Daryo

Toshkent viloyatida somon ortilgan 4 ta yuk mashinasi yonib ketdi

Oqibatda jami 800 dona somon pressi yonib zararlangan

1 daqiqa o‘qish54 898 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Toshkent viloyati Qibray tumanida 2-fevral kuni somon presslari ortilgan yuk avtomobillarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 03:09 da tumanning “Chinobod” mahallasidagi ochiq maydonda sotish uchun somon presslari ortilgan va bir-biriga yaqin joylashtirilgan 4 ta yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:17 da yetib borib, yong‘in soat 03:29 da qurshab olingan va soat 04:35 da bartaraf etilgan.

Yong‘in sababli 3 ta “GAZ-53” hamda “ZIL-130” yuk avtomobillari kabinasi va ularga ortilgan 200 donadan, jami 800 dona somon pressi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar