• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Venesuela Putinning DXR va LXRni tan olish qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Rossiya — Venesuela munosabatlari haqida nimalar ma’lum?

    Venesuela Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donbassda tinchlikni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Televisión telekanali efirida aytib o‘tdi.

    Nikolas Maduro va Vladimir Putin

    Nikolas Maduro va Vladimir Putin
    Foto: “RIA Novosti”

    “Venesuela Rossiyada tinchlikni saqlash, o‘z xalqi va vatanini jasorat bilan himoya qilishda prezident Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qiladi”, —  dedi Maduro.

    U, shuningdek, Rossiya va uning rahbariga qarshi global manipulyatsiya kampaniyalarini mag‘lub qilishga chaqirdi. “O‘zimizni ming marta takrorlangan yolg‘onga aldanib qolishimizga yo‘l qo‘ymaymiz. Putin tinchlik huquqi va o‘z xalqining qadr-qimmatini himoya qilishini yaxshi bilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Venesuela prezidenti.

    21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR mustaqilligini tan oluvchi hujjatlarni, shuningdek, mazkur respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnik bilan do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi. Keyinchalik Federatsiya Kengashi hujjatni ratifikatsiya qildi.

    Aksariyat xorijiy yetakchilar Putinning qaroriga salbiy munosabat bildirdi. Shu bilan birga, Suriya, qisman tan olingan Janubiy Osetiya va Abxaziya Rossiyaning LXR va DXR bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

    Rossiya—Venesuela munosabatlari haqida

    Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya—Venesuela munosabatlari diplomatik aloqalar, Rossiya va Venesuela o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va harbiy-texnik hamkorlikdan iborat. Rossiya Venesuelaning asosiy ittifoqchisi. Rossiyaning Venesuelaga moliyaviy yordami va kreditlari milliardlab dollarni tashkil etadi.

    Rossiya imperiyasi va Venesuela o‘rtasidagi birinchi aloqalar 1857-yilda, Rossiya Venesuela Respublikasining mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan paytda bog‘langan. 1917-yilgi Oktabr inqilobidan keyin Venesuela aksariyat Lotin Amerikasi davlatlari kabi Sovet Rossiyasi bilan uzoq vaqt diplomatik aloqalarni olib bormagan.

    1996-yilda Rossiyaning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Yevgeniy Primakovning Venesuela  poytaxti Karakasga tashrifi chog‘ida Rossiya Federatsiyasi va Venesuela Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzildi.

    Venesuela Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida ovoz berishda Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan. 2008-yil noyabr oyida Rossiya davlati rahbarining Venesuelaga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tgan.

    2014-yil 27-mart kuni Qrimdagi referendumni tan olmaslik bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasida Venesuela qarshi ovoz bergan va shu tariqa Qrimdagi referendumni tan olib, Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan.

    Rossiya va Venesuela faol savdo va iqtisodiy hamkorlikni ham olib boradi. 2005-yilda Rossiyaning “Gazprom” Ochiq aksiyadorlik jamiyati tenderda g‘olib chiqib, Venesuela ko‘rfazidagi shelfda gaz qidirish va qazib olish uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi.

    2017-yilda Venesuelada prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy noroziliklarning yangi to‘lqini boshlandi. Venesuela muxolifatini AQSh, Yevropa Ittifoqi va qator Lotin Amerikasi davlatlari qo‘llab-quvvatladi. Venesuelada iqtisodiy inqiroz davom etdi va 2017-yilda inflyatsiya 2616 foizni tashkil etdi. Shunday sharoitda Rossiya Venesuelaga katta iqtisodiy yordam qo‘lini cho‘zdi.

    Venesuela Rossiya harbiy texnikasining eng yirik xaridorlaridan bir ham. 2005—2017-yillarda qurol-yarog‘ va texnika sotib olishning umumiy hajmi 11 milliard dollardan ortiqni tashkil etgan.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘arbning Venesuela muxolifatini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotlarini bir necha bor tanqid qilib, ularni “suveren davlatning ichki ishlariga aralashish” deb atagan. Xususan, 2019-yilning 16-yanvarida 2018-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida TIV rahbari Sergey Lavrov shunday degandi: “Biz Venesuelaga harbiy aralashuvga ruxsat beruvchi bayonotlarni ham, endi AQSh Nikolas Maduroni emas, parlament spikerini Venesuela prezidenti sifatida tan olishi yoki tan olishni boshlashi mumkinligi haqidagi bayonotlarni ham eshitdik. Bularning barchasi shuni ko‘rsatadiki, Qo‘shma Shtatlardagi nomaqbul hukumatlarning inqirozidagi chiziq ularning Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalardagi harakatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda”.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Venesuelada o‘zaro tushunishga hissa qo‘shadigan barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. TIV bayonotida mojaroga qurolli aralashuv “halokatli oqibatlarga olib kelishi” ta’kidlangan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston prezidenti Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining tan olinishiga munosabat bildirdi
    • “Ularga ham, bularga ham bitta narsa: real muammolardan diqqatni chalg‘itish kerak edi”. Navalniy DXR va LXR mustaqilligining Rossiya tomonidan tan olinganini Afg‘onistondan SSSR qo‘shinlarining olib chiqib ketilishiga qiyosladi

    23.02.2022, 21:46   Izoh (0)   19591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi mamlakatda 30 kunlik favqulodda holat joriy etishga qaror qildi

    23.02.2022, 16:42

    BMT bosh kotibi: Donbassda sodir bo‘layotgan voqealar genotsid hisoblanmaydi, Rossiya qo‘shinlari esa tinchlikparvar emas

    23.02.2022, 15:47

    Turkmaniston prezidentligiga nomzodlar soni 9 kishiga yetdi. Serdar Berdimuhamedov saylovchilar bilan uchrashuvlarni boshlab yubordi

    23.02.2022, 13:55

    Berlinda yuzlab odamlar Rossiya elchixonasi yonida norozilik namoyishi o‘tkazdi (foto)

    23.02.2022, 13:10

    “NATO kuchlari yuqori shaylik holatiga keltirilgan” — alyans bosh kotibi

    23.02.2022, 11:31

    Kiyev Putinning shartlarini qabul qilishdan bosh tortdi

    23.02.2022, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.