Daryo

Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Spark’ning motori yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish22 372 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Kitob tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 7-fevral kuni Spark avtomobilida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Kitob tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Qayd etilishicha, shu kuni soat, taxminan, 13:20 atrofida Kitob tumani Yangiobod ko‘chasida harakatlanib borayotgan Spark avtomobilining motor qismida yong‘in chiqqan.

Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Yong‘in oqibatida avtomobilning motori yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar