Daryo

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi (video)

Yong‘inga mashinaning dvigatel qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish56 800 ko‘rishlar0 izoh0

Qamchiq dovonida 16-fevral kuni DAF yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 10:50 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 228-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi D.I. (1966-yilda tug‘ilgan) DAF rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar