Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m). Har yili 50 nafar qiz nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi. Har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi.
Shuningdek, yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi. Doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
Izoh (0)