shahdam so‘zi ishlatilaveradi. Bu – xato. Chunki ikki so‘zning ma’nosi mutlaqo farq qiladi.

    Izohli lug‘atga ko‘ra, shaxt so‘zi biror ish-harakatni baja­rishga intilish holati; birdan, shartta, dadil ma’nolarini anglatadi: shaxti past, shaxti baland, shaxt o‘rnidan turdi.

    Shahd so‘zi esa asal ma’nosini beradi. Shahd-u shakar – asal va shakar degani.

    U shahd bilan o‘rnidan turdi = U asal bilan o‘rnidan turdi.

    Ma’no shunaqa kulgili chiqib qoladi. Demak, shiddat, dadillik ma’nolarida faqat shaxt so‘zini qo‘llash kerak.

    Shahdam so‘zi esa aslida yo‘q. U shaxt so‘zini shahd bilan adashtirish natijasida kelib chiqqan. Shaxdam so‘zi bor, u shaxtdan yasalgan. Keyingi tovush unli bo‘lgani sababli t tovushi d ga aylangan. Shaxdam so‘zi tez va dadillik bilan qi­lingan; tetik, dadil ma’nolarini beradi: shaxdam qadam, shaxdam o‘rnidan turdi.

    Demak:Shaxti baland, shaxt o‘rnidan turdi, shaxdam harakatlar — to‘g‘ri.Shahdi baland, shahd o‘rnidan turdi, shahdam harakatlar — xato.

    Mavzuga doir:

    • Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar
    • Egasi yo‘q muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak
    • Tilimizni bilamizmi: qo‘llanadimi yo qo‘llaniladi? Biz yozishda ko‘p yanglishadigan holatlar
    • Tilimizni bilamizmi: dunyo kezib, boshqa tillar orqali qaytib kelgan jahongashta so‘zlarimiz
    • Tilimizni bilamizmi: to‘g‘risi – xato, xatosi – to‘g‘ri. G‘alati mashhur so‘z-jumlalar haqida
    • Tilimizni bilamizmi: ommalashgan va ommalashayotgan xatolar
    • Tilimizni bilamizmi: pashshami yo chivin? Turli hududlarda turlicha ma’no bildiradigan so‘zlar
    • Tilimizni bilamizmi: “Chin-Mochin”, “to‘rt mucha”, “juftakni rostladi” – biz bilgan so‘zlarning biz bilmagan ma’nosi
    • O‘zbek tili ot qo‘yishdan ojiz qolganda to‘nni boshqaga kiydiramizmi?
    • Imloga mustaqillik kerak: til tabiatidan yiroq qoidalar
    • Tilimizni bilamizmi: bu so‘zlar aslida ruscha. O‘zlashma ekani bilinmaydigan 15 ta qadrdon so‘z
    • Tilimizni bilamizmi: xatoday ko‘rinadigan, aslida to‘g‘ri so‘zlar

    09.03.2022, 07:32   Izoh (0)   110919
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.