• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizni bilamizmi: to‘g‘risi – xato, xatosi – to‘g‘ri. G‘alati mashhur so‘z-jumlalar haqida

    Tilimizda ommalashib ketgan va yanglishligi bilinmaydigan so‘z va iboralar bor. Endi ularni to‘g‘rilashga urinish behuda. Xatoligiga hamma ko‘nikkan so‘z-u birikmalarni to‘g‘rilab ishlatsangiz, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun shu haqda so‘z yuritadi.

    Har narsaga ko‘nikiladi, xatoga ham

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Psixologlarning aytishicha, biror odat shakllanishi yoki yo‘qolishi uchun o‘rtacha bir oy vaqt kerak ekan. Muttasil qilinadigan yanglish ishga tana o‘rganib qoladi. Tilda ham shunga o‘xshash holat.

    Erkin Vohidov bir maqolasida yozadi: “Eskidan qolgan g‘alati mashhur degan gap bor. Bu mashhur bo‘lgan xato demakdir. G‘alat so‘zining o‘zbek tilida g‘alati shaklida qiziq, ajoyib degan ma’no kasb etgani o‘zi g‘alati mashhurdir”. Chunki g‘alat so‘zi arabchada xato, nuqson, adashish kabi ma’nolarni anglatadi. Unga forscha -i izofasi qo‘shilgan va o‘zbek tilida asliyatdagidan boshqa mazmunni bildiradi.

    Biror so‘z yoki iborani xato ishlatish ommalashib ketsa va u tabiiy qabul qilinadigan bo‘lib qolsa, endi boshqa yo‘l yo‘q, noiloj rozi bo‘lasiz. G‘alati mashhur ana shu.

    O‘rtamiyona – “o‘rtao‘rta” degani

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    G‘alati mashhur tushunchasini tahrir ilmining ustasi, rahmatli Mahmud Sa’diy domla o‘rtamiyona so‘zi yordamida tushuntirib bergandi. O‘zbekchadagi o‘rta so‘zi forschada miyona bo‘ladi. Lekin biz ikkalasini qo‘shib ishlatamiz. So‘zma-so‘z o‘rtao‘rta degani. Bu xato-ku, bitta so‘zni ikki marta takrorlab nima hojat, deb baqir-chaqir qilgandan esa foyda yo‘q.

    O‘rtamiyona o‘rta darajadagi; o‘rtacha ma’nosida ishlatiladi. Ba’zi o‘rinlarda bu so‘zdagi ma’no nozikliklarini uning ma’nodoshlari ifodalay olmaydi. Masalan:

    O‘rtamiyona asar – o‘rtacha darajadagi, e’tiborga uncha arzimaydigan, iliq-miliq asar. Bu o‘rinda o‘rtamiyona so‘zida biroz nazarga ilmaslik, mensimaslik yoki tavsiya etmaslik mazmuni ham yashiringan. Uning o‘rniga o‘rtacha yoki o‘rta darajadagi so‘zlarini qo‘yish bu ma’no qirralarini aks ettirmaydi.

    O‘rtamiyona uy – bunda yuqoridagi kabi ma’nolar yo‘q. Uyning hajmi, ko‘rinishi, jihozlanishi o‘rtacha darajadaligi anglashilyapti.

    Ayrim g‘alati mashhurlar bor, to‘g‘risini ishlatsangiz, xato qilgan bo‘lasiz. Ikkita misol keltiraman.

    Ko‘chaning boshi emas, oxiri berk bo‘ladi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Boshi berk ko‘cha iborasi yo‘lini, ilojini topish qiyin bo‘lgan, mushkul ahvolni anglatadi:

    Ilmsiz tajriba – boshi berk ko‘cha.

    P. Tursun, “O‘qituvchi”.

    Otabek boshi berk ko‘chada qolgandek bo‘ldi, javobiga qiynaldi.

    A. Qodiriy, “O‘tkan kunlar”.

    Aslida ko‘chaning boshi emas, oxiri berk bo‘ladi. Berkko‘chaning so‘ngiga, tugashiga borgan kishi undan qanday chiqishni bilmay qiynaladi, orqaga qaytishini, ovora bo‘lishini o‘ylab asabiylashadi. Ko‘chaning boshi berk bo‘lsa (o‘zi odatda bunday bo‘lmaydi), shunchaki kirmay qo‘ya qoladi, qiyinchilik ham yo‘q. Biroq tilda iboraning ayni shu shakli – boshi berk ko‘cha urf bo‘lgan. Uning o‘rniga oxiri berk ko‘cha deb qo‘llash xato bo‘ladi. Abdulla Qahhor aytganidek, “Shahardagi hamma soatlar besh minut ilgari – noto‘g‘ri bo‘lsa va hamma shunga amal qilsa, sening soating besh minut keyin – to‘g‘ri bo‘lganidan nima foyda?!”

    Oldin chiqasiz, keyin kelasiz

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Kelib chiqmoq – yuzaga kelmoq, yuzaga chiqmoq, paydo bo‘lmoq. Bu iboraning sharhini izohli lug‘atdan topa olmadim. Lekin u tilimizda keng qo‘llanadi:

    Ichkilik, bezorilik, buzilish, odobsizlik – hammasi bekorchilikdan kelib chiqadi.

    A. Muxtor, “Chinor”.

    Beshiktervatar xavf-xatar sezishi bilan oldingi oyoqlarini yuqori ko‘tarib, tebranib turadi. Nomi ham shundan kelib chiqqan.

    “O‘zME”.

    Aslida kelib chiqmoq emas, chiqib kelmoq bo‘lishi kerak. Chunki odatda ichkaridan dastlab chiqiladi, so‘ng kelinadi. Oldin kelib, keyin chiqilmaydi. Lekin nimagadir doim aksini aytamiz va bu me’yorga aylangan. Yuqoridagi misollarda kelib chiqmoq o‘rnida chiqib kelmoq iborasini ishlatish xato bo‘ladi. Faqat jismoniy harakat ma’nosidagina shu shaklda ishlatish mumkin va bunda u ibora sanalmaydi:

    So‘yloq kishi chiqib kelib, yukni qabul qilib olgach, choy-poyga shama qilib o‘tirmay, darhol eshikni yopdi.

    A. Obidjon, “Akang qarag‘ay Gulmat”.

    Men mahallaga bir chiqib kelay-chi, nima yangilik bor ekan.

    Ichkaridan o‘ttiz besh-qirq yoshlardagi bir kishi chiqib keldi.

    Ommalashgan xato g‘alati mashhur bo‘lavermaydi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Lekin bir narsani yodda tutish kerak: yanglish qo‘llangan va ommalashgan har qanday so‘z yoki ibora g‘alati mashhur bo‘lavermaydi.

    Deylik, bugun qo‘llanadi so‘zini ko‘pchilik qo‘llaniladi deb ishlatayotgan, bu xato hatto nufuzli nashrlar, ilmiy adabiyotlar, qonun hujjatlari matnlarida juda ko‘p ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa-da, g‘alati mashhur emas. Xato.

    G‘alati mashhurni farqlashning oddiy usuli bor: so‘z yoki ibora asli xato ekani sezilmaydigan darajaga kelishi, xuddi shu shaklda lug‘atlarga kirishi kerak.

    23.06.2021, 17:28   Izoh (0)   58620
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” “Atletiko” darvozasiga 4 ta gol urdi, “Portu” — “Palmeyras” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 16 iyun, 07:53

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.