• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tanqid bir tomonlama, odamlarni chalg‘itadigan bo‘lsa, bu hech kimga ma’qul emas”. Innovatsiya vaziri O‘zbekiston ilm-fani jar yoqasiga kelib qolgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Zarifboy Ibodullayev 19-fevral kuni Facebook’dagi sahifasi orqali ilmiy jamoatchilikka murojaat qilib, O‘zbekiston ilm-fani tobora jar yoqasiga yaqinlashib borayotganini aytgandi. Maqola ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Xususan, professor yosh olimlar orasida ko‘chirmachilik avj olgani va kafedralar moddiy-texnik bazalari og‘ir ahvolda ekaniga to‘xtalgan.

    “Ilmiy kengashda rektorlar kafedra mudirlariga ochiqdan ochiq: “ko‘proq maqola yozinglar va bizning institut top 1000 talikka kirishi kerak”, deb qayta-qayta yoshlar oldiga rejalar qo‘yib tashlamoqda. Natijada deyarli 80-90 foiz ilmiy maqola havodan olib yozib tashlanmoqda, ayniqsa tibbiyotda ana shunday achinarli ahvol. Ilm qila oladigan xodim ham, qila olmaydigani ham dissertatsiya yoqlashga undalmoqda. Mana 30 yildirki, hech kim kafedralar moddiy-texnik bazasini yaxshilash haqida qayg‘urmaydi yoki yolg‘ondan qayg‘uradi. Demoqchimanki, 30 yildan buyon bizga va’dalar beriladi, biroq kafedra va ilmiy laboratoriyalar anjomlari eskirgandan eskirib boryapti. To‘g‘ri, ba’zi kafedralarga yangi uskunalar keltirilgan, biroq bundaylar barmoq bilan sanarli”, — ­­deyilgan murojaatda.

    Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Zarifboy Ibodullayevning chiqishiga munosabat bildirdi.

    Ibrohim Abdurahmonov

    Ibrohim Abdurahmonov
    Foto: “Daryo”

    Ilm-fan yo‘qolib ketgani yo‘q

    O‘zbek ilm-fani jar yoqasiga kelib qolgani haqidagi fikrlarni o‘qidim. Buni bir tomonlama qarash deb hisoblayman. O‘zbekistonda ilm-fan bu darajada yo‘qolib ketgani yo‘q. Juda ko‘p loyihalar bor. Oxirgi 3 yilda qilingan sa’y-harakatlar, qonunchilik bazamizni to‘g‘rilaganimiz, olimlarga berilayotgan e’tibor yuqori bo‘layotgani muhim ahamiyatga ega. Lekin bitta to‘g‘ri haqiqat borki, albatta 30 yil davomida ilm-fanga berilmagan e’tiborning natijasi hamma joyda ko‘rinadi. Moddiy-texnik bazamizda, ilmiy tadqiqotlar sifatida, chop etilayotgan maqolalarda kamchiliklar bor.

    Hattoki eng zo‘r maqolani eng yaxshi ilmiy jurnalda chop etish imkoniyati yo‘q. Bu juda katta raqobat va kurash maydoni. Hech kim kelib “mana sizlar chop etinglar”, deb qo‘ymaydi. Albatta, muammolar bor va bu yashiradigan narsa emas. Afsuski, buni bir kunda sehrgarlik qilib darrov yo‘qotib bo‘lmaydi. Intellektni sekin-sekin rivojlantirish kerak. O‘ylaymanki, bugungi kunda berilayotgan shuncha e’tibor va rag‘bat bir kun kelib natija beradi. Yangi avlod olimlari kirib kelyapti. Bundan ko‘nglim juda ham to‘q. Ular yangi tadqiqotlarni bemalol amalga oshira oladi. Ikkinchidan, xalqaro hamkorliklarga keng yo‘l ochilgan. Maqolada ko‘rsatilgan jar yoqasiga kelib qolish ma’nosidagi katta omil - bunday imkoniyat ilmda yo‘q edi. Hech kim bilan ishlash imkoniyati bo‘lmagan. Hozir biz: hattoki loyihalarni chet elliklar ishlasa ham, jamoalarni olib kelib ishlatsanglar ham, ularga mablag‘ to‘lasanglar ham mayli deb aytyapmiz.

    Ilgari loyihalarda ilmni pulidan bir konferensiyalarga borib bo‘lmasdi. Aloqa qilib bo‘lmasdi. Agar olim xorijliklar bilan aloqada bo‘lsa, balolarga duch kelardi. Bugun ularni oqibati ko‘ringani mubolag‘a emas.

    Ilm ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan darajada e’tiborsiz qolib ketmagan. Hozir 101 ta ishlanmani namoyish qilyapmiz. Shuning o‘zi ham ko‘rsatyaptiki, juda ko‘p natijalarimiz bor.

    Muammo pul va texnikada emas, olim yetishmasligida

    Tanqid yaxshi narsa, lekin unga yechim kerak. Masalan, moddiy-texnik baza yetishmayapti va u hech qachon yetishmagan. Hozir AQSHga borib laboratoriyaga kirsangiz, “menga yetishmaydi”, deydi. Nega? Chunki texnologiya har kuni yangilanib bormoqda.

    O‘zbekistondagi moddiy-texnik bazani bir kunda yangilashning imkoniyati bor. Masalan, taxminan 1 milliard dollar pul bilan bir kunda hamma institutlarni yangilash mumkin. Lekin ular bir burchakda temir bo‘lib turadi. Ishlamaydi baribir. Chunki uni ishlatadigan odam kerak. Yoki mana hamma “kriogen mikroskop yo‘q deb”, jar soladi O‘zbekistonda. Biz olib berishga tayyormiz, bitta kriogen mikroskopga 10 million dollar pul ketadi. Texnikani sotib olganimizdan keyin undan O‘zbekiston uchun bir yilda necha marta rasm olinadi.  Yilda 1 yoki 2 marta. Xo‘p, shu olingan rasmni dunyoda birov tan oladimi? Uni ham o‘zini maxsus sertifikatlari bor laboratoriyalar olishi kerak. Mutaxassis ham shunaqa bo‘lishi lozim. Yana masalan, vaksinani tekshirish uchun odamning genlari almashtirilgan sichqonlar yoki maymunlar bor. O‘zbekistonga o‘sha maymunni olib kelishimiz ham mumkin. Lekin uni kim boqadi, to‘g‘ri boqadimi, kasal qilib qo‘ymaydimi, shunga sertifikati mavjud mutaxassis bormi, bular katta savollar.

    Shuncha pul topishimiz mumkin, lekin bir kunda bunday mutaxassisni yetishtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hammaga jar solyapmiz, murojaat ham qilyapman, agar kriogen  mikroskop kerak bo‘lsa, buyurtma beraylik. Laboratoriyalarda 150 dollarga shuni rasmini olib beradi. Kutib o‘tirmasdan, loyihaga o‘sha kriogen mikroskop xarajatlarini qilib, Yevropa, Niderlandiya, Gollandiyadagi laboratoriyalarda qilaylik. Yoki shu moddani maymunda tekshirish kerak bo‘lsa, borib tekshiraylik. Hozir fanda global jarayon, shuning uchun xizmatlardan foydalangan yaxshiroq bo‘ladi.

    Texnikani olib bersak, ishlatmayotganlar ham bor

    Qariyb 20 million dollarlik asbob-uskuna olib berdik. “Yetarlimi”, deb so‘rasangiz, “yo‘q”, deyman. Endi “bu ishlatilyaptimi”, desangiz, ishlatilmayapti. Olib berganmiz, lekin “sklad”da turganlari ham bor. “Reogen topa olmadim”, deb bahona qilayotganlar ham uchraydi. Texnikani olib qo‘ygan, lekin ishlatmayapti. Shuning uchun tanganing ikkita tomoni bor. Biz yechim topishga harakat qilyapmiz. “Servislardan foydalanaylik, loyiha doirasida chet elga buyurtma beringlar, xorijlik mutaxassislarni olib kelinglar”, deyapmiz va hamma sharoitni yaratib berganmiz. Bularni qilish mumkin.

    Albatta, subyektivizm hamma joyda bor. Men vazirlikka kelsa, hamma narsa silliq o‘tib ketadi, deb ayta olmayman. 2 odam har xil fikr beradi. Shunda qo‘lini qo‘ltiqqa urib ketib qolmasdan, shular bilan tortishadigan, o‘z ilmiy g‘oyasini asoslaydigan odam kerak. Shuning uchun bizning vazirlikda hamma loyihalar qaytarib tashlanmaydi. Kamchiligi bo‘lsa, “to‘g‘rilab keling”, deyiladi. O‘zi ilm qiladiganlar ko‘p emas —35 million aholi ichida 31 ming kishi xolos. Bu taxminan har bir million kishiga 900-1000 nafardan to‘g‘ri keladi degani. Aslida bizda ilmiy tadqiqotchilar 4000 ming nafardan to‘g‘ri kelishi kerak.

    Olimlar dunyodagi eng zo‘r texnologiyalardan foydalanishsin. Mana sutdagi passiv immunizatsiyasini tasdiqlash maqsadida ham bizning hamma sharoitimiz yo‘q edi. Vena universitetida tirik viruslarning testlarida tadqiqotlarni o‘tkazdik va pulini to‘ladik. Qaysidir joylarini hamkorlik doirasida qildik.

    Men aytmoqchimanki, hamma narsani loyini qorib, g‘ishtini quyib, keyin uy qurish shart emas. G‘ishtni sotib olishimiz mumkin. Uni loyini o‘zimiz qilib vaqt ketkazish nega kerak? Undan ko‘ra, g‘ishtni sotib olaylik uyni chiroyli qilib quraylik. Hammasini o‘zimiz qilsak qing‘ir-qiyshiq uy chiqadi. Chunki buyoqda standartlari yo‘q. Standartga tushgan g‘ishtni sotib olsak bo‘ladimi, bo‘ladi. Men endi buni taqqoslash uchun majoziy ma’noda aytyapman. Butun dunyo shunaqa ishlayapti. Biz ham shunga o‘tyapmiz. Hukumatimiz rahbari ham, davlatimiz rahbari ham mana shunday tizimlarga o‘tishimizga sharoit yaratib berganlar. Vakolat doirasida hamma qarorlarni vazirlik chiqara oladi. Yordam bera oladi. Shuning uchun jar solishimiz kerak. Har bir muammoni aytishimiz kerak. Qanchalik qiyin bo‘lmasin u muammolarni eshitishga doim tayyormiz. Lekin tanqid bir tomonlama, odamlarni chalg‘itadigan bo‘lsa, bu hech kimga ma’qul emas. Agar muammo bo‘lsa, yechimi bilan aytilsin. Xo‘p, agar o‘zbek ilm-fani jar yoqasiga kelib qolgan bo‘lsa, buning yechimi nima? Buni men ham bilmasligim mumkin. Agar yechim berilsa, men tayyorman eshitishga. O‘sha fikrlarda akademiklarimizning maktablari yo‘qligi aytilgan. U maktablar bugun yo‘q bo‘lib qolmagan. 30-40 yilning ichida sekin shunga keldik. Buni tiklash uchun mana yoshlar akademiyasini qilyapmiz. 3 mingdan ortiq yoshlarimiz chiqyapti. Hozir mana 862 ta loyiha uchun 1 trillion so‘mga yaqin mablag‘ beryapmiz. Har birini tijoratlashtiryapmiz.

    Olim o‘zi ishlasa, mablag‘ining 70 foizini o‘ziga — cho‘ntagiga oladigan tizim qilindi. Korxonalar ochishiga tizim qilib berdik. Lekin hali ko‘p mexanizmlarni qilishning imkoniyati yo‘q. Chunki pastda bozor bo‘lmasa, buni qanday qilasiz? Tarmoqlarga olimnikidan olgandan ko‘ra chet eldan olib kelish oson. Ko‘ryapmizki, olimning ishlanmalari ham juda yaxshi tayyor emas. Bu tarafdan bizning kamchiligimiz ham bor. Uni tayyorlash uchun har bir bosqichini nazoratga olish, moliya va ko‘mak berish kerak. Davlat ko‘makchi bo‘lishi kerak. Shu ma’noda yaxshi haqiqatlari bor. “Davlat nimaga ko‘makchi bo‘lmayapti”, degan savollari judayam to‘g‘ri qo‘yilgan. Butun O‘zbekiston ilm hamjamiyati bir tarafga qarab yursakkina shu ishlarni qilsak bo‘ladi.

                                         Ibrohim Abdurahmonov, innovatsion rivojlanish vaziri

    07.03.2022, 22:41   Izoh (0)   20375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muammolar boshlanib bo‘lgan, lekin yangi imkoniyatlar ham ochildi”. Zafar Hoshimov Rossiya-Ukraina urushining O‘zbekistonga ta’siri haqida

    07.03.2022, 22:22

    Toshkentdan Novosibirskka qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi

    07.03.2022, 21:54

    Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

    07.03.2022, 21:45

    Janubiy Koreya O‘zbekiston FVVga maxsus o‘t o‘chirish va tibbiyot texnikalarini yubordi

    07.03.2022, 21:40

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi loyihasi bilan tanishdi

    07.03.2022, 20:55

    Samarqandda yarim kilogrammdan ortiq oltin bo‘laklarini noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi

    07.03.2022, 20:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.