“O‘zgidromet” 2022-yil 5–6-mart kunlari A-373 Toshkent–O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni hududida ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, hududda qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Shuningdek, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Bundan avval Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.
Izoh (0)