• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Muammolar boshlanib bo‘lgan, lekin yangi imkoniyatlar ham ochildi”. Zafar Hoshimov Rossiya-Ukraina urushining O‘zbekistonga ta’siri haqida

    “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Ukrainadagi voqealarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida gapirib berdi. 

    Zafar Hoshimov

    Zafar Hoshimov
    Foto: “Daryo”

    Hozirni o‘zida paydo bo‘lgan muammolar

    Logistika

    Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlari portlari Rossiya orqali keladigan hamma narsani qamrab oladi. Bularning barchasi uchun muqobil va ehtimol qimmatroq yo‘llarni topish kerak bo‘ladi. 

    Ba’zi mahsulotlar uchun bunday marshrutlarni topish imkonsiz. Masalan, Polshadan olma, Moldovadan kartoshka, Boltiqbo‘yi davlatlaridan sut olib keldik. Rossiya, Belarus va Ukraina hududlaridan quruqlik orqali tashib o‘tdik. Bu tovarlar uchun muqobil yo‘nalishni o‘ylab topish iqtisodiy jihatdan imkonsizdir.

    Foto: Trans info

    Rossiya portlari orqali dunyoning turli davlatlaridan olib kelingan yuk muammolari yuzaga keladi. Ko‘plab dengiz liniyalari (xalqaro dengiz yuk tashish kompaniyalarining kemalari) Rossiya portlariga yuk tashishdan bosh tortadi. Rossiya savdo kemalari esa Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya va Janubiy Koreya portlariga kira olmaydi. 

    Shu sababli barcha dengiz yuklari Qora dengizga, Bosfor bo‘g‘ozi orqali va faqat Gruziyaning Poti porti yoki Fors ko‘rfazidagi Bander Abbos porti orqali o‘tkazilishi mumkin. 

    Ba’zi tovarlar uchun bu yo‘llar qimmatroq bo‘ladi. Boshqalarini esa narx va vaqt tufayli qabul qilinishi butunlay imkonsiz. Katta ehtimol bilan portlar yopilib qoladi yoki gavjum bo‘ladi.

    Bank ishi

    Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasida import uchun to‘lov va bizning eksportimiz uchun ushbu mamlakatlardan to‘lovlar Rossiya banklariga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli murakkablashadi. 

    Qayd etish kerakki, bu muammolar juda qisqa muddatli, chunki to‘lov haqida gap ketganda, qabul qiluvchi tomon har doim moslashuvchanlik va zukkolikni namoyon etadi va ularni qanday to‘lashning ko‘plab variantlarini tezda taklif qiladi. 

    Biz yopiq pul tizimidagi boy hayot tajribasini hali unutganimiz yo‘q.

    Yetkazib beruvchilar 

    Rossiya va belaruslik yetkazib beruvchilar bilan yanada murakkab muammolar yuzaga keladi hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda bular o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

    Hozirda xomashyo, texnologiyalar, materiallar, butlovchi qismlar bozorlardan ajralib chiqmoqda. Mahsulotlarning tarkibiy qismlari mahalliylashgunga qadar uzoq vaqt talab qilishi mumkin. 

    Foto: Mining

    Biroq shunda ham ba’zilarini mahalliylashtirish imkonsiz. Natijada Rossiyada ishlab chiqarilgan hamda biz import qilayotgan ayrim tovarlarning tanqisligi va narxi oshishi kuzatiladi.

    Ko‘pgina muhim tovarlar uchun Rossiyaning o‘zi cheklovlar yoki eksport taqiqlarini joriy qiladi va afsuski, bu birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar bo‘ladi. 

    Rossiya allaqachon bunday tovarlarning bir qatoriga qat’iy cheklovlarni joriy qilgan. Endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorda sotishdan ko‘ra o‘z mahsulotlarini eksport qilish foydaliroqdir. 

    Foto: Moneycontrol

    Eksportning tez o‘sishi esa Rossiya hukumati tomonidan ichki bozorni ta’minlash maqsadida eksportni taqiqlash yoki cheklash shaklidagi reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

    Ukrainaga yuboriladigan va Ukrainadan keltiriladigan barcha yuklar, albatta, to‘xtatiladi. Bu mahsulotlar va bozorlar endi muqobil topishlari kerak bo‘ladi.

    Xizmatlar

    IT, texnologiya, dizayn, marketing xizmatlari, ma’lumotlarni saqlash va uzatish xizmatlari, Ukraina kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladigan texnik yordam ham vaqtinchalik to‘xtatilgan. 

    Bu ham yomon, chunki bunday yuqori darajada va arzon narxda ushbu xizmatlarni ukrainaliklardan boshqa hech kim taqdim qilmaydi. 

    Foto: The Borgen

    Biroq ba’zi Ukraina kompaniyalari, harbiy harakatlarga qaramay, o‘z xizmatlarini onlayn amalga oshirishda davom etmoqdalar.

    Bu allaqachon paydo bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri va oson bashorat qilinadigan muammolarning birinchi guruhi edi.

    Yaqinda paydo bo‘ladigan katta muammolar

    Rublning qadrsizlanishi

    Bu migrantlarimizning daromadiga ta’sir qiladi. Rossiyadan naqd pul o‘tkazmalari qiyinlashadi. Rossiyada rezidentlar va norezidentlar uchun valyuta eksportiga cheklovlar allaqachon o‘rnatilgan. 

    Vaziyat keskinlashishda davom etsa, cheklovlar kuchaytirilishi va rubl yanada tushishi mumkin. Daromadlari rublda bo‘lgan migrantlarimiz uchun bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri pulni yo‘qotishdir. 

    Foto: Forbes

    Men ushbu maqolani yozayotganimda, Rossiya banklari jismoniy shaxslar tomonidan valyutani sotish 30 foiz komissiya bilan amalga oshirilishi e’lon qilindi. 

    Keyinchalik bu komissiya 12 foizga kamaydi. Bu qadamlarning barchasi mehnat muhojirlarining mamlakatga pul o‘tkazmalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

    Rossiya iqtisodiyoti chuqur sanksiyalar ostida qoladi

    Bu aholining ish o‘rinlari va daromadlari, jumladan, birinchi navbatda mehnat migrantlarining ham qisqarishini anglatadi. Migrantlarning pullari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholiga tushadi va kundalik iste’molning asosiy qismini tashkil qiladi. 

    Ya’ni sanksiyalar aksariyat rossiyalik iste’molchilarning daromadlari va xarid qobiliyatiga ta’sir qiladi.

    Rublning qadrsizlanishi o‘zbek so‘mining kursiga cheklangan bo‘lsa-da, bosimni keltirib chiqaradi. 

    Foto: Dreamstime

    Bu bosim o‘zbek so‘mi 5-6 yil oldingiga qaraganda yaxshiroq diversifikatsiyalanganligi va noaniq o‘zgaruvchanlik davrida oltin narxining asosiy omillardan biri bo‘lganligi bilan cheklanadi. 

    Jahon bozorida mamlakatga valyuta tushishi manbalari ortib bormoqda. Bu valyuta tushumlarining qisqarishini qisman qoplaydi va ma’lum darajada barqarorlashtiruvchi omil bo’ladi.

    Eksport tushumlari talabning qisqarishi va O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlarining to‘lov qobiliyatining pasayishi hisobiga kamayadi.

    Foto: Anadolu

    Bularning barchasi o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, inflyatsiya ichki bozordagi narxlar dinamikasi sababli emas, balki jahon narxlari tufayli sodir bo‘ladi. 

    O‘tgan yilning o‘zidayoq yuqori emissiya, ishbilarmonlik faolligi va pandemiyadan keyin tovarlarga talabning keskin o‘sishi tufayli dollar inflyatsiyasi 6 foizdan ortiqni tashkil qildi. 

    So‘m kursini barqaror ushlab turish qiyin va zararli bo‘ladi. Chunki kursni ushlab turish orqali biz o‘zimiz bilmagan holda an’anaviy bozorlarimizga eksport hajmini yanada kamaytiramiz.

    Rossiyaning ko‘pgina banklari va korxonalari O‘zbekiston moliyalashtirish va investitsiya faoliyatini amalga oshirdi. 

    Ular yaqin yillarda likvidlikka ega bo‘lmaydi va bu ham mamlakat iqtisodiyotidagi likvidlikka bosim o‘tkazadi, deb aytish mumkin. Shuningdek, iste’mol kreditlari hajmi va qiymati yaxshilanmaydi.

    Yangi imkoniyatlar

    Shu bilan bir qatorda yangi va kutilmagan imkoniyatlar ochilayotgan sohalar ham borligini ta’kidlash kerak.
    1. Rossiya va Belarusdan mutaxassislar va tadbirkorlarni ko‘chirish. Ushbu mamlakatlarning ko‘plab vakillari o‘z vatanidan tashqarida yangi imkoniyatlarni qidirmoqda. 
    Bular IT-mutaxassislari, dasturchilar, ijodiy sektor, maslahatchilar, texnologlar, auditorlar, marketing, distribyutorlik, ko‘ngilochar biznes va chakana savdo bo‘yicha mutaxassislar. 

    Bu bizning mehnat bozorimiz uchun juda yaxshi imkoniyat: aynan mana shunday mutaxassislarda bizda juda katta tanqislik bor. 
    1. Turizm. Hozir ko‘plab davlatlar Rossiya hamda Belarus uchun yopiq va bizning mamlakatimizga sayyohlik hajmi o‘sishiga ishonchim komil. 
    Kecha bir rossiyalik Toshkentga “Betmen” haqidagi yangi filmning premyerasini tomosha qilish uchun kelgan edi.
    1. Aviatsiya rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyatlar ochilmoqda. Deyarli barcha Rossiya aviakompaniyalari faoliyati cheklangan bir vaziyatda, ko‘plab chegaradosh davlatlar ular uchun osmonlarini yopmoqda. 

    Foto: Uzbekistan Airways

    Rossiya ustidan ham ucha oladigan bizning aviatsiyamiz uchun qancha imkoniyatlar ochilishini tasavvur qiling. 

    Nima qilish kerak?

    1. Barcha oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga import bojlari va aksizlari bekor qilinishi zarur.
    2. Bozorlarni va mahsulot turlarini, ham eksport, ham importni diversifikatsiya qilish lozim.
    3. JSTga kirishni imkon qadar tezlashtirish va barcha davlatlar bilan erkin savdo shartnomalarini tuzish zarur.
    4. Xalqaro huquq va davlatlararo shartnomalarga muvofiq barcha tranzit mamlakatlar, jumladan, birinchi navbatda Rossiya hududi orqali yuklarning to‘siqsiz o‘tishini ta’minlagan holda mamlakatimizga olib boruvchi logistika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish kerak.
    5. Imkoniyat darajasida mehnat muhojirlarimiz uchun mehnat bozorlarini diversifikatsiya qilish kerak.
    6. Rossiya va Belarusda bizning mehnat bozorimiz marketingini faollashtirish zarur.
    7. Mutaxassislarni boshqa joyga ko‘chirishni imkon qadar soddalashtirish kerak. Maxsus soddalashtirilgan viza rejimlarini, ro‘yxatga olishning soddalashtirilgan tizimini, yashash va ishlash uchun ruxsatnomalarni berishni joriy qilish va buni barcha mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshirish zarur.
    8. Fuqaro aviatsiyasida reyslar va marshrutlar sonini havo transporti bozorini liberallashtirish hisobiga ko‘paytirish kerak. Bizning aviakompaniyalarimiz muvaffaqiyatga erishish uchun noyob imkoniyatga ega.

    07.03.2022, 22:22   Izoh (0)   38278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdan Novosibirskka qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi

    07.03.2022, 21:54

    Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

    07.03.2022, 21:45

    Janubiy Koreya O‘zbekiston FVVga maxsus o‘t o‘chirish va tibbiyot texnikalarini yubordi

    07.03.2022, 21:40

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi loyihasi bilan tanishdi

    07.03.2022, 20:55

    Samarqandda yarim kilogrammdan ortiq oltin bo‘laklarini noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi

    07.03.2022, 20:08

    Surxondaryodan Mirzo Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topildi

    07.03.2022, 19:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi — ESPN

    Sport | 2 avgust, 09:37

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:10

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.