Daryo

Namangandan Krasnodarga uchgan samolyot viloyatga qaytishga majbur bo‘ldi

Bunga Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish55 486 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uzbekistan Airways’ning Namangandan Krasnodarga uchgan HY-9825 reysi viloyatga majburiy qaytarildi, deb xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan 24-fevral kuni Namangan—Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.

Ta’kidlanishicha, bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga ega.

Uzbekistan Airways AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishini bildirgan.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways samolyoti Rossiya harbiy havo kuchlari mashg‘ulot olib borayotgan hududdan uchib o‘tgani haqidagi xabarga izoh berildi

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Operatsiyadan maqsad “Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan” odamlarni himoya qilishdir”.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar