O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da 90 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan “Krakovets” nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqdi.
Chegarani kesib o‘tish O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, evakuatsiya qilish jarayoni aks etgan videolavhalar Ukraina–Polsha chegarasi tomon yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)