Ukrainaga tegishli Sky Up Airlines aviakompaniyasining 24-fevral kuni tunda Toshkent—Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha uchgan reysi zaxira aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur reysni amalga oshirgan Boeing 737-800 samolyoti Ukraina havo hududi barcha aviakompaniyalarning tijorat reyslari uchun yopilgani sabab Kishinyov xalqaro aeroportiga (Moldova) qo‘ngan.
Avvalroq Uzbekistan Airways’ning Namangandan Krasnodarga uchgan HY-9825 reysi Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan viloyatga majburiy qaytarilgan edi. Keyinroq samolyot yonilg‘i yetarli bo‘lmagani sabab Urganchga qo‘ngani ma’lum qilindi.
Izoh (0)