“O‘zgidromet” Chimyonda qor ko‘chkisi xavfini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 26–28-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Bundan avval Qamchiq dovonida tuman tushib, qor yog‘ayotgani haqida xabar berilgandi.