• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Askarlar bizni otib tashlamoqchi bo‘ldi” — Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonlik ayol

    Ukrainada davom etayotgan harbiy harakatlar sababli ko‘plab davlatlar o‘z fuqarolarini mamlakatdan evakuatsiya qilmoqda. 28-fevral kuni Ukrainada yashayotgan 251 nafar o‘zbekistonlik ham Polsha orqali Toshkent shahriga olib kelindi. “Daryo” muxbiri evakuatsiya reyslarining dastlabkisida qaytgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashdi.

    Kiyevda oilasi bilan 4 yildan beri yashab kelgan Barno Sobirova Polsha chegarasiga yetib olguncha bo‘lgan vaqtda boshidan o‘tgan voqealarni so‘zlab berdi.

    “Ukrainada ‘dom’da yashardik. 24-fevral kuni bomba portlab, uyimiz derazalari tebranib ketdi. 25-fevralgacha urush to‘xtar deb o‘yladik. Keyin erim: ‘To‘xtamaydi, shekilli, hamma Polshaga qarab ketyapti’, — dedi. O‘zimizning mashinamiz bor edi. Biz ham unda Polshaga qarab yo‘lga chiqdik. Mashinada ketyapmiz, orqamizda qolgan yerlarda portlashlar bo‘lyapti. Agar bir soat kechikkanimizda Kiyevdan chiqa olmay qolar edik. To‘g‘risi, hayotdan umidimni uzgandim. Orqamizdan yetib kelishadi, deb o‘yladim. Ko‘chada tanklar, ‘soldat’lar turganini ko‘rdim. Juda ham qattiq qo‘rqdim. Tanklar orasidan o‘tib ketdik. Ukrainadan Polsha chegarasiga kelguncha mashinalar juda tirband edi. Ko‘plari ‘avariya’ bo‘lib ketgan. Tirbandlikdan amallab o‘tib oldik.

    Bizni yana qattiq qo‘rqitgan holat bilmagan holda boshqa yo‘ldan yurgan ekanmiz. U yerdan ukrain askarlari chiqdi. Ular bizni dushman deb o‘ylashdi. Hatto otib tashlamoqchi bo‘lishdi. Bolam va meni ko‘rib, Ukrainadan qochib kelayotgan odamlar ekanimizga ishonishdi. Keyin bizni qo‘yib yuborishdi. Ularning avtomatlarini ko‘rib qo‘l-oyog‘im titrardi. Mashinada erimning o‘rtoqlari ham bor edi. Ular: ‘Bir o‘lib tirilgandek bo‘ldik’, deyishdi.

    Yo‘lda 2 kun yurdik. Erim mashinani uxlamasdan haydadi. Tirbandlikda ‘avariya’ bo‘lib yotgan mashinalarni ko‘rib qo‘rqdim. Biz bu yo‘llardan o‘ta olarmikanmiz, yurtimizga qayta olarmikinmiz, deb rosa o‘yladim. Keyin Polsha chegarasiga keldik. U yerda bizni O‘zbekiston elchixonasi xodimlari yaxshi kutib oldi. Oziq-ovqat bilan ta’minlashdi. Prezidentimizga Polshaga samolyot qo‘yganlari uchun rahmat aytamiz. Xudoga shukr, vatanga qaytish nasib qildi.

    Mashinamiz hozir Ukraina—Polsha chegarasida qolgan. Erim ham Polshada qolib ketdilar. Chunki anchadan beri Ukrainada yashayotgan edik. Eng yomoni, yillar davomida topgan pullarimizning hammasi qolib ketdi. Bir tiyin pulsiz yo‘lga chiqdik. Shuning uchun erim pul ishlab keyin boraman, deb qoldi”, – deydi ilk reys bilan Toshkent shahriga uchib kelgan xorazmlik yo‘lovchi.

    Yana bir yo‘lovchi Shahriyor Eshonov ham Kiyev shahrida yashagani, O‘zbekistonga qaytguncha nimalar yuz bergani haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ukrainada urush boshlangan vaqtda bir kecha metroda tunab qoldik. Ertasiga Polshaga qarab yo‘l oldik. Biz Kiyevdan chiqib ketganimizdan so‘ng, ko‘prik portlatilib, shaharda urush boshlanib ketgan. Bizdan 2 kilometr uzoqlikda kuchli portlash ovozi eshitildi. Bomba portlaganda yer qimirlab ketdi. Ko‘chalarda odamlar ham, mashinalar ham juda kam edi. Bor mashinalar ham boshqa davlat yoki shaharga ketayotganlarga tegishli. U yerda o‘zbeklar bir-biriga yordam berdi. Mashinasi borlari qolgan vatandoshlarini Lvovgacha eltib qo‘ydi. Polshaga borganimizda O‘zbekiston elchixonasi vakillari bizni kutib olishdi. Biz uchun hamma sharoitlar yaratib berildi. O‘zbekiston hukumatiga rahmat”, – dedi u.

    Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning ta’kidlashicha, Ukrainadan evakuatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar uchun yetarlicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hukumatimiz tomonidan Ukrainadagi fuqarolarimizni evakuatsiya qilish, ularni mamlakatga xavfsiz yetkazib kelish bo‘yicha tizimli ishlar qilinyapti. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan maxsus tezkor shtab tashkil etilgan. Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi fuqarolarimizni mamlakatning turli shaharlaridan to‘plab, Polsha hududiga olib o‘tmoqda va u yerdan maxsus reyslar orqali O‘zbekistonga jo‘natmoqda. Reyslarning barchasi hukumat tomonidan bepul amalga oshirilmoqda. Ushbu reyslarda kelgan yo‘lovchilardan chipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi. Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda mazkur reyslarga chiptalar sotilayotgani haqidagi turli yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Fuqarolarimizdan bu kabi xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz. Vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqarolarni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xavfsiz hudud — Polshaga olib o‘tilishi bilan yana qo‘shimcha reyslarni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan”, — dedi vazirlik vakili.

    Mavzuga doir: “2 ming kishi ko‘zim oldida o‘ldi”. Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonliklar ko‘rganlarini so‘zlab berdi

    Avvalroq 28-fevral kuni Ukrainadan O‘zbekistonga 251 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali olib kelingani xabar qilingandi. 1-mart kuni esa yana 258 kishi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi.

    Ma’lumot uchun, Ukraina hududida bo‘lgan 1,5 ming nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha orqali evakuatsiya qilinadi. Ayni paytgacha uchinchi samolyot evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklarni Polshadan Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelmoqda. 2-mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    01.03.2022, 20:11   Izoh (0)   100178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilmoqda” — Markaziy bank

    01.03.2022, 19:57

    Shavkat Mirziyoyev seriallarda ayollar obrazi juda yuzaki, salbiy tarzda ko‘rsatilayotganini tanqid qildi

    01.03.2022, 19:46

    O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti budjetdan to‘liq qoplab beriladi

    01.03.2022, 19:35

    Surxondaryo viloyatidagi chorvachilik majmuasi 61 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    01.03.2022, 19:24

    O‘zbekistonda 2021-yilda 18—30 yoshdagi ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2 baravar ko‘paygan

    01.03.2022, 19:13

    O‘zbekiston va YUNISEF 102,5 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

    01.03.2022, 18:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.