Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Norin tumanida “Jiguli” avtomobilida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi viloyat FVB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 25-fevral kuni soat 21:33 da Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Changitma” MFY hududida “Jiguli” avtomobili yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Tuman FVB qutqaruvchilari zudlik bilan hodisa joyiga bitta o‘t o‘chirish ekipajida yetib kelgan va yong‘inni o‘chirgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida kuygan, tan jarohatlari olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketgani, Toshkentda teplovozda yong‘in kelib chiqqani, Samarqandda “Jiguli” yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?