Daryo

Samarqandda “Jiguli” yonib ketdi

Oqibatda mashinaning motor va salon qismi zararlangan

1 daqiqa o‘qish96 714 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida 8-fevral kuni avtoturargohdagi “VAZ-2016” avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:38 da Ko‘ksaroy maydoni avtoturargohida to‘xtab turgan “Jiguli”da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 11:40 da yetib borib, yong‘in soat 11:43 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashinaning oldi motor va salon qismi qisman yonib zararlangan. Hodisadan halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar