• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Monopolistlar boyib bormoqda” –­ iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan jamiyatdagi tabaqalashuv muammolari haqida suhbat

    “Daryo” muxbiri iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan O‘zbekistonda yuzaga kelgan yirik monopoliyalar va tabaqalashuv oqibatlari haqida suhbatlashdi. Unda iqtisodchi statistikalar yolg‘onligi, respublika iqtisodiy modeli to‘g‘ri ishlamayotgani to‘g‘risidagi fikr va takliflarini bildirdi.

    – Monopoliya qaysi sohalarda uchramoqda?

    – Avtomobil ishlab chiqarish sohamizni olaylik – monopoliya. Energetika va suv taqsimlash sohalari monopoliya, yer davlat monopoliyasida. Ya’ni asosiy ishlab chiqarish vositalari hammasi monopoliya. Biz bunday holatda qanday qilib erkin savdo haqida, erkin savdo normalari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin? Biz borgan sari monopoliyani yaratyapmiz. U kapitalistik monopoliya emas, feodal monopoliya bo‘lmoqda. Ya’ni ma’lum bir hudud va ma’lum bir ishlab chiqaruvchi sohalarga asoslangan feodal monopoliyalarni tuzyapmiz, borgan sari ko‘paytiryapmiz.

    – O‘zbekistonda monopoliyani yo‘qotish uchun nimalar qilish kerak va bunga imkoniyatimiz bormi?

    – Xohish va irodamiz kerak. Imkoniyatimiz bor. Eng muhimi — elitamizning irodasi. Agar elitamiz “tanlagan iqtisodiy modelimizni o‘zgartiramiz, oliy maqsadimiz 20-30 yil ichida xalq farovonligini falon-falon ko‘rsatkichlar asosida shu darajaga erishish”, deb kelishadigan bo‘lsa va bunga intilsak, bu bitta chora.

    “Yo‘q, biz Rossiya yoki boshqa davlatlarga o‘xshab oligarxiya tuzamiz, yirik-yirik monopoliyalarga asoslangan iqtisodiy model yaratamiz va bu monopoliyaning o‘zi xalq bilan kelishib oladi. Davlat monopoliyalar bilan kelishadi, monopoliyalar esa xalq bilan kelishadi”, degan bir modelga e’tibor bersak, bu davlat monopolistik — feodalistik modeli bo‘ladi. Agar shu yo‘nalishda ketilsa, bu ikkinchi chora.

    Bugungi kunda biz tanlagan iqtisodiy modelni bir qancha kamchiliklari bor. Birinchidan, bizga “davlatning investitsiyalari iqtisodiyotni drayveri bo‘ladi”, deb aytilyapti. Ko‘rib turibmiz, davlat tomonidan berilayotgan umumiy investitsiyalar miqdori juda katta. Buning yomon tomoni shundaki, u investitsiyalardan olinadigan natijalar xususiy investitsiya natijalariga qaraganda ancha past. Davlat mulkchiligi, ya’ni umumiy mulkchilik bo‘lganidan keyin talablar va samaradorlik past bo‘ladi. Paradoksni qarang: borgan sari davlat investitsiyalarini qilib boryapmiz, lekin samaradorlik tushib boryapti. Bu esa davlatning keyingi investitsiyalarni qilishga nisbatan qudratini pasaytirib boryapti. Keyin davlat investitsiyalarini ko‘paytirish uchun chet eldan qarz olishga majbur bo‘lyapmiz. 5 yil davomida umumiy tashqi qarz va davlat qarzi dinamikasini qarasangiz, bu tezisimning yaqqol isbotini ko‘rasiz. Chunki biz tashqaridan qarz olib ularni davlat investitsiyasiga sarflayapmiz, davlat investitsiyasini ko‘paytiryapmiz, ammo bu investitsiyalar samaradorligi tushyapti. Keyin biz yanada ko‘proq davlat investitsiyalarni qilishga harakat qilyapmiz. Ammo borgan sari tashqi qarz olish imkoniyati pasayib boryapti.

    Ikkinchidan, hali tashqi qarzlarni qaytarish bor. Bu qarzlar foizlar bilan qaytariladi. Borgan sari ularni qaytarish uchun ketadigan xarajatlarimiz ham ortib bormoqda. Bir hisobda qarz olib uni ishlatish orqali olayotgan foydamiz kamaysa, ikkinchi tomondan tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ko‘payib bormoqda. Uchinchi tomondan tashqi qarzlarga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortmoqda. Bular bir-biriga judayam zid bo‘lgan tendensiyalar. Eng yomoni, tashqi qarzlar davlat va xususiy monopolistik strukturalar manfaatlariga ishlatilayotgani uchun investitsiyalardan kelayotgan foydalar xalqqa emas, monopoliyalarga xizmat qilmoqda. Demak, bu monopoliyalar borgan sari boyib boryapti, xalq esa kambag‘allashmoqda.

    Davlat ichidagi ijtimoiy tabaqalashish juda kuchayib boryapti va bu oxir-oqibatda yaxshilikka olib kelmaydi. Buning tagida ijtimoiy ziddiyat turibdi va u bir kun kelib o‘zini ko‘rsatadi. Mana Qozog‘istonda bo‘lgan voqealarni olaylik. Bu ijtimoiy tabaqalashuvning vahshiy holga kelishi. Lekin kim ayta oladi O‘zbekistonda voqealarni xuddi shunday rivojlanishiga sharoit yo‘q deb? Bor. Rossiyada ham, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda ham bor. YeOIIga kiradigan mamlakatlarning har birini olsangiz kuchli sotsial tabaqalashish, monopolistik strukturalar mavjud.

    Aytganimdek, davlat tomonidan investitsiyalar bor va ularning benefitsiari o‘sha monopoliyalar ekanini ko‘rish mumkin. Statistikada o‘zgarish ko‘ryapmiz, ammo hayotimizda uni sezganimiz yo‘q. Men tadbirkorlar bilan ko‘p suhbatda bo‘laman. Bitta narsani aniq aytishim mumkinki, xalqning, iqtisodiyotning to‘lov qobiliyati keskin tushib boryapti. Aholining 10 foizini yangi qurilayotgan uylarni sotib olishga imkoniyati mavjud, 90 foizida ehtiyoj bor, ammo sotib olishga imkoniyat yo‘q.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    – O‘zbekiston hukumatining mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha berayotgan va’dalari qay darajada bajarilyapti deb o‘ylaysiz?

    – Buni umumiy gaplar bilan gapirish qiyin. Konkret ko‘rsatkichlar kerak. Masalan, inflyatsiya o‘tgan yili 9,98 foiz bo‘ldi, deb aytilyapti. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Chunki men bunga pessimizm bilan qarayman. Birinchidan, juda katta miqdorda davlat investitsiyalari kiritilyapti. Ikkinchidan, bildikki 2020-yilda koronavirusdan keyin birdaniga rivojlanish, yuqori natijalarga erishish juda katta ko‘rsatkich. Uchinchidan, davlat investitsiyalari ko‘p bo‘lgani iqtisodiyotga yirik miqdorda pul kiritildi, degani. Biz iqtisodiyotga ko‘p pul kirityapmiz-u qanday qilib umumiy pul massasi ham, tovar massasi ham oshib boryapti, shuning hisobiga inflyatsiya pasaymoqda deya olamiz? Lekin shu gap aytilyapti.

    Inflyatsiya pul massasi va tovar massasi bilan belgilanadi. Agar tovar massasi pul massasidan ko‘ra ko‘proq o‘sib borsa, inflyatsiya tushib boradi. Ya’ni narxlar tushadi. Ammo biz ko‘ryapmizki, pul massasi o‘sib boryapti. Lekin shunga nisbatan tovar massasi o‘sib boryaptimi, degan masala bor. “Ha, o‘sib boryapti”, deyilyapti. Nimaning hisobiga, degan savolga aytilyaptiki: qurilishda paloncha bo‘ldi, sanoatda buncha bo‘ldi va boshqalar. Xo‘p, buning ichida nimaning hisobiga bo‘ldi, uni biz bilmaymiz. Shuning uchun bu statistik ko‘rsatkichlarga menda pessimistik qarash bor.

    Yana aytilyaptiki, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar 2021-yilda 9 foizdan ortiq o‘sdi. Kechirasiz, nimaning hisobiga? Nima uchun aholi buni ko‘rmayapti? Kambag‘allar soni qanchaga kamaydi va qaysi ko‘rsatkichlarga asosan buni aniqladingiz? Agar 10 foiz aholining daromadi 100 foizga, 90 foiziniki 10 foizga o‘sgan bo‘lsa, o‘rtacha 9 foizga o‘sdi deyish qanchalik to‘g‘ri? Biz o‘rtacha emas, o‘rtacha tarozlangan ko‘rsatkichlarni gapirishimiz kerak. Ya’ni daromadlari qancha kam va ularning soni ko‘proq bo‘lsa, buning tarozi ko‘proq bo‘lishi kerak. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarni jon boshining salohiyati o‘lchangan daromadlar haqida gapirish lozim. Ana shunda kartina butunlay o‘zgaradi.

    Aytaylik, 1 oyda 5 foiz aholi qatlami 5 000 dollar ishlayotgan bo‘lsa, 95 foizining daromadi 500 dollarga ham bormasa, o‘rtacha ko‘rsatgich 1 000 dollardan oshiq bo‘lsa, bu nima degan gap? Umumiy ko‘rib turganimiz, kambag‘allar soni ortib boryapti. Aholi to‘lov qobiliyati tushib ketganidan keyin kichik va o‘rta biznesning ahvoli yomonlashmoqda. Bir yilda faloncha korxona tuzildi, degan ma’lumotlar beriladi. Ularning aylanma mablag‘i qancha? Bu korxonalar o‘rtacha necha yil ishlayapti? Ular yopilib yangisi ochilyapti-ku. Nimaga? Chunki 1 milliard so‘m aylanma mablag‘i bor korxona umumiy soliqlar to‘lashga o‘tyapti. 1 milliardga borishi bilan u korxona yopilib, boshqasi ochilyapti. Yoki katta korxona o‘rniga 2-3 ta kichik korxona tuzilyapti. Bu iqtisodiy modelimiz to‘g‘ri ishlamayotganini anglatadi.

    Yaqinda “42 foizdan ortiq daromad solig‘ini o‘rtacha oyligi 2 million so‘mgacha bo‘lgan odamlar to‘layapti”, degan statistika berildi. Ya’ni soliqlarni kambag‘allar to‘layapti. Shuning uchun bizga jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad emas, aholining turli qatlamlariga to‘g‘ri keladigan daromad deb ma’lumot berishlari kerak. Yana dehqon va fermer xo‘jaliklari ko‘rchatkichlaridan tashqari deb berishyapti. Nega ularni qo‘shmaydi? Ular bizning aholi emasmi? 47 foiz aholimiz qishloqlarda yashaydi. Nima uchun ularni chetga chiqarib qo‘yamiz? Demak, bu ko‘rsatkichlarning hammasi yolg‘on, ishonib bo‘lmaydigan raqamlar.

    Mavzuga doir: “YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini rus monopollari qamrab olishiga yo‘l ochadi” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    22.02.2022, 20:08   Izoh (0)   22039
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi migrantlarga oid yangi qonunni qabul qildi

    22.02.2022, 18:21

    O‘zbekistonning 4 ta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

    22.02.2022, 18:05

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    22.02.2022, 17:52

    Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida 14 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Ular tergov izolyatorida saqlanmoqda

    22.02.2022, 17:25

    Rio o‘yinlari sovrindoriga prezident tomonidan sovg‘a qilingan Malibu mashina bozorida sotildi

    22.02.2022, 16:45

    O‘zbekistonda kechki ta’limda o‘qishni haftada 4-5 kunga o‘tkazish taklif etilmoqda

    22.02.2022, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda 23 mingdan ortiq fuqaroda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlandi — Sanepidqo‘mita

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:28

    “Manchester Yunayted”ga “Yuventus” futbolchisini taklif qilishdi

    Sport | 15 iyul, 09:27

    AQSH Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

    Dunyo | 15 iyul, 09:08

    Kadrorti sirlar: qadrdon filmlarni suratga olish jarayonidagi kutilmagan voqealar

    Madaniyat | 15 iyul, 08:58

    “Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi ikki mavsumida 823 ta mahalla ishtirok etmaydi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 08:45

    Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vazirini o‘zgartirish niyatida

    Dunyo | 15 iyul, 08:25

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.